|
Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar va ularning elementlari haqida
|
bet | 2/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,8 Mb. | | #245750 |
Bog'liq 1 боб каштачилик1.2. Kashtachilikda ishlatiladigan naqshlar va ularning elementlari haqida Azaldan sharq mamlakatlarida, xususan markaziy osiyoda go’zallikka intilish,
yashash joylari, xonalarga, oddiy buyumlar va kiyimlarga ham sayqal berib
bezatish an’anaviy odat bo’lgan. Bu jarayon bugungi kunda ham dolzarb bo’lib,
san’at darajasiga ko’tarilgan. Ayollarimiz va qizlarimiz milliy kiyimlar
do’konlaridan kashtachilik va zardo’zlik usulida bezalgan kiyim va buyumlarni
harid qilishlari mumkin. Lekin, doim ham ko’ngildagidek narsani harid qilish
imkoni bo’lavermaydi. Bu masalani ijobiy hal qilishda ayollarimizni bichish-tikish
ishidan habardor bo’lishlari juda qo’l keladi. Lekin, kiyim va buyumlarni
kashtachilik va zardo’zlik usullarida bezashni uddalash har kimning ham qo’lidan
kelavermaydi. O’ylaymizki, har bir xonadonda chevar ayol-qizlarning bo’lishi oila byudjetiga va ma’naviy hayotiga katta yordam bo’ladi.
Kashtachilik - O’zbekiston amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy
an’analariga ega bo’lgan san’at turi xisoblanib, O’rta Osiyoning lirik savdo –
hunarmandchilik markazlari qishloqlariga keng tarqalgan. San’atning ushbu turi
o’zining poetik rang – barangligini saqlab qolishi bilan birga , xalq orasida
qadrlanib,o’z mohiyatini yo’qotmadi. Kashtachilik asosan, oltita hududiy
guruhlarga,ya’ni maktablarga bo’linadi. Jumladan, Nurota, Samarqand,
Shahrisabz, Toshkent hamda Farg’ona kashtachiligi maktablarga.
Mallarang, tillarang, havorang, pushti, nofarmon, och yashil ranglar bir -
birlari bilan uyg’unlashib, so’zanaga o’zgacha bag’ridillik baxsh etadi. Naqshlari
romb shaklida tuzilgan hamda tishli barglar bilan bezatilgan (“tobadoni” - katakli,
panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana bir turi hisoblanadi.
Kashtachilik – Buxoro amaliy bezak san’ati turlari orasida o’zining qadimiy
an’analariga ega bo’lgan san’at turidir. Afsuski, kashtachilik namunalarining eng
qadimiylari saqlanmagan. Ispan elchisi Pui Gonsales de Klavixo Amir Temur
saroyida o’zbek milliy kashta bezaklarini ko’rganini o’zining “Kundalik” asarida
yozib qoldirgan.Ba’zi hollarda chodirlar va katta binolarni arab yozuvida forsiy va turkiy
tillarda baytlar tikib bezatishgan. Ipak iplari tabiiy bo’yoqlarga bo’yash uchun ip
kalavalari achchiq tosh eritilgan suvga solib qo’yilgan, kyin piyoz yoki anor
po’stlog’idan olingan ranga solib qaynatilgan va sirkali suvga botirib olib
quritilgan. Quritilgan ip qayta kalava qilinayotganida silliq tayyoqcha bilan
tekislangan, XX asrning ikkinchi yarmida kashta tikish mashinasining ixtiro
qilinishi, ommaviy ravishda qo’l mehnatining ixtiro qilinishi, ommaviy ravishda
qo’l mehnati o’rniga standart mahsulotlarning ishlab chiqarilishi ularning
badiyligiga, umuman, milliy kashtachilik rivojiga putur yetkazadi.
Buxoro milliy kashtachilik maktablari va san’atining o’ziga xos tabiiy
bo’yoqlarining qo’llanishi texnologiyasi, ipakdan to’qilgan matolarda
kashtalarning qadimiy nusxalari tikilayotganligi barchaning diqqat – etiborini
o’ziga tortmoqda.Buxoro viloyatining G’ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Qorako’l tumanlarida kashtachilik maktablari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu maktablarda kashtalarning
o’ziga xos belgilardan biri ularda “Yo’rma” choki mahorat bilan qo’llanishi,
havorang, gul rangi, binafsha, pushta, och sariq, qizil malina va ko’k ranglarning
uyg’unlashishidir. Buxoro kashtalarining yo’rma choki, tuzilishi,gullari xilmaxilligi bilan farq qiladi. (“Tobadoni” - katakli, panjarali) so’zanalar ham Nurota kashtachiligining yana
bir turi hisoblanadi. Uning kataklari shoxli barglar, shoxli gullar va kosagullar,
hamda qushlar va hayvonlarning shakli bilan to’ldirilgan. Shunday so’zanalar ham
borki, ular mato fondidan ayrim gulli motivlar shaxmat tarzida joylashgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Nurota kashtachiligida keskin pasayishi seziladi. Gulli motivlar detallarning rang - barangligini yo’qotib, bir xil doiralarga aylanib qoladi.
Nurota kashtalari asosan “bosma” uslubi bilan tikiladi va naqshlarning cheti
zanjirsimon uslub bilan aylantiriladi. Kashta ranglari och ranglar bilan tikilgan.
Nurota kashtachiligida quyidagi kashta turlari va badiiy buyumlar tikiladi: so’zana,
nimso’zana, takiyapo’sh, joynamoz, joypo’sh, zardevor, gulko’rik, dastorpech,
belbog’, qo’lro’mol, yostiq, oynaxalta, choyxalta, choyshab. Kashta asosan bo’z,
chit, satin, shoyi, baxmal movutga tikiladi. Iplari ipakdan yigirilib, bo’yoqlari
tabiiy o’simliklardan olinadi. Lekin hozirgi kunda sun’iy toladan yigirilgan va
kimyoviy bo’yoqlar bilan bo’yalgan iplar kashtachilikda ishlatilmoqda.
Nurota kashtalarini engil, yorqin tonlar: qum, oltin, havorang, malina, pushti,
och ko’k roangli iplari bilan tikilgan. Kashtachilik san’atining qadimgi
maktablaridan bo’lmish Buxoro viloyatining milliy kashtachilik, san’atini o’ziga
xos xususiyatini, tabiiy bo’yoqlarini qo’llanilishi texnologiyasi va bezaklarining
qadimiy nusxalarini tikilishi, shu kunda xalqimiz diqqat e’tiborini o’ziga tortdi.
|
| |