• Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat
  • I-BOB. FANLARNI O‘QITISHDA WEB TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY ASOSLARI 1.1.
  • Bitiruv malakaviy ishining obyekti




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/18
    Sana24.05.2024
    Hajmi4,29 Mb.
    #252894
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    BMI (4) (2)

    Bitiruv malakaviy ishining obyekti:
    Oliy ta’lim muassalari jumladan
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalar universiteti va uning 
    filiallari.
    Bitiruv malakaviy ishining predmeti:
    axborot texnologiyalari yordamida 
    bilim oluvchilarni ta’lim jarayonida faollashtirish. 
    Bitiruv malakaviy ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
    Ko‘zlangan maqsadni amalga оshirish uchun bitiruv malakaviy ishini 
    bajarishda quyidagi vazifalar qo‘yildi: 

    ta’lim jarayonini 
    tashkillashda innovatsion texnologiyalardan 
    foydalanishning mavjud pedagogik sharoitlarini aniqlash;

    Innavatsion texnologiyalardan foydalanib ta’lim berishda interfaol 
    metodlardan foydalanganlik darajasini aniqlovchi mezonlar ishlab chiqish;

    Ijodiy ta’lim fanini o‘rgatuvchi web ilova ishlab chiqishda 
    foydalaniladigan dasturiy vositalarni o‘rganish;

    Ijodiy ta’lim fanini o‘rgatuvchi web ilova ishlab chiqish; 
    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi: Kirish, ikkita bob, xulosa, 
    foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati qismlaridan iborat. 



    I-BOB. FANLARNI O‘QITISHDA WEB 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY 
    ASOSLARI 
    1.1.
     
    Ta’lim jarayonida innovatsion web texnologiyadan 
    foydalanish asoslari 
    Bilamizki bugungi XXI asr texnologiyalar asri desak hech ham mubolag‘a 
    bo‘lmaydi. Chunki butun dunyo bo‘ylab har jabhada texnologiyalar yaratilmoqda 
    va uni har bir sohada qo‘llab juda kata yutuqlarga erishilmoqda. Ularni nafaqat 
    texnika yoki ishlab chiqarish turli korxonalar balki ta’lim –tarbiya jarayonlarida 
    ham juda keng ravishda foydalanishmoqda. Ular yordamida nafaqat talabalarga 
    bilimni oson yetkazish mumkun, balki yosh o‘sib kelayotgan navqiron 
    o‘quvchilarga ham bilim berish jarayonida qo‘llashmoqda bu esa bilimni oson va 
    qiyinchiliksiz egallab bir nechta maqsadlarga yetish imkoniyatini bizga yaratib 
    beradi. Innovatsiyalarni ta’lim jarayonlarida qo‘llash juda kata imkoniyatlarni 
    bizga ochib beradi. Biz innovatsyalarni ta’lim tarbiya jarayonida qo‘llash orqali 
    o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish bilan bir qatorda ularga amaliy qo‘llab 
    ko‘rish imkoniyatini yaratib beramiz ular nafaqat ularni o‘rganadi balki o‘zlari ham 
    o‘rgangan narsalari orqali biror bir yangilik kiritishni o‘rganib o‘zlari biz o‘rgatgan 
    narsalarga qo‘shimcha tarzda kirita olishni o‘rganadilar. Davlatimiz tomonidan 
    ham bugungi kunda juda kata o‘zgarishlar amalga oshirimoqda. O‘quvchilarga 
    maktab ta’limida turli xil innovatsiyalardan foydalangan holda yangilik kiritib turli 
    interfaol metodlar, pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar orqali 
    o‘quvchilarga darsni kreativ tarzda o‘tishni va shu vositalar orqali o‘quvchilarga 
    mavzularni oson yetkazib berish uchun juda kata imkoniyatlar yaratib berilmoqda. 
    Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation”-yangilik kiritish, ixtiro) ta’lim 
    oluvchida yangi g‘oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o‘zga shaxslar tomonidan 
    yaratilgan ilg‘or g‘oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, 
    malakalarni shakllanirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim 
    jarayonidaMqo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki 
    ta’lim innovatsiyalari deb yuritiladi. 



