• Ma’lumot turi Keng yo’lakli xizmat na’munasi Qo‘llanish sohasi
  • Mundarija kirish ma’lumot uzatish tarmoqlarining qurilish tamoyillari




    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/54
    Sana19.04.2023
    Hajmi2.86 Mb.
    #52680
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
    Bog'liq
    Tarmoq protokollari R X Djurayev Sh Y Djabborov M M Umirzakov
    1 топшириқ Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги (1), Optik aloqa asoslari (N.Yusupov, R.Isayev), сигнализация тизимлари, 1 Лабораторная работа Курбанбаев А А 2 (1), Keng polosali ulanish uchun standartlar oilasi, Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi, mavzular hammasi
    Ma’lumot turi 
     
    Kengaytirilgan xizmatlarga 
    na’muna
    Qo‘llanish 
    extimolligi 
    Ma’lumot 
    Raqamli ma’lumotni yuqori tezlikda 
    uzatib taqsimlash xizmati 
    Ma’lumot uzatishini 
    taqsimlash 
    Matnli, 
    grafikli, 
    xarakatsiz 
    tasvir 
    Hujjatlarni uzatish xizmatini 
    taqsimlash 
    Elektron gazeta, 
    Elektron yangilik 
    Ovozli va 
    xarakatli tasvir 
    Video ma’lumot xizmatini 
    taqsimlash 
    Video va ovozli 
    signallarni 
    taqsimlash 
    TV 
    TV xizmatini taqsimlash sifatini 
    muximligi
    (NTFS, PAL, SECAM) 
    TV dasturlar 
    TV 
    TV xizmatini taqsimlash sifatini 
    oshirish: 
    - TVVI; 
    - TV yuqori ultra sifati 
    TV dasturlarni 
    taqsimlash 
    Pullik TV (pullik TV (ko’rish
    uchun to’lov, kanal uchun to’lov)) 
    TV dasturlarini 
    taqsimlash 


    19 
    Televideniya ko‘rsatuvlarini va ovozli dasturlar olishda taqsimlash xizmati 
    vakil bo‘lib hisoblanadi. 
    1.8-jadval.
    Xududiy foydalanishda shaxsiy boshqarishni taqsimlash xizmati 
    Ma’lumot turi
     
    Keng yo’lakli xizmat 
    na’munasi 
    Qo‘llanish sohasi 
    Matnli, grafikli, 
    xarakatlanmaydigan 
    tasvir 
    Video grafikli kanalni 
    joriy qilish 
    O‘qitish va 
    shug‘ullanishda, 
    reklamada, 
    yangliklarda, 
    dasturlarda 
    Telekommunikatsiya kanallarida ma’lumotni uzatishdan maqsad, aloqani 
    tashkil etuvchi nuqtalarni aniqlab, ma’lumotni shu nuqtalardan maxsus tuzilgan 
    qurilmalar majmuasiga uzatishdan iborat. Bu esa ma’lumot uzatish tarmog‘i 
    deyiladi. 
     
    1.2. Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo‘yiladigan talablar 
    Ma’lumot uzatish tarmog‘iga va aloqaning boshqa tarmoqlariga qo‘yiladigan 
    talablar quyidagilar: 
    1. Ishonchlilikka bo‘lgan talab tarmoqning ma’lum chegarasida oldindan 
    kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‘llab quvvatlovchi funksiyani ta’minlash 
    kerakligini bildiradi. 
    2. Yashovchanlikka talab tarmoqning ma’lum chegarasida barcha oldindan 
    kelishilgan barcha harakteristikalarni qo‘llab quvvatlovchi funksiyasi mavjud 
    bo‘lib, aniq sondagi ichki va tashqi buzilishlar yuz berganida tarmoqning ishlash 
    imkoniyatini saqlab qolishini bildiradi. 
    3. Iqtisodiyligi. Tarmoqni ta’minlash shartlari bo‘lgan holda bunday 
    tarmoqni yaratish va amalda qo‘llash xarajatlarini optimallash. 


