An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar




Download 0,55 Mb.
bet11/13
Sana19.02.2024
Hajmi0,55 Mb.
#158943
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
“KOMPYUTER TARMOQLARI ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI (3)

An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar



Asosiy tushunchalar

An’anaviy dars

Interfaol dars

1

Qo’llanish darajasi

Barcha mavzular bo’yicha ular uchun qulay bo’lgan dars turlari shaklida qo’llaniladi.

Ayrim mavzular bo’yicha interfaol darsning qulay bo’lgan turlari shaklida qo’llaniladi. Boshqa mavzular uchun an’anaviy dars qo’llaniladi

2

Dars maqsadi

Dars bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish, mustahkamlash.

Dars mavzusi bo’yicha mustaqil fikrlash, xulosaga kelish, ularni bayon qilish, himoyalashga o’rgatish.

3

O’qituvchining vazifalari va ish usullari

Yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat, topshiriqlar berish.

Talabalarning mustaqil ishlashlarini va taqdimotlarini tashkil qilish, boshqarish, nazorat, yakuniy xulosalarni asoslab berish.

4

Darsga tayyorgarlikka talablar

Dars rejasi, konspekt va didaktik vositalarni tayyorlash.

Interfaol dars ishlanmasi, mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, tarqatma materiallar, boshqa zarur
vositalarni tayyorlash.

5

Talabalar tayyorgarligiga talablar

Oldingi dars bo’yicha vazifalarni bajarib kelish.

Yangi dars mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilish.

6

Talabaning vazifalari va ish usullari

O’qituvchini tinglash va o’zlashtirish, berilgan topshiriqlarni bajarish.

O’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarish bo’yicha mustaqil fikrlash, o’z fikr, xulosalarini boshqalarga solishtirish va yakuniy xulosaga
kelish.

7

Vaqt taqsimoti

Dars vaqtining ko’p qismi o’qituvchining yangi mavzuni tushuntirishi, tahlil qilishi, topshiriqlarni tushuntirishi, o’zlashtirishni nazorat qilishiga sarflanadi.

Dars vaqtining ko’p qismi
talabalarning mustaqil
topshiriqlarni bajarishi, fikr almashishi, mushohada qilishi, o’z xulosalarini bayon qilishi va himoyalashiga sarflanadi.

8

Darsning modul va algoritmi

Darsning modul va algoritmlaridan har bir o’qituvchi o’zi qo’llayotgan metodga muvofiq foydalanadi.

Har bir dars oldindan tayyorlangan modullar va algoritmlarga, loyihalarga muvofiq o’tkaziladi.

9

Talabalarning faollik darajasi

O’qituvchi har tomonlama faol, talabalar diqqatni jamlash, tushunish, fikrlash, topshiriqlarni bajarish bo’yicha faol.

O’qituvchi ham, talabalar ham har tomonlama faol. shakllari: o’qituvchi-talaba; talaba-talaba; talaba-kichik guruh; kichik guruh-kichik guruh; talaba-o’qituvchi; kichik guruh-o’qituvchi; guruh-o’qituvchi.

11

Kutiladigan natija

Mavzu bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari.

Mavzu bo’yicha talabalarning o’z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o’rgatish.

1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.


2. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun talabalar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.
3. Interfaol mashg’ulotda talabalarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, talabalarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini nazarda tutishimiz lozim.

Download 0,55 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 0,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar

Download 0,55 Mb.