    - AKT bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish; - yangi pedagogik 
    texnologiya bo‘yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo‘lish (PISA,TIMSS); 
    - ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan 
    foydalanish mahorati; 
    - ilg‘or pedagogik texnologiya bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib borish; 
    - bilimlarni ko‘nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan 
    bo‘lishi; 
    - dars jarayonida harakatli o‘yinlardan unumli foydalana bilishi;
    - imkoni bo‘lsa darsni internet tarmog‘iga bog‘lab o‘ta bilishi; 
    - o‘z ustida tinmay ishlashi, har sohaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va 
    boshqalar. 
    - O‘qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, 
    turli texnik vositalardan ham (kompyuter, proyektor, elektron doska va hokazo) 
    foydalanishi mumkin. O‘qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko‘p 
    bo‘lsa, mazmun shunchalik oshadi. 
    Ta’limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi 
    tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e’tirof etish kerak. 
    Har bir o‘qituvchi ta’limga individual tarzda yangilik kiritishi mumkin. 
    Innovatsion texnologiyalar o‘qituvchi o‘z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib 
    chiqadi. “Faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va 
    joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.”– degan edi mashhur pedagog A. 
    Nikolskaya. 
    Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning asosiy 
    maqsad: 
    - o‘qituvchi va o‘quvchi mushtarakligiga erishish; 
    - o‘quvchilarni fanga qiziqtirish; 
    - ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish; 
    - o‘rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega 
    bo‘lish; 
    - AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg‘unlashtirish va boshqalar. 


    10 
    Oʻqituvchi izlanuvchan, ijodkor, fanini puxta biladigan va shu fani orqali 
    oʻquvchilarga bugungi kun davr talabi asosida innovatsion g`oyalarga tayanib 
    bilim bersa, bu oʻsha oʻqituvchining oʻquvchilar hamda ota-onalarning e`tiborini 
    qozonishiga sabab boʻladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan fikrlar asosida barcha 
    darslarda ham oʻquvchilarga koʻplab ma`lumotlarni singdirish orqali ularni bilim 
    olishga, kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini ham orttirish mumkin. Buning uchun 
    albatta oʻquvchilarga fanga oid zamonaviy texnika va texnologiyalar haqida 
    koʻproq tushunchalarni singdirish lozim. Oʻqituvchi qanchalik mahoratli boʻlsa, 
    kelajakda oʻquvchilarining yutuqlaridan shunchalik koʻp faxrlanib yuradi. 
    Innovatsion texnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov 
    ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda 
    o‘quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir. 
    Ta’lim jarayonlarini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu ta’lim
    jarayoni bilan innovatsion texnologiyalarining integratsiyasini ta’minlash 
    hisoblanadi. Ta’lim jarayonini rivojlangan davlatlar tajribasi bilan uyg‘unlashtirish 
    va uni tubdan isloh qilish elektron ta’lim muhitida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim 
    olish jarayonlarini tashkil etishda strategik masala sifatida namoyon bo‘ladiki, bu 
    jarayonda innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quvchilarning 
    mustaqil ta’limni tashkil etishda samaradorlikni oshirish, mazkur innovatsion 
    texnologiyalar, jumladan: Kompas 3D muhandislik dasturi, Prezi taqdimot dasturi, 
    Pydroid, Coding C++ mobil dasturlaridan foydalanish bo‘yicha kompetensiyalarni 
    shakllantirish kerak bo‘ladi. Bular ta’lim jarayonini takomillashtirish 
    yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilar uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari, 
    ta’limning elektron resurslarini shakllantirish va rivojlantirishda kerakli bo‘lgan 
    sharoitlarni ta’minlashdan iboratdir. Innovatsion texnologiyalar o‘quvchilar uchun 
    mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishda qulay imkoniyatlarni taqdim qiladi. 
    Bugungi kunda ta’lim muassasalarida elektron shaklda ko‘plab elektron ta’lim 
    resurslari ishlab chiqilgan, ammo ulardan foydalanishning kompetensiyaviy 
    yondashuvi yetarli darajada shakllantirilmagan. Bu esa o‘quvchilarda elektron 
    ta’lim resurslari bilan ishlashda ularda jarayonni imitatsiya qilish qobiliyatlariga 