    20 
    4. Kelajakda rivojlana olish imkoniyati. Bu talab tarmoqni doimiy ravishda 
    yuklanishning oshib borishi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘p hollarda tarmoq yuklanishi 
    qay darajada ekanligini aniqlashning iloji yo‘q. 
    Tarmoq konfiguratsiyalarini amalga oshirish oddiy jarayon bo‘lmasligi va 
    tarmoq faoliyati boshidanoq samarali bo‘lishi kerak. Bu konfiguratsiyalar 
    kelajakka moslashuvchan etib yaratilishi kerak. Shu bilan birga ma’lumot uzatish 
    tarmoqlarining yangi imkoniyatlari paydo bo‘lganda, tarmoq konfiguratsiyalari bu 
    imkoniyatlarni o‘zlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
    Umuman olganda ma’lumot uzatish tarmog‘i quyidagi talablarga javob 
    berishi kerak: 
    1. Integrallik – tarmoq har xil turdagi axborotlarni ularning uzatilish 
    sifatiga mos kelgan holda uzatish imkoniyatini ta’minlashi kerak; 
    2. Samaralilik – uzatishda tarmoq o‘z zahiralaridan samarali foydalanish 
    imkoniyatini ta’minlashi kerak; 
    3. Axborotni yetkazib berishning ishonchliligi – tarmoq qurilmalari o‘rtasida 
    aloqa uzilganida ham tarmoq axborotni yetkazib berishni kafolatlashi kerak; 
    4. Yashovchanlik – tarmoq har qanday ko‘rinishdagi axborot uzatish 
    harakteristikasi bo‘yicha ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi shart. Faoliyatini ma’lum 
    sabablar tufayli to‘xtatgan tarmoq qurilmalari sonining oshishi tarmoqning xizmat 
    ko‘rsatish sifatini tushirib yuboradi, shunday bo‘lsa-da, tarmoqning ikki punkti 
    o‘rtasida biror ko‘rinishdagi axborotni yetkazib berish bajarilishi kerak; 
    5. Mobillik – tarmoq har xil nuqtalarda joylashgan foydalanuvchilarning 
    tarmoqqa ulanishi va tarmoqdan chiqishi vaqtida boshqa foydalanuvchilarning 
    tarmoqdagi faoliyati buzmasligi va normal ishlashi kerak; 
    6. Amalda qo‘llashning uzluksizligi – tarmoqda o‘z ishlash xususiyatini 
    yo‘qotmasdan o‘zining ishdan chiqqan qurilmalari va qurilmalararo aloqalarni 
    aniqlash, lokallash va bartaraf etish imkoniyati bo‘lishi kerak; 
    7. Rivojlanuvchanlik – tarmoq ham alohida guruh doirasida, ham tarmoq 
    orqali birlashtiriladigan guruhlar soni bo‘yicha foydalanuvchilar sonini oshirish 
    imkoniyatini ta’minlashi kerak; 


    21 
    8. Shovqindan himoyalanganlik – tarmoqda aloqa kanalining xatoliklar 
    ehtimoli katta bo‘lganda ham biror ko‘rinishli ma’lumotni yetkazib berish xatolik 
    ehtimoli kichik bo‘lishi ta’minlanishi kerak. 
    Tarmoqning alohida qismlarida qisqa muddatli shovqinlar, to‘siqlar 
    bo‘lganida ham o‘z faoliyatini davom ettira olishi kerak. Tarmoq shovqinni 
    bartaraf etishda o‘z normal faoliyatini tiklay olishi kerak. Yuqoridagilarni hisobga 
    olib ma’lumot uzatish tarmoqlarini yaratishda quyidagi talablarning qondirilishi 
    hisobga olinishi kerak: 
    1. Ko‘plab foydalanuvchilar va chiziqli interfeyslarga taqdim etilishi kerak 
    bo‘lgan mavjud aloqa tarmoqlari infratuzilishsidan foydalanish, jumladan har xil 
    jinsli transport tarmoqlari mavjud bo‘lgan tarmoq qurilmalari o‘zaro ishlash 
    imkoniyati nazarda tutilgan; 
    2. Katta xarajatlar jalb etmasdan tarmoq zahiralarini oldindan taqsimlash 
    imkoniyati, buning uchun tarmoqning o‘zi bir turdagi qurilmalarga asoslangan 
    bo’lishi afzal, qurilmalar esa umumiy modullarning maksimal universalligi bilan 
    modulli tamoyil asosida qurilishi kerak; 
    3. Tarmoqning kengaya olish imkoniyati; 
    4. Yangi tarmoq xizmatlarini taqdim etish uchun aniq hajmdagi zahiraning 
    mavjudligi, tarmoqni qurish uchun foydalaniladigan qurilmalar ochiq arxitekturaga 
    ega bo‘lishi kerak, ochiq arxitekturada chiziqli va foydalanuvchi interfeysini 
    doimiy ravishda kengaytirish mumkin; 
    5. Yangi texnologiyalarga mo‘ljallangan boshqarish tizimini qo‘llash 
    bo‘yicha variantlarning mavjudligi; 
    7. Tarmoq qurilmalarini amalda qo‘llashda tarmoq faoliyatida uchrashi 
    mumkin bo‘lgan buzilishlar va rad etishlardan ichki va tashqi himoyaning 
    mavjudligi – tarmoqda va tarmoq qurilmalarida bloklarni zahiralash, himoyaviy 
    almashinuvni qo‘llash, oldindan marshrutlash va h.k;
    8. Zahirada elektr manbaalarining, manbaaning kafolatlangan tizimlarining 
    mavjudligi va h.k.;
    9. Tarmoq narxi va amalda qo‘llash xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha 


