Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish




Download 251.89 Kb.
bet5/16
Sana07.06.2022
Hajmi251.89 Kb.
#23148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mundarija mavzu Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek ko
Borliq va vaqt, 5-mavzu Moliyaviy Rejalashtirish va tartibga solish Reja Moliy, ilm-fan 3319
Qo'ldosh MAMIROV
(1941)
Pedagogika fanlari nomzodi, xor dirijori, bastakor
Qo"ldosh Mamirov, milliy bastakorlik an'analarini davom
ettirib, zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda jozibali
qo'shiqlar yaratmoqda.
Qo'ldosh Mamirov 1941-yil 23-martda Toshkent
viloyatining Oqqo'rg'on tumani Suvchi qishlog'ida dehqon oilasida tug'ildi. Ota-onasi Qo'ldoshning musiqaga qiziqishini sezib, qishloqdagi naychi yigit Rahmatjon Abdurayimovga shogirdlikka berishdi. 1958-yili u Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtining xor dirijorligi bo'limiga qabul qilindi. 1962-yil Toshkent Davlat konservatoriyasi xor dirijorligi fakultetiga o'qishga kirdi. 1964—1968-yillarda Qo'ldosh Mamirov Toshkent harbiy garnizoni qoshidagi Ikromjon Bo'ronov rahbarlik qilgan o'zbek ashula va raqs ansambhda naychi bo'hb harbiy xizmatni ado etdi.
Bastakor va xor dirijori Qo'ldosh Mamirov mehnat faoliyatini talabalik davridan boshlab, umumta'lim maktablarida musiqadan dars berdi. 1964-yili Toshkent o'quvchilar saroyida o'zbek xalq cholg'u ansambliga, 1968—1970-yillarda A. Gagarin nomidagi O'quvchilar saroyidagi o'zbek xalq cholg'ulari ansambliga rahbarlik qildi. 1970-yildan buyon Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetining musiqa fakultetida xor dirijorligi kafedrasi mudiridan dekan, professorlikkacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. 1987-yiIi Moskvada «Boshlang'ich sinf musiqa darslarida o'quvchilarning axloqiy hislarini tarbiyalash mavzusida yozgan dissertatsiyasini yoqladi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega boidi.
Qo'ldosh Mamirov Navoiy g'azallari bilan kuylanadigan 40 ta ashulani notaga yozdi. 80 ta xalq qo'shig'i va maqom shu'balarini o'z ichiga olgan «O'zbek xalq qo'shiqchiligi majmuasi»ni tuzdi. O'z asarlaridan qo'llanmalar tayyorladi. «Quyosh yurtim», «Ohanglarda hayot nafasi», «Ona allasi» kabi to'plamlarni chop etdi. Yakka xonanda va vokal ansambli bilan orkestr jo'rligida quyidagi asarlarni yaratdi: «Yo'lim boshlar», «Sevinch yoshlarim», «Go'zalim madhiyasi», vokal-cholg'u ansambli ijrosida «Bahor», «Nigohimni uzolmayman», «Qo'shiqqa navbat», «Ona yurt qo'shig'i» asarlarini yaratdi. Ular asosida xor akapella (jo'rsiz xor) uchun «Lahza-lahza», «Miltiraydi bir mitti yulduz», «O'zbekiston — ona yurt», «O'zbekiston taronasi» asarlari ko'rik-tanlovlarida sovrinli o'rinlarni egalladi.
Xor va o'zbek xalq cholg'ulari orkestri uchun «Istiqlol», «Yor qani», «Go'zal Toshkent qizlari*. <-Dugona kehbdur», yakka xonanda va orkestr uchun «Bahor sarvinoz», «Anhor labida» va boshqalar. Dramaturg N. Qurbonov bilan «О, meni qora ko'zlarim» nomli musiqali drama va kinorejissor Zulfiqor Musoqov bilan hamkorlikda «Qaldirg'och» kinofilmiga musiqa bastaladi. 100 dan ortiq kattalar va bolalar uchun qo'shiqlar yaratdi. Bulardan tashqari 6 ta she'riy poema, 200 ga yaqin she'rlar, to'rtliklar, «Payg'ambarnoma» nomli she'riy roman muailifi. Q.Mamirov talabalar va maktab o'quvchilari nafosatini axloqiy jihatdan tarbiyalash muam- molari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Ilmiy izlanishlar samarasi sifatida 20 ga yaqin maqola, dastur, tavsiya, qo'llanmalar yaratishga erishdi. Besh qismili «Xor dirijorligi» iomatiyasini yozdi. Turli ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy anjumanlarda o'z ma'ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.


Download 251.89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 251.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija mavzu: Bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘zbek kompozitorlari ijodidan foydalanish metodlari kirish

Download 251.89 Kb.