    11 
    asoslangan kreativlik asosidagi maxsus kompetensiyasi yetarli darajada 
    shakllantirilmaganligi bilan bog‘liqdir. N.Muslimovning “Kasb ta’limi 
    o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari” mavzusidagi 
    doktorlik dissertatsiyasida inglizcha “competence” tushunchasi “qobiliyat” deb 
    ta’riflagan, biroq kompetensiya tushunchasi bilim, ko‘nikma, mahorat va 
    qobiliyatni tavsiflaydi. Professional ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni 
    tatbiq etilishi borasida erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, natijalar 
    tizimlashtirilmagan, tarqoq shaklga ega hisoblanadi, deb ta’kidlaydi olim. 
    A.Jo‘rayevning fikricha, kompetentlik – bu faqatgina o‘zlashtirilgan bilimlar va 
    tajribalarning mavjudligi hamda salmoqli hajmi bo‘libgina qolmasdan, balki ularni 
    kerak vaqtda qo‘llay olish va o‘zining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida 
    ulardan foydalana olish ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq 
    etilishi 
    borasida 
    erishilgan 
    muvaffaqiyatlarga 
    qaramasdan, 
    natijalar 
    tizimlashtirilmagan deb ta’kidlaydi. 
    O‘quvchilarning mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarini innovatsion 
    texnologiyalari asosida takomillashtirishda, mutaxassislik ta’lim yo‘nalishlarining 
    talablariga mos ravishda, mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida elektron ta’lim 
    resurslaridan foydalanish orqali integratsiyalashgan ta’lim jarayonini ya’ni 
    elektron ta’lim muhitini joriy etish bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday muhitni 
    tashkil etishda, birinchi navbatda, ta’lim muassasalarida innovatsion 
    texnologiyalari vositalari va elektron resurslarini shakllantirish, ya’ni ushbu ta’lim 
    jarayoni foydalanuvchilarini yagona tarmoqqa birlashtirish, ularni internet 
    tarmog‘idan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, ta’lim muassasasida ta’lim 
    jarayonini boshqarish, hujjatlar elektron almashinuvini tashkil etish, elektron o‘quv 
    qo‘llanmalar, audio va video havolalar yordamida o‘quvchilarning mustaqil ta’lim 
    olish faoliyatini tashkil etish kabi maqsadlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. 
    Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish natijasida bo‘lajak 
    mutaxassis kadrlarni tayyorlashni axborotlashtirish – bu yaxlit pedagogik jarayonni 
    tashkil etishni takomillashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O‘quvchilarning 
    ijodiy kreativligi uning individual xususiyatlari (fikrlashi, jarayonga ijodiy 