    22 
    mexanizmlarining mavjudligi – qurilmaning optimal narxi, qurilmani amalda 
    qo‘llashning osonligi, xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish uchun markaziy 
    boshqaruv tizimining mavjudligi, barcha jarayonlarni maksimal avtomatlashtirish 
    (uzatish, kommutatsiya, nazorat va boshqaruv). 
    Har bir tizimni bir-biri bilan mantiqiy bog‘langan tizimlar majmuasi 
    ko‘rinishida tasvirlash mumkin. O‘z navbatida qism tizim komponentlar majmuasi 
    hisoblanadi. Alohida olingan qism tizimda elektr signallarini uzatish, 
    sinxronlashtirish jarayonini bajarish, fazalash, xatolardan himoya qilish, 
    marshrutlash, kommutatsiya, aloqa o‘rnatish va h.k.larni bajaradi. 
    Telekommunikatsiya tarmog‘idan bitta ma’lumot uzatish xizmati yoki bir 
    nechta ma’lumot uzatish xizmatlari, ma’lumotni bitta yoki bir nechta 
    telekommunikatsiya tarmog‘iga uzatishi mumkin. Bu turdagi xizmatlarga 
    tarmoqning ma’lumot uzatish xizmati deb yuritiladi. 
    Ma’lumot uzatish tarmog‘ini o‘zi ma’lumotni jixozlab tugatadi (beradi). Bu 
    telekommunikatsiya tarmog‘ining funksiyalarini himoyalashda va abonentlar 
    orasidagi ma’lumot uzatishni ta’minlash uchun xizmat qiladigan tarmoq 
    hisoblanadi. 
    Ma’lumot uzatish xizmatini bazasi o‘z ichiga telexizmatlarni, Ma’lumot 
    uzatish xizmatini, tarmoqdagi telekommunikatsiya funksiyalarini himoyalash va 
    abonent terminallarini qamrab oladi. Bu bazada istalgan ma’lumot uzatish 
    xizmatini tashkillashtirishi mumkin. Misol uchun, kompyuter xizmatlari 
    (kompyuterlar orasida ma’lumot almashish), telegraf xizmati va telematika 
    xizmatlari kiradi. 
    Milliy ma’lumot uzatish tarmog‘i asosida har xil ma’lumot uzatish 
    tarmoqlari va xizmatlari o‘rtasida aloqani tashkil etishning asosiy maqsadi 
    quyidagilardan iborat: 
    1. Ma’lumot uzatish xizmatlaridan va tarmoqlaridan foydalanishda 
    foydalanuvchilarni va davlatning katta qismini qamrab olishi; 
    2. Foydalanuvchilar va aloqa operatorlari o‘rtasida ma’lumot almashilganda 
    har xil ma’lumot uzatish xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashi; 


