|
Kashtachilikda ishlatiladigan chok turlari
|
bet | 4/7 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 4,8 Mb. | | #245750 |
Bog'liq 1 боб каштачилик1.3. Kashtachilikda ishlatiladigan chok turlari
Kashta choklari bajarish texnikasi bo‘yicha shartli ikki guruhga boiinadi: gazlama ipini sanab tikiladigan sanama choklar va oldindan chizilgan kontur bo‘ylab tikiladigan ixtiyoriy choklar. Sanama kashta choklariga iroqi, chizma chok, atlassimon chok, sanama tekis chok, o‘rim chok va boshqa choklar kiradi. Chizma kontur bo‘ylab tikiladigan ixtiyoriy choklar kashtalarda kashta gul konturi bo‘ylab baxya choklari tushiriladi yoki kashta gulini to‘ldirib tikib, dona-dona, bo‘rtiq fakturali qo‘shimcha sath hosil qilinadi. Bunday choklarga tekis choklar (oq tekis chok, vladimircha chok, rangli tekischok va boshqalar), shuningdek, kontur va oddiy choklar-chok,iroqsimon chok, o‘rim chok va boshqa choklar kiradi. Kashta choklarning hamma turlari, qoida bo‘yicha gardishda tikiladi. Ipni gazlamaga puxtalash. Kashta tikishda hech qachon ipning uchi tugilmaydi. Kashta tikilgan buyumning teskarisi toza va batartib boiishi kerak. Ipni gazlamaning o‘ngida kashta tikilgan joyga puxtalab qo‘yiladi. Ipli igna bilan kichkinagina qaviq hosil qilib, ipni gazlamadan to ikki qavat qilib buklangan ipdan hosil boigan halqa shaklidagi ip uchi qolguncha berkitiladi. Ipli ignani shu halqadan oikazib tortib qo‘yiladi .Agar kashta bitta, uchta, beshta ip bilan tikilsa, unda ip
boshqacha puxtalanadi. Gazlamada kichkina qaviq hosil qilib, ip
uchidan gazlama ustida ozgina qoldirib, ipni tortib chiqariladi .
Bu ipning uchi birinchi qaviqqa ko‘ndalang tushirilgan ikkinchi kichkina qaviq bilan gazlamaga puxtalanadi. Ipning qolgan uchi qirqib tashlanadi. Ipning puxtalangan joyini kashta qaviqlari bilan berkitib yuboriladi.
Kashta tikib boigandan keyin ipning uchi kashta tikilgan joyning teskarisida bir necha qaviq bilan puxtalanadi. Ipni gazlama o‘ngida kashta tikilganqaviqlar tagiga o‘tkazib yoki keyin kashta tikilganda yopsa bo‘ladigan joyda bir necha qaviq tushirib puxtalash ham mumkin.
Oddiy choklar
Oddiy choklarga kontur choklarini-igna oldinlatilgan chok, suv chok, popop chok va hokazolarni, shuningdek petlya chok, iroqsimon chok, puxtalama halqa chok va tugun choklarni kiritish mumkin. Bu choklar ko‘pgina kashtalarda yordamchi chok sifatida uchraydi, masalan, o‘simlik shoxlarini va novdalarini suv chok bilan, gullarining o‘zaklarini tugun chok, iroqsimon chok, popop chok va boshqa choklar bilan tikiladi. Igna oldinlatilgan chok bir xil yiriklikdagi qator qaviqlar bo‘lib, ularning orasi qaviqning o‘ziga teng. Bu eng oddiy chok. Chokning qaviqlari o‘ngdan chap tomonga yo‘nalgan,gazlamaning teskari tomonida xuddi shunday qaviqlar o‘ng tomondagi qaviqlar oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. Qaviqlarning yirikligi har xil boiishi mumkin. Bu chokni gazlamadan sug‘urilgan ip izidan va rasm chizilgan kontur bo‘ylab tikiladi. Igna oldinlatilgan chok qaviqlari ikki va undan ko‘p qator boiishi mumkin. Chok tushirayotganda ip buralibketmasligiga, qaviqlar hurpayib chiqishiga ahamiyat berish kerak.
Qaytma chok bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo’ldi. Ignani o‘ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi, masalan, gazlamaning to‘rtta ipi kengligidagi, oraliq hosil qilinadi. Ikkinchi
qaviqni tushirish uchun ip chapdan o‘ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqtaga igna sanchiladi-da, uni ikkinchi qaviqdan gazlamaning 4 ipi kengligicha chaproqda gazlama o‘ngiga chiqariladi. Shunday qilib, teskari tomondagi qaviq, o‘ng tomondagiga qaraganda ikki barobar yirik bo‘ladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o‘zidan oldingi
qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy
qoldirib tiksa ham boiadi. 0 ‘ngdan chapga yo‘naltirib, yirikligi gazlamaning 4 ta ipiga teng qilib, birinchi qaviq tushiriladi.