    12 
    yondashishi, intilishi va boshqalar)ning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. 
    Bo‘lajak mutaxassis kadrlarning ijodiy indivudalligini rivojlantirish hamda 
    takomillashtirish pedagogik jihatdan muhokamali jarayon ekanligiga e’tibor 
    qaratgan holda, ularning yechimini aniqlashda noodatiylik va maqsadga 
    yo‘naltirilganlik kabi kasbiy xislatlarini shakllantirish talab etiladi. Ta’lim 
    muassasining elektron ta’lim muhitini tashkil etishning muhim shartlari va maqsadi 
    sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrda PF-5812- 
    son “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
    chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, tashkil etilgan professional ta’lim 
    muassasalari bilan Respublikamizdagi mavjud oliy ta’lim muassasalari hamda 
    xalqaro ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish 
    maqsadida mazkur jarayonga HEMIS (“Higher Education Management 
    Information System”) ta’lim platformasi, ya’ni oliy ta’lim muassasalarining asosiy 
    faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga ma’muriy xodimlar, professor-
    o‘qituvchilar va talabalarga elektron ta’lim xizmatlarini taqdim etish 
    imkoniyatilariga ega bo‘lgan axborot ta’lim platformasini joriy etish maqsadga 
    muvofiq bo‘lishi mumkin. Negaki ushbu axborot ta’lim platformasi ta’lim 
    muassasalaridan olinadigan turli xil ma’lumotlar sonini keskin kamaytirish, 
    ularning qog‘oz shaklidan voz kechish, shuningdek, boshqaruv jarayonini 
    avtomatlashtirish va raqamlashtirishda foydalaniladi. 
    Elektron ta’lim muhitida innovatsion didaktik va texnologik yechimlar ta’lim 
    jarayonini boshqarish hamda uning barcha ishtirokchilari o‘rtasidagi masofaviy 
    aloqani avtomatlashtirishni ta’minlaydigan masofaviy ta’limdan foydalanishda 
    asosiy didaktik muammolarning yechimini aniqlashda yagona texnologik 
    platformani joriy qilishga qaratiladi. 
    Ta’lim muassasalarida elektron ta’lim muhitini tashkil etish – bu ta’limning 
    didaktik imkoniyatlarini mavjud jarayondan kelib chiqqan holda, turli 
    yondashuvlar asosida tartibga solishni talab qiladi. “Ta’limda elektron ta’lim 
    muhiti” aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni hamda innovatsion 


    13 
    texnologiyalarning integratsiyasi orqali ta’lim samaradorligini ta’minlovchi 
    shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turi hisoblanadi. 
    Ta’limni axborotlashtirish – bu oʻquv jarayonining bugungi omilidir. Yangi 
    axborot muhiti kasbiy talimning ehtiyojlariga toʻla javob beradi. Bunday tushunish 
    bizga kasbiy ta’lim jarayonida mutaxassislar, xususan, kasb ta’limi 
    oʻqituvchilarining axborot texnologiyalari boʻyicha tayyorgarligini oshirish 
    imkoniyatlari haqida soʻz yuritishga asos beradi. 
    Web texnologiyalarning ta’limdagi oʻrni koʻp qirrali boʻlib, uni quyidagicha 
    tasniflash mumkin: Web texnologiyalar axborot, jumladan, oʻquvchiga zarur 
    boʻlgan oʻquv materiallarini tez yetkazib berish, axborot kommunikatsion 
    texnologiyalarini qoʻllash kompetensiyalarinishakllantirish va rivojlantirish, 
    shaxsning oʻz-oʻzini rivojlantirishi, ta’lim muhitining ochiqligini, adaptivligini 
    ta’minlash hisoblanadi. Web texnologiyalar ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir 
    koʻrsatib, u oʻquvchi – talaba shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni tanlash imkoniyatini 
    beradi.
    Internet oʻzaro bogʻliq tarmoqlardan tashkil topgan global infratuzilmadir. 
    Kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalar foydalanuvchilari oʻrtasida masofaviy 
    axborot va masofaviy muloqotga kirish imkonini beradi, shuning uchun ba’zi 
    manbalardan “Internet – axborot-telekommunikatsiya tarmogʻi” iborasini topish 
    mumkin. Kompyuter muhitida pedagogik muloqotning xususiyatlari: 
    vositachilik – ta’lim jarayoni sub’ektlari oʻrtasidagi aloqa kompyuter oʻqitish 
    va oʻzaro ta’sir qilish vositalari yordamida (orqali) amalga oshiriladi; 
    samaradorlik – har qanday aloqaning afzalliklaridan biri uning samaradorligi, 
    qoʻyilgan savollarga oʻz vaqtida javob olish, kerakli xabarni olish, bajarilgan 
    ishlarni uzatishdir. 
    Aynan shu jihatda tarmoq kommunikatsiya texnologiyalari oʻquv jarayoni 
    sub’ektlari va aloqa jarayonining boshqa barcha ishtirokchilariga muloqot vaqtida 
    vaqt yoʻqotilishini minimallashtirish bilan ta’minlaydi, onlayn va offlayn ish 
    rejimlarida muloqot qilish imkoniyatini beradi. 