    23 
    3. Zamonaviy talab darajasida ma’lumot uzatish xizmatini foydalanuvchiga 
    taqdim etishda sifatli ko‘rsatkichlarga mos kelishini ta’minlashi; 
    4. Ma’lumot uzatish xizmatiga va tarmog‘iga asoslangan xizmatlarning 
    yashovchanligini va ishonchliligini oshirishni; 
    5. Davlat organlarini ma’lumot uzatish xizmatlariga bo‘lgan extiyojini, 
    shuningdek favqulodda vaziyatlarda ham ta’minlashi lozim. 
    Ma’lumot uzatish xizmatini tashkil etish tamoyili bo‘yicha 2 ta guruhga 
    bo‘linadi: 

    ma’lumot 
    uzatish 
    xizmatlari 
    kommutatsiyalanadigan 
    va 
    kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘ida tashkil etilishi ma’lumot 
    uzatishni (maxsuslashtirilgan ma’lumot tarmog‘i bazasida) ta’minlashi uchun 
    maxsus yaratildi;

    ma’lumot 
    uzatish 
    xizmatlari 
    maxsuslashtirilmagan 
    kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan elektraloqa tarmog‘i 
    asosida tashkil etildi. 
    Ma’lumot uzatish xizmatiga kirish nuqtasini aloqa operatorlari nuqta deb 
    nomlashadi va aloqa operatorlari foydalanuvchilarga ma’lumot uzatish xizmatlarini 
    ma’lum sifatda taqdim etadi. Kirish nuqtalari hamma operatorlarni jixozlarida 
    joylashgan bo‘ladi. Foydalanuvchining ma’lumotni ohirgi qurilmasiga taqdim 
    qilishiga ko‘ra uzatish qarori kirish nuqtalarida amalga oshiriladi. Boshqa 
    operatorlar xizmati orqali foydalanuvchini ma’lumotlar ohirgi qurilmasi (MOQ) va 
    ma’lumot kanalining ohirgi qurilmasi (MKOQ)ga bog‘lashida, ma’lumot uzatish 
    xizmati operatorini kirish nuqtasida hech qachon bir vaqtda yuz bermaydi. 
    Telekommunikatsiya tarmog’ida ma’lumot uzatish xizmati chegaralari MOQ va 
    MKOQlar orqali ulanishlarda, telekommunikatsiya tarmog’ini maxsuslashmagan 
    baza kanallari ma’lumot kanalini tuzish orqali chegaralanadi. Bu xodisa, qachonki 
    telekommunikatsiya 
    tarmog’iga ulanishida MOQ loyiq yoki maxsus 
    telekommunikatsiya bo‘lmay tarmoqqa ulansa MKOQ o‘zidan-o‘zi tarmoqdan 
    ajraladi. 
    Bunday ma’lumot uzatish xizmati maxsuslashmagan telekommunikatsiya 


    24 
    tarmog’ida xizmatlarni ko‘chirishdan hosil bo‘ladi. Abonentni texnik vosita guruhi 
    yoki aloqa operatori yoki MKOQlar kirishda texnik vosita bo‘lib hisoblanadi. 
    Ma’lumot uzatish xizmatini ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib: bazaviy va 
    fakultativdir. Ma’lumotning xarakatini aniqlashda ko‘proq bazaviy xizmatlardan 
    foydalaniladi. Fakultativ xizmat operator xizmatining buyumlaridan foydalanish 
    tushuniladi. 
    Bazaviy xizmat – ma’lumot uzatishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlaydi, tarmoq 
    orqali o‘zgarishlarni taxlil qilishda qo‘llaniladi. 
    Fakultativ xizmatda istalgan xizmat ma’lumot uzatish tarmog’iga beriladi, 
    shuningdek kompyuterlarni ishlashini amalga oshirishda, tashqi uzatish 
    protokolida, formatlashda, ma’lumotdan foydalanish mazmunini, ya’ni boshqa 
    qo‘shimcha ma’lumotdan foydalanishni ta’minlaydi yoki ma’lumotning 
    xavfsizligidan o‘zaro foydalanish tushuniladi. 
    Aksariyat hollarda fakultativ xizmat kompyuterni ishlab turishini amalga 
    oshiradi. Bunday usul aniq chegarani, xizmat sifatini aniqlab javobgarlikni 
    ta’minlovchi foydalanish xizmati va operatorlar orasida qo‘shimcha bitimlarni 
    tuzadi. 
    Bu xizmatlar vaqt usulida taqdim qilinadi: 

