• 3. Yulduzcha.
  • Muqimiy nomidagi




    Download 0,55 Mb.
    bet6/13
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #158943
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    “KOMPYUTER TARMOQLARI ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI (3)

    2. Tarmoq topologiyalari
    Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
    1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
    2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
    3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
    Ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi– tezligi bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 100 dan yuqori megabit va megabit gegabit diapazonda bo’ladi. Aloqa, ulanish topologiyasi bo’yicha kompyuter tarmoqlari quyidagicha bo’lish mumkin: " Umumiy shina topologiyasi (Bus– Общая шина ); " Yulduz topologiyasi (Star– Звезда); Yulduz topologiyasi " Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо); Halqa topologiyasi " Daraxtsimon tuzulmali topologiya (Tree– Древовидной); " Aralash tuzulmali topologiya (Mixed– Смешанной).

    “Umumiy shina” topologiyasi Umumiy shina tarmoq tapologiyasi (bus- Общая шина)– шина bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.

    “Yulduz” topologiyasi Yulduz topologiyasi (Star– Звезда)– Звезда bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.
    “Halqa” topologiyasi Halqa topologiyasi (Ring– Кольцо)– Кольцо bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan

    Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
    Kabellar asosan uchga bo’linadi:
    - koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,55 Mb.