    14 
    Kompyuter tarmoqlari vositachiligidagi oʻquv jarayonining xarakterli 
    xususiyatlarini ajratib koʻrsatamiz: 
    individuallik – oʻz suhbatdoshini tanlash va muloqot/trening yoʻnalishi; 
    korporativlik – manfaatlar guruhlarida muloqot qilish,ehtimol maxfiy; 
    ommaviy xarakter – kompyuter muhitida muloqot istalgan cheksiz 
    miqdordagi tinglovchilar (suhbatdoshlar) ulanishigacha boʻlishi mumkin; 
    qulaylik – har qanday ochiq mavzu qiziqarli boʻlishi va istalgan miqdordagi 
    tinglovchilar uchun muhokama qilinishi mumkin; 
    mustaqillik – zamon va makondan, an’anaviy aloqa shakllaridan farqli 
    oʻlaroq, zamonaviy aloqa vositalarining asosiy farqlovchi belgisidir; 
    tarqatish – mamlakatning istalgan nuqtasida, sayyorada joylashgan 
    suhbatdoshlarning Internet orqali muloqot qilish uchun foydalanish; 
    virtuallik – ta’lim muammolarini ham, shaxslararo xarakterdagi 
    muammolarni ham muhokama qilish uchun maxsus, vaqtincha shakllangan 
    muloqot muhitini yaratish; 
    estetika – muloqot madaniyatini, oʻz fikrini qisqa, malakali va toʻgʻri 
    ifodalash qobiliyatini shakllantirish; 
    koʻp oʻlchovlilik – kompyuter muhitida pedagogik muloqot, fanlararo 
    aloqalarni jalb qilgan holda, muammolarni koʻp qirrali muhokama qilish, boshqa 
    bilim sohalaridan ma’lumot va suhbatdoshlarni taqdim etish imkonini beradi; 
    koʻp qirralilik – muloqot nafaqat oʻquv jarayonining ikkita subyekti, balki 
    butun guruhning ushbu masalani tezkor muhokama qilishdagi ishtiroki (shu 
    jumladan, nafaqat oʻqituvchi bilan, balki tinglovchilar bilan ham muloqot qilish va 
    kengaytirish imkoniyati bilan oʻrnatilgan savolni muhokama qilishdan manfaatdor 
    boʻlganlar tufayli), muloqot jarayonini faol va samaraliroq qilish imkonini beradi; 
    umummadaniy – kompyuter aloqasi sharoitida zamonaviy muloqotning juda 
    muhim xususiyati – boshqa til muhiti va madaniyatining suhbatdoshlari bilan 
    muloqot qilish, boshqa madaniy va milliy makonga kirish. 
    Deyarli ta’limning har qanday shaklida yangi axborot texnologiyalari vositalaridan 
    keng foydalaniladi. Masofaviy ta’limda tegishli “axborot-ta’lim” muhiti yaratiladi, 


