• Tolibjon Sodiqov
  • Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish




    Download 251.89 Kb.
    bet3/16
    Sana07.06.2022
    Hajmi251.89 Kb.
    #23148
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Mundarija mavzu Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek ko
    Borliq va vaqt, 5-mavzu Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish Reja Moliy, ilm-fan 3319
    Tolibjon SODIQOV
    (1907-1957)
    O'zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor va dirijor Tolibjon Sodiqov zamonaviy o'zbek professional musiqa san'atiga mohir ijrochi sifatida kirib keldi. O'zining yaratgan qo'shiq, romans, simfoniya va vokal simfonik asarlari, ayniqsa, musiqali drama va operalari yakkaxon, konsert va teatr jamoalari repertuarini boyitdi.
    Tolibjon Sodiqov 1907-yil 20-sentabrda Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. U eski maktabda 7 yoshidan boshlab o'qidi, 1920-yildan yangi maktabda o'qishni davom ettirdi. Shu yerda tashkil topgan musiqa to'garagiga qatnashdi. Tug'ma iste'dod sohibi tinimsiz dutor va tanburda mashq qilib, tez orada hammani hayratda qoldiradigan ijrochi sifatida tanildi. 1927-yil Samarqand- dagi mashhur yosh havaskor san'atkorlardan tuzilgan «Ко'к ko'ylaklar ansambli» ga Tolibjon Sodiqov taklif etildi. 1928-yildan boshlab nayclii bo'hb teatrda ishladi.
    1930-yili Sobir Abdulla pyesasi asosida «Bog'bon qiz» spektakh uchun musiqa bastaladi. 1928-yil Samarqanddagi musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutiga o'qishga kirdi. Xoja Abdulaziz Abdurasulov, Levi Boboxonov, Yunus Rajabiy, Ota Jaloliddin Nazirov, Hoji Abdurahmon Umarov, Nikolay Mironov kabi musiqa san'atining bilimdonlaridan ta'lim oldi va milliy xalq qo'shiqlari va «Shashmaqom» bilan tanishdi. Shu bilan birga dutor va tanbur chalish mahoratini egalladi. Tez orada o'zi ham boshqa musiqa to'garaklariga rahbarlik qila boshladi. 1927-yilda esa Panjikent shaliridagi viloyat teatrida musiqa rahbari bo'hb ishladi.
    1930-yili T. Sodiqov Hamza nomidagi o'zbek drama teatrining sozandalar ansambliga rahbarlikka taklif qilindi. Komil Yashinning «Yondiramiz» dramasiga musiqa bastaladi. 1933-yil AhsherNavoiy nomidagi opera va balet teatrida dirijor lavozimida ishladi. T.Sodiqov 1939—1941-yillarda Moskva konservatoriyasi qoshidagi o'zbek studiyasida R.M. Glier sinfida o'qidi va urush yillarida o'qishni to'xtatib, Toshkentga qaytdi hamda musiqa teatrida faoliyatini davom ettirdi. A. F. Kozlovskiy bilan birgalikda «O'zbekiston qilichi» hamda «Davron ota» drammalariga musiqa bastaladi.
    1951—1954-yillarda O'zbekiston radiosida badiiy rahbar bo'hb ishlash bilan birgalikda, musiqa jamoasi hayotida faol qatnashdi. O'zbekiston Kompozitorlar uyushmasi raisi sifatida faoliyat ko'rsatdi. Alisher Navoiy opera va balet teatrida dirijorlik qilish bilan birgalikda «Layli va Majnun», «Hujum» va «Po'rtana» spektakllariga musiqa bastaladi. Komil Yashin librettosi asosida Tolibjon Sodiqov R. M. Glier bilan hamkorlikda 1950-yilda mashhur «Gulsara» operasini yaratdi hamda bu operaga o'zi dirijorlik qildi. 1955-yilda «Gulsara» operasi yuzinchi marta ijro etildi. Hayotining so'nggi kunlarida Boris Zeydman bilan hamkorlikda Zulfiya librettosi asosida «Zaynab va Omon» operasini yarata boshlab, biroq oxiriga yetkaza olmaydi. Opera Yu. Rajabiy va D.Zokirov tomonidan 1958-yilda yozib tugallandi.
    Tolibjon Sodiqov simfonik orkestr uchun «Ulug' bayram», «Hur Vatan», «Baxtiyor yoshlik» asarlarini hamda «Bulbul», «Bahor», «Sarvigul», «Jonon ko'rinur» kabi o'nlab romanslarni yaratdi.
    Tolibjon Sodiqov O'zbekiston xalq artisti, O'zbekiston hukumatining faxriy yorliqlari, orden va medallari bilan taqdirlangan, yaqinda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi.


    Download 251.89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 251.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish

    Download 251.89 Kb.