|
Muqimiy nomidagi
| bet | 7/13 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #158943 |
Bog'liq “KOMPYUTER TARMOQLARI ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI (3)- juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
- optik tolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini texnik ko’rsatkichi
Kabel turi
|
O’tkazish tezligi, Mbit/sek
|
Tarmoqni hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa
|
Kabel uzilganda tiklash mumkinligi
|
Narxi
|
Koaksial kabellar
|
10 Mbit/sek
|
500 m
|
Past
|
100 so’m/metr
|
Juftli o’ram kabellari
|
100 Mbit/sek
|
100 m
|
Yaxshi
|
200 so’m/metr
|
Optiktolali kabellar
|
1-2 Gbit/sek
|
100 km
|
Maxsus qurilmalar talab qilinadi
|
1000-3600 so’m/metr
|
Aloqa kabellari- Линия связи - Network cable Tarmoq kartasi - Сетевая карта- Network Card Trаnsivеrlаr - Трансивер- Transceiver Takrorlagichlar - Повторитель- Repeater Kоnsеntrаtоrlаr - Концентратор- Hub Ko’priklar - Мост - Bridge Kommutatorlar - Коммутатор- Switch Mashrutlovchilar- Маршрутизатор- Router
Aloqa kabellari Ахbоrоt uzazish muхiti dеb– kоmpyutеrlаr o’rtаsidа ахbоrоt аlmаshinuvini tаminlоvchi ахbоrоt yo’llаrigа (yoki аlоqа kаnаllаrigа) аytilаdi. Ko’pchilik kоmpyutеr tаrmоqlаridа (аyniqsа LANda) simli yoki kаbеlli аlоqа kаnаllаri ishlаtilаdi.
O’rаlgаn juft simli kаbеllar (Витая пара, twisted pair)- asosan ikki xil bo’ladi:
1. Himоyalаngаn ya`ni ekrаnlаshtirilgan (shielded twisted pair-STP); - Ekranlangan qatlam Himoya qatlami Izalatsiya qatlami
2. Himоyalаnmаgаn ya`ni ekrаnlаshtirilmаgаn, (unshielded twisted pair - UTP). - Tashqi himoya qatlami - O’ralgan juft sim Rang bilan ajratilgan izalatsiya Maximum cable length: 100 m
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor.
RJ-45 raz’yomiga maxsus konnektor orqali simlar ulanadi. -konnektor. Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa kompyuterdan foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi.
HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash uchun kerak bo’lsa, Switchlar binolar orasiga qo’yiladi.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi, maxsus TCP-IP adresi va ishchi guruhiga ega bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom va TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish). Windows OC o’rnatilgan kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun ping (bu erda TCP-IP tarmoqdagi tekshirilayotgan kompyuter adresi) buyrug’i ishlatiladi. Masalan, ping 10.1.14.27.
|
| |