    15 
    unda tinglovchilar uchun zarur axborot manbalariga kirish eng qulay tarzda tashkil 
    etiladi. Qanday qilib va nimani tanlash kerakligini faqat u hal qilishi mumkin
    dasturda koʻzda tutilgan asosiy materialga qoʻshimcha ravishda, olingan koʻnikma 
    va malakalarni mustahkamlash uchun qanday faoliyat turlari koʻzda tutilishi 
    kerak”. 
    Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy maqsadlaridan biri axborot bilan ishlash 
    qobiliyatini shakllantirishdir. Shu sababli, an’anaviy, bosma qoʻllanmalardan 
    sezilarli farq qiladigan, maxsus mos keladigan elektron darsliklar, masofaviy 
    oʻqitish kurslarini ishlab chiqish zarur. Ularni boshqa saytlarga, qoʻshimcha 
    axborot-resurslariga barcha kerakli havolalarni taqdim etgan holda tegishli 
    qobiqlarga joylashtirish kerak. Ma’ruzalarning oʻzi nafaqat bosma (elektron) 
    shaklda, balki slaydlar va videokliplar hamda audiovizual shaklda ham taqdim 
    etilishi mumkin. Tinglovchilar uchun topshiriqlar muammoning mustaqil 
    yechimini yaratishni talab qiluvchi mustaqil izlanish, izlanish, ijodiy faoliyatga 
    ham qaratilishi mumkin. Shu bilan birga, ma’ruza matnining oʻzida avtonom yoki 
    hamroh boʻlib, tovushni aniqlaydi. 
    Ular faollashtiriladi va kerakli tushuntirishlar giperhavola yoki suzuvchi qatorda 
    beriladi, bu esa matn bilan ishlashni sezilarli darajada osonlashtiradi, aqliy mehnat 
    madaniyatini oshiradi. 
    Jamiyatimizning barcha qatlamlarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash 
    borasida savodxonlikni uzluksiz ravishda oshirib borishda, axborot texnologiyalari 
    sohasida inson kapitalini rivojlantirish kadrlarni tayyorlash va ular malakasini 
    oshirish tizimini takomillashtirish, avvalo ilg‘or zamonaviy axborot-
    kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni 
    chuqur egallash orqali amalga oshiriladi. 
    Dars sifatini oshiradigan innovatsion texnologiyalarni nazarda tutgan holda. 
    Innovatsiya - yangilik kiritish, yangilik, o‘zgarish, atama asosan fan va texnika 
    bilan bog‘liq. Biroq, innovatsiya inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatida, 
    ayniqsa, pedagogik ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda, 
    o‘qitish va tarbiyalashda katta yutuqlarga erishib, tobora ommalashib bormoqda. 


    16 
    Innovatsiya – texnikaviy yangiliklar, texnologiyalar, fan yutuqlari va ilg‘or 
    tajribalarni joriy etish, ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, 
    ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdir. Innovatsion 
    texnologiyalar innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish usullari va vositalaridir. 
    Mavjud g‘oyalar va gipotezalarni yangilash orqali pedagogik texnologiyalarni 
    qayta qurish jarayoni. O‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish 
    orqali o‘qituvchi o‘zini yangi muhitga tayyorlashi kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda 
    to‘plangan yangi texnologiyalar, boy tajribaga tayangan holda, ularni innovatsion 
    texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib, o‘zimizning zamonaviy pedagogik 
    texnologiyamizni yaratish bo‘yicha ilmiy-uslubiy ishlarni birgalikda olib borish 
    zarur. O‘zimizning zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarimiz asosida 
    “Innovatsion maktablar” tizimini yaratishga o‘tishimiz kerak. Bunday maktablarda 
    barcha fanlar bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniladi. 
    Keyin “ustoz-oʻqituvchi” o‘rniga “ustoz-kompyuter-shogird” tizimi shakllanadi. 
    Ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv o‘quvchilarda yangi tajriba orttirish, 
    ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni anglash, kelajakka intilishni tarbiyalash uchun 
    zarurdir. Texnologiya - yunoncha “techne” – san’at, “logos” – o‘qish (bilim, 
    ta’lim). Keng ma’noda texnologiya bilimlar hajmi, tor ma’noda esa borliqni qayta 
    tashkil etish (tubdan o‘zgartirish) usulidir. Insoniyat tarixida inson dastlab 
    ishqalanish texnologiyasini yaratgan, deb ishoniladi. Xalqaro ta’lim 
    texnologiyalari jamiyati (ISTE) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda talab yuqori 
    bo‘lgan ko‘plab ish o‘rinlari so‘nggi o‘n yil ichida yaratilgan. Texnologiyalarning 
    rivojlanishi globallashuv va raqamli transformatsiyani kuchaytirishi bilan 
    o‘qituvchilar talabalarga kelajakdagi kareralarda muvaffaqiyat qozonish uchun 
    zarur ko‘nikmalarni egallashga yordam berishlari mumkin. 
    Fanlarni o‘qitishda innavatsion web texnologiyalardan foydalanish 
    metodikasi o‘quv jarayonini yanada qulaylashtirish va o‘quvchilar uchun 
    ma’lumotlarni oson o‘rganish imkonini beradi. Quyidagi usullar innavatsion web 
    texnologiyalardan foydalanishning bir qancha misollarini taqdim etadi: 


    17 
    Interaktiv darslar: Interaktiv darslar, o‘quvchilarga o‘z tempida o‘rganish 
    imkonini beradi. Bu metodika, veb-integratsiya, veb-interfeyslar va interaktiv 
    dasturlar orqali o‘quvchilar bilan faol ishlashni ta’minlaydi. Misol uchun, 
    interaktiv dasturlar orqali matematika yoki kimyo masalalarini yechish, qulay 
    testlar va sinovlar tashkil qilish, virtual laboratoriya ishlari o‘tkazish kabi 
    imkoniyatlarni beradi. 
    Multimedia materiallar: Multimedia materiallar, o‘quvchilarni qiziqtirish va 
    ularga ma’lumotlarni oson o‘rganish imkonini beradi. Bu metodika, video darslar, 
    animatsiyalar, infografikalar, veb-saytlar, podcastlar va boshqa multimediya 
    formatlari orqali ma’lumotlarni o‘qitishni osonlashtiradi. O‘quvchilar multimedia 
    materiallarga kirib, o‘z tempida o‘rganish, izoh qoldirish va muloqotda qatnashish 
    imkoniyatiga egalar. 
    Virtual va augmented reality: Virtual va augmented reality (AR) 
    texnologiyalari, o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va interaktiv qilish uchun 
    qulayliklar taqdim etadi. Virtual reality o‘quvchilarni virtual muhitda tajriba 
    qilishga imkon beradi, masalan, virtual laboratoriyalarda amaliy mashqlar 
    o‘tkazish. AR esa real dunyoda virtual ob'ektlarni ko‘rish va ularga oid 
    ma’lumotlarni o‘qish imkonini beradi. Bu texnologiyalar o‘quvchilar uchun o‘zga 
    xos va interaktiv ta’lim imkoniyatlarini yaratadi. 
    Bulut kompyuting: Bulut kompyuting texnologiyalari, o‘quvchi va 
    o‘qituvchilar uchun ma’lumotlarga istalgan vaqtda va istalgan joyda kirish 
    imkonini beradi. Bu metodika o‘quvchilarni ma’lumotlarni o‘rganish, jadvallar, 
    dokumentlar, testlar va boshqa materiallarga oson va samarali kirishga imkon 
    beradi. Ma’lumotlar o‘simliklarida o‘zgarishi, hamkorlik qilishi va o‘qituvchilar 
    bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi aloqani yanada osonlashtiradi. 
    Sotsial media va jamiyatliklik: Sotsial media platformalari va jamiyatliklik 
    texnologiyalari, o‘quvchilar bilan o‘qituvchilar, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar, 
    hamda o‘quvchilar bilan boshqa ekspertlar o‘rtasidagi muloqotni yaxshilaydi. Bu 
    platformalar orqali o‘quvchilar ma’lumot almashish, qo‘llab-quvvatlash va o‘z 


    18 
    fikrlarini bayon qilish imkoniyatiga egalar. Bu yordamda o‘quvchilar boshqa 
    insonlar bilan ta’lim resurslarini va tajribalarini baham ko‘rishadi. 
    Bu metodikalardan foydalanish, o‘quvchilarni qiziqtirish, o‘rganish 
    motivatsiyasini oshirish, o‘zlashtirish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini 
    rivojlantirtirishga yordam beradi. Shuningdek, bu metodikalar o‘quvchilarda ish 
    bilan bog‘liq bo‘lgan malakani rivojlantirish, samaradorlikni oshirish va texnik 
    mahoratni oshirishga imkon beradi. 
    Huquqiy maslahatga e’tibor berish: Har qanday texnologiyani o‘quv 
    jarayonida qo‘llashda, o‘quvchilar, o‘qituvchilar va ota-onalar uchun huquqiy 
    maslahatga e’tibor berish juda muhimdir. Shuningdek, har qanday insonni ongini 
    va mahoratini oshirish uchun texnologiyalardan to‘liq foydalanishni ta’minlash 
    uchun o‘quvchilarga yaxshi ta’lim va ko‘rsatkichlar taqdim etish kerak. 


    19 

    Download 4,29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 4,29 Mb.
    Pdf ko'rish