Birinchi qaviqdan chap tomonga gazlamaning 8 ta ipiga teng oraliqda ignani gazlamaga o‘ng tomoniga chiqariladida, gazlamaning to‘rtta ipiga teng yiriklikda ikkinchi qaviq tushiriladi.O’ng tomonidagi qaviqlar xuddi igna oldinlatilgan chokdek bo‘ladi, lekin qaviqlar biroz bo‘rtibroq turadi.Suv chok bir-birga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat boiadi. Bu chokni chapdan o‘ngga tomon yoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Gazlamaga o‘zidan oldinga qaratib birinchi qaviq tushirgandan keyin gazlama teskarisidan ipli ignani o‘ziga qaratib o‘tqaziladi-da, dastlabki qaviq o‘rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qaviq ipini tortib, o‘zi tomon yotqiziladi, chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan gazlamaga bosib turiladi. Ikkinchi qaviqni tushirishda, ignani birinchi qaviqdan yuqorida sanchib, ikkinchi qaviq o‘rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi.
Shunday qilib, qaviqlarning o‘zidan oldinga qaytarib yotqizib, ignani o‘zi tomon yo‘naltirib chok solinadi. Bunda har bir yangi qaviq o‘zidan oldingi qaviqdan yarim qaviq oldinga o‘tadi. Suv chokni tikayotganda ip doimo bir tom onda-chapda yoki o’ngda boiishi kerak. Tikayotganda ip yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki chok strukturasi buzilib qoladi. Chilvir chok ikki usulda tikiladi .Oldin to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yoki kashta gulining konturi bo‘ylab igna oldinlatilgan chok bilan qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay har bir qaviq tagidan ip (ko‘pincha boshqa rangdagi ip bilan) igna yuqoridan pastga tomon o‘tqaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar tagidan navbatma-navbat yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga olqazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil boiadi.
Iroqsimon chok .Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip izi bo‘ylab yoki ixtiyoriy konturii kashta gulining motividan tikiladi. Chokning tekis yo‘li katta murakkab kashtalarni tikishda qo‘shimcha chok sifatida, shuningdek, gazlama boiaklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar
oraligi bir xil boiishi kerak. Y oining o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi. Petlya chok (10-rasm, a) ba’zan ziy chok ham deyiladi, chunki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani teskari tomoniga 3 -4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan
ko‘klab chiqiladi. Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga tomon gazlama ziyiga perpendikular joylashtirib tikiladi. Bu choklar gardishsiz tikiladi. Gazlamani chap qo‘lning ko‘rsatkich barm ogi ustiga qo‘yib, bosh barmoq bilan bosib turiladi. Tikish qulay boiishi uchun gazlamaning qarama-qarshi tomonidagi
uchini og‘ir narsa bilan stolga bosib qo‘yiladi. Birinchi qaviqni gazlamaga tushirib, undan pastroqqa ipni petlya qilib joylanadi. Birinchi qaviqdan sal o‘ng tomonda igna gazlamaga sanchiladida, ipning petlyasi igna tagida qoladigan qilib, yuqoridan pastga yo‘naltirib, teskari tomonda qaviq hosil qilinadi. Ipni tortib qo‘yib, uchinchi qaviq tushiriladi va hokazo. Chok qaviqlarning yirikligi bir xil boTishi kerak. Agar baxyasimon to‘r chetini petlya chok bilan tikiladigan boTsa, qaviqni 2-3 mm balandlikda tikib, ular orasida ikkita gazlama ipi qoldiriladi. 0 ‘tqazib tikilgan kashtalarda ham taxm inan shunday qaviqlar tushirib tikiladi.Kichkina salfetkalar chetki qirqimlari, peshbandlar etagi, sochiq uchlari petlya chok bilan tikiladi. Bunda qaviqlar rangli yo‘g‘on ip bilan tikiladi. Qaviqlar yirikligi 5 dan 10 mm gacha, ular o‘rtasidagi oraliq 3 -4 mm bo‘lishi mumkin. Qaviqlar yirikligi har xil bo‘lishi 3 ta va undan ortiq bo‘lib guruhlanishi ham mumkin.
|
| |