    agar bu xizmatga foydalanuvchi a’zo bo‘lsa, har bir so‘rov uchun
    avtomatik ravishda javob beradi; 

    vaqt oraligida belgilangan xizmatga a’zo bo‘lishda har bir so‘rov uchun
    avtomatik ravishda javob beradi; 

    faqat so‘rov bo‘lganda o‘z vaqtida bog‘lanish o‘rnatilganda taqdim 
    etiladi. 
    Barcha turli tarmoqlarni belgilar guruhi bo‘yicha sinflash mumkin: 
    - terretorial tarqalganlik; 
    - idoraga tegishlilik; 
    - axborotni uzatish tezligi; 
    - uzatish muhiti turi. 
    Terretorial tarqalganlik bo‘yicha tarmoqlar lokal, global va mintaqaviy 


    25 
    bo‘lishi mumkin. Lokal tarmoqlar bitta bino yoki bir nechta binolarni bitta 
    tarmoqqa birlashtirilishi, mintaqaviy tarmoqlar – shaxar va viloyat xududida 
    joylashishi, global tarmoqlar mamlakat va mamlakatlar guruhi xududini qoplashi 
    mumkin, masalan butun dunyo Internet global tarmog‘i. 
    Xudud bo‘yicha tegishlilik va hukumat tarmoqlari farqlanadi. Tegishlilik 
    tarmoqlar birgina tashkilotga tegishli bo‘lib, shu tashkilot xududidagina joylashadi. 
    Hukumat tarmoqlari – hukumat tuzilishlarida foydalaniladigan tarmoqlardir. 
    Axborot uzatish tezligi bo‘yicha tarmoqlar past, o‘rtacha va yuqori tezlikli 
    tarmoqlarga bo‘linadi. 
    Uzatish muhitining turi bo‘yicha koaksial, juft simli, optik tolali, infraqizil 
    diapazonda radiokanallar bo‘yicha tarmoqlarga bo‘linadi. 
    Ma’lumot uzatishning har xil shartlari orqali xizmatlarni o‘zaro bog‘lashdan 
    asosiy maqsad quyidagilar: 
    - ko‘plab mamlakatlar va foydalanuvchilar xududini egallash uchun barcha 
    ma’lumot uzatish tarmoqlaridan va xizmatlaridan foydalanish; 
    - har xil ma’lumot uzatish xizmatlari va har xil aloqa operatorlarining 
    ma’lumot uzatish xizmatlari foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashish 
    imkoniyatini ta’minlash; 
    - foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan sifat tavsiflarini xalqaro standartlar 
    talabiga mosligini ta’minash; 
    - ma’lumot uzatish xizmatlariga asoslangan kompyuter va boshqa 
    telexizmatlarning yashovchanligini va ishonchliligini oshirish; 
    - hukumat organlari, jumladan favqulodda holatlar bo’lganda ma’lumot 
    uzatish xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish. 
    Ma’lumot uzatish tarmoqlarining barcha asosiy xususiyatlarini jamlagan 
    harakterli, funksional, informatsion va tuzilishviy belgilari bilan sinflanadi. 
    Bunday belgilarga quyidagilar kiradi: 
    - tarmoq foydalanuvchilarining (abonentlarining) tegishlilik kategoriyasi; 
    - tashkillashtirish usullari; 
    - kommutatsiya usuli; 


    26 
    - ma’lumot uzatish kanallari turlari; 
    - tarmoq o‘lchami; 
    - tarmoqda axborot uzatish tezligi; 
    - tarmoq tuzilishsi; 
    - boshqarish usuli. 
    Kommutatsiya usullari bo‘yicha ma’lumot uzatish tarmoqlari quyidagilarga 
    bo‘linadi: 

    Download 2.86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija kirish ma’lumot uzatish tarmoqlarining qurilish tamoyillari

    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish