|
Mundarija kirish. I-bob. Texnologik qism
|
bet | 7/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,8 Mb. | | #245750 |
Bog'liq 1 боб каштачиликSanama tekis chok. Bu kashta ikki tomonlama bo‘ladi. Sanama tekis chokni gazlama ipini sanab yo‘g‘on yumshoq ipda bir-biriga zich joylashgan qaviqlar bilan gazlamani tarang tortmaytikiladi. Gazlamaga birinchi qaviq tushirib, shu qaviq yonidan ignani chiqarib, qaviq tushiriladi va hokazo. Shunday qilib, tekis chok qaviqlari gazlamaning o‘ngi va teskari tomoniga joylashadi. Qaviqlar bar xil: to‘g‘ri, qiya yo‘nalgan boMishi mumkin. To‘g‘ri tekis chokda qaviqlar gazlama ipi bo‘ylab joylashadi, qiya qaviqlarda o‘ngga yoki chapga og‘gan boiadi . Archasimon tekis chok qaviqlar diagonal bo‘ylab joylashadi.
Tekis choklar
Tekis choklar xalq badiiy kashtachiligida keng tarqalgan. Gazlamaga ko‘chirilgan ixtiyoriy konturlar bo‘ylab kashta bezagi elementlari tekis chok qaviqlari bilan toMdiriladi. Bu kashtani tikish uchun har qanday yuzi tekisgazlam ani-siyrak va zich to‘qilgan hamda iplari har xil chalishgan oddiyip gazlama, ipak gazlamalarni ishlatish mumkin. Tekis chok turli usullarda va turli yoTlar bilan oq va rangli iplarda tikiladi. Oq tekis chokda ham, rangli tekis chokda ham o‘simliksimon motivlar ko‘proq ishlatiladi. Vladimircha choklar-ustki tomoni tekis yirik qaviqlar bilan tikilgan dekorativ kashtadir. Bu chok rangli yo‘g‘on muline (6-10 qavat) ip, iris ip, jun ipda zich qilib to‘qilgan polotno, bortovka, movut va boshqa gazlamalarga tikiladi. Bu kashtalarning asosiy rangi qizil bo‘lib, unga ozgina ko‘k, yashil, sariq rangli iplar qo‘shiladi. Motivlarning o‘ng tomoni tekis ustki chok bilan toMdiriladi, teskari tomonida kashta kontur bo‘ylab, punktir chiziq shaklidagi mayda qaviqlar o‘tish joylari hosil qiladi. Shu yo‘sinda bezakning yirikmotivlari,shuningdek, shoxlar, novdalar, chirmovuqlar ham tikiladi. Tekis chok qaviqlari detal shakliga qarab: gullarda chetidan markazga tomon, egilib turgan barglarda chetdan o‘rtaga tomon yo‘naltirib joylashtiriladi.Qaviqlar har xil yiriklikda bo‘lishi mumkin . Bunda motiv konturi arra tishli kashta gulidan fonga o‘tish silliqroq, ravonroq bo‘ladi. Tekis chok qaviqlarini tikishda, ularni bir-biriga yaqin joylashtirilmaydi. Masalan, guldagi gulbargning yuqori qismida tekis chok qaviqlarining oralig‘i 1,5 dan 2 mm gacha bo‘lishi mumkin. Qaviqlarni doira bo‘ylab joylashtirishda ularning ayrimlarini kaltaroq tikiladi, masalan, birinchi qaviq gulbarg chetidan gulning o‘rtasigacha tushiriladi, ikkinchi qaviq 2 mm qisqaroq, uchinchisi esa birinchi qaviqdek bo‘ladi. Shunda gul
markazda qaviqlar bir-birining ustiga o‘tmaydi, teskari tomonidagi qaviqlar esa kerakli yiriklikda boMadi. Agar tikilayotganda ip buralib ketmasligiga ahamiyat berilsa, ustki tekis chok qaviqlari tekis va hurpayib chiqadi. Yirik va mayda barglarning o‘rtasi iroqsimon qaviq bilan tikiladi . Vladimircha chok bilan tikilgan kashtalarning chetlariga, ko‘pincha, rangli jiyak, iroqsimon chok, popop chok bilan naqsh tikilgan ensiz mag‘iz qo‘yiladi.
|
| |