• Rahmatjon Tursunov
  • Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish




    Download 251.89 Kb.
    bet4/16
    Sana07.06.2022
    Hajmi251.89 Kb.
    #23148
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Mundarija mavzu Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek ko
    Borliq va vaqt, 5-mavzu Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish Reja Moliy, ilm-fan 3319
    Rahmatjon TURSUNOV
    (1939)
    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, pedagogika fanlari nomzodi, A. Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti xalq musiqasi kafedrasi professori, bastakor Rahmatjon Tursunov, ustozlari ishlarini davom ettirib, o'zbek qo'shiqchilik san'aiga barakali hissa qo'shib kelmoqda.
    Rahmatjon Tursunov 1939-yil 5-martda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida dehqon oilasida tug’ildi. 1946-yildan umumta’lim maktabida o’qidi. Musiqaga bolaligidanoq paydo bo'lgan ishtiyoq, Rahmatjonni maktab qoshidagi havaskorlik to'garagiga yetakladi. 1956-yili Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtiga, dirijorlik bo’limiga o’qishga kirdi. 1960-yili Toshkent Davlat konservatoriyasining xor dirijorligi fakultetiga o'qishga kirib, 1968-yili tugatdi.
    R.Tursunov 1968-1970yillarda Qarshi Pedagogika institutining musiqa kafedrasida, 1970—1974-yillarda esa Toshkent Madaniyat texnikumida, 1974-yildan buyon Toshkent Davlat Madaniyat instituti xor dirijorligi kafedrasida katta o'qituvchi, dotsent, professor vazifalarida ishlab kelmoqda. R. Tursunov «Havaskorlik ashula va raqs ansambllarining rivojlanishi va pedagogik shart-sharoitlari» mavzusida dissertatsiya yoqlab, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasida ega bo'ldi.
    R. Tursunov 1978—1985-yillar professor Boris Giyenko sinfida kompozitsiya amaliyotidan maslahatlar olib, ijod bilan shug'ullandi. Shu yillari quyidagi musiqa asarlarini yaratdi: «Cho'ldan kelgan sabolar» suitasi, «Cho'l gullari» xor uchun akapella, «Yodimda sen» pyesasi, «Chang taronasi» kuyi, jo'r ovoz uchun «Mexanizatorlar» dueti, ashulachilar ansambli uchun «Paxtam mening baxtimdir», «Olqish aytar zamona» qo'shiqlari va boshqalar. R. Tursunov ijodida qo'shiqchilik ustuvor turadi. U turli mavzularda mumtoz va zamonaviy shoirlar she'rlariga 100 dan ortiq qo'shiq, ashula va yallalar yaratdi. Uning «Bulbul», «Mubtalo qilursan», «Madhingni kuylay», «Yor vasli», «Hayot qo'shig'i», «Azim daryo», «Ko'ngil», «Egam», «Oshkor bo'lursan», «Qalbimda o'zing borsan», «Sen quvonchim» lirik qo'shiqari va ashulalari, romanslari taniqli xonanda va hofizlar repertuarlaridan munosib o'rin olgan.
    Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin yaratgan qo'shiqlari muallif ijodida katta sahifani taslikil etdi. Yaratgan qo'shiqlari orasida: «Sohibqiron Temur», «O'zbekiston», «Vatan madhi», «Bahor jilosi», «Vatanim — tinchlik bog'i», «O'zbekiston suluv qizlari» va boshqalar alohida ahamiyat kasb etadi.
    O'zbek musiqa tarixiga oid ma'lumotlarni qidirish, to'plash va notaga yozib olib, ilmiy- nazariy o'rganish hamda mutaxassislarga yetkazish ishiga Rahmatjon Tursunov salmoqli hissa qo'shdi. U Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutining «Xalq ashula va raqs ansambliga rahbarlik» kafedrasi ijrochi-o'qituvchilari yillar davomida tayyorlab, sinovdan o'tkazgan va takomillashtirilgan nota yozuvlarini saralab, jamlab qo'llanmalarni nashrdan cliiqardi. «Xalq kuylarini notalashtirish», «Ashula va raqs ansambU bilan ishlash uslubiyoti» kabi bir necha qo'llanmalarni nashrdan chiqarib, mutaxassislarga yetkazdi.
    Rahmatjon Tursunov O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.


    Download 251.89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 251.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish

    Download 251.89 Kb.