• Yunusaliyeva Dilnavozxon Ulug’bek qizi “INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
  • II Bob. Interfaol texnologiyalarni qo’llash mahorati
  • Muqimiy nomidagi




    Download 0,55 Mb.
    bet1/13
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #158943
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    “KOMPYUTER TARMOQLARI ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI (3)


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY va o’rta maxsus ta’lim VAZIRLIGI


    MUQIMIY NOMIDAGI
    QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

    “SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO’LIMI INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI” ta’limi yo’nalishi


    5-kurs 502-guruh talabasi
    Yunusaliyeva Dilnavozxon Ulug’bek qizi

    INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN



    KOMPYUTER TARMOQLARI. ASOSIY TUSHUNCHALAR” MAVZUSINI O’QITISH METODIKASI
    mavzusida yozgan

    KURS ISHI


    Ilmiy rahbar: Informatika kafedrasi
    assistent-o’qituvchisi
    X. Xasanov
    QO’QON-2024
    Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash” mavzusini o’qitishda interfaol metodlardan foydalanish metodikasi


    Mundarija:


    Kirish ........…………………………………….……………………………….……… 3
    Asosiy qism
    I Bob. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari
    1.1. Kompyuter tarmoqlari va ulardan foydalanish texnologiyasi ………..…….. 5
    1.2. Tarmoq topologiyalari .................................................................................. 14
    II