Mundarija kirish. I-bob. Texnologik qism




Download 4,8 Mb.
bet6/7
Sana20.05.2024
Hajmi4,8 Mb.
#245750
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 боб каштачилик

Sanama choklar .
Sanama choklar eng qadimiy va eng ko‘p tarqalgan choklar
bo‘lib, bular iroqi, terma, chizma, iroqsimon, sanama tekis chok
va boshqalardir. Bu choklar bilan gazlama ipini sanab, kashta
bezagi to‘ldirib tikilgani uchun ularni sanama choklar deyiladi.
Kashta qaviqlari gazlama ustida bir tekis joylashadi. Sanama
chokli kashtani tikish uchun polotno usulida tobqilgan gazlamalar
bo‘lgani ma’qul, chunki bunday gazlamaning tuzilishi yaxshi ko‘rinib turadi. Iroqi, chizma, tekis choklarning tuzilishi aniq ko‘rinmaydigan gazlama ustiga tushirilgan rasm bo‘ylab tikish ham mumkin. Sanama choklar kiyimlar, salfetkalar, pardalar, divan yostiqlari, panno va boshqa buyumlarni bezashda muvaffaqiyatli ishlatiladi. Sanama kashta tikish ko‘z bilan chamalashni rivojlantirishga yordam beradi, lekin alohida e’tibor berishni talab etadi. Agar gazlama iplari noto‘g‘ri sanalgan bo‘lsa, bunday qaviqlar yirikligi har xil boiib qoladi, natijada gul buzilib, ish sifatsiz chiqadi. Kashtaning teskari tomoni ham o‘ngiga o‘xshab bejirim boiishi kerak. Oddiy iroqi chok oson tikiladi. U bir xil yiriklikdagi diagonal kesishgan qaviqlardan iborat boiadi. Iroqi chok quyidagi tartibda: birinchi qaviq chap tomon pastidan o‘ng tomon yuqorisiga qaratib, ikkinchi qaviq chap tomon yuqorisidan o‘ng tomon pastiga qaratib tikiladi. Ip birinchi qaviqdan ikkinchi qaviqqa teskari tomonda vertikal bo‘ylab yuqoridan pastga o‘tadi. Agar bir necha iroqi qaviq gorizontal yoki vertikal bo‘ylab qator joylashadigan bo‘lsa, bunda oldin birinchi qaviqlarning hammasi tikib olinib, keyin hamma ikkinchi qaviqlar tikiladi . Shunday qilib, kashta gulidagi ustki qaviqlarning hammasi bir tomonga yo‘nalgan bo‘lishi kerak. M urakkab bezakni tikishda ham choklarni tikishning asosiy qoidalariga rioya qilish zarur. Masalan, iroqi diagonal bo‘ylab joylashgan romb motivida birinchi qatorda ostki qaviq, ikkinchi qatorda ustki qaviq, uchinchi qatorda yana ostki qaviq va hokazo tikilib, kashta bezagining oxirigacha shunday davom etadi. Orqaga qaytib tikishda, iroqining ostki qaviqlari ustini yopib, ipli ignani ustki qaviq tagiga kiritiladi . Terma choklar gorizontal yoki vertikal qaviqlar guruhidan iborat bo‘ladi. Geometrik kashta bezaklari ipli ignani gul bezaklari bir chetlaridan ikkinchi chetiga avval chapdan o‘ngga, keyino‘ngdan chapga harakatlantirib tikiladi. Kashta bezagiga muvofiq bitta qaviq tikib, bitta tikilm agan joy tashlab, yana bitta qaviq tikiladi va hokazo. Shunday qilib, kashta bezagi igna oldinlatilgan chok tamoyilida, gazlama ipi terilgandek, oxirigacha tikiladi. Terma chokning tikilishini gazlama to‘qilishidagi mokining harakatiga o‘xshatsa bo‘ladi. Teskari tomonida negativ bezak hosil bo‘ladi . Terma chok faqat gazlama ipini sanab tikiladi.

Download 4,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 4,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija kirish. I-bob. Texnologik qism

Download 4,8 Mb.