• Interfaol metod
  • Interfaol ta’lim bu
  • Ta’limning interfaol metodlari




    Download 0.55 Mb.
    bet10/13
    Sana19.02.2024
    Hajmi0.55 Mb.
    #158943
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    “KOMPYUTER TARMOQLARI ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI (3)
    sirtqi test
    Ta’limning interfaol metodlari.
    Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga etkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar foliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to’plangan bo’lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so’z yuritamiz.
    Interfaol metod – ta’lim jarayonida talabalar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
    Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so’z bo’lib, “interact”-“inter”-bu o’zaro, “act”-bu “harakat qilmoq?” ma’nosini anglatadi.
    Umumlashtirganda esa interaktiv usullar – ( Interaction – inglizcha –aro, o’zaro, ast - harakat ma’nosini anglatadigan so’zlardan iborat) o’zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.
    Interfaol ta’lim bu:

    • strategiya va metodologiya;

    • doimiy muloqotga asoslangan metodlar tizimi;

    • birgalikdagi o’qish va faol ishtirok etishdir.

    Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralaro’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi, talabalar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, auditoriya jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo’llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.

    Download 0.55 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0.55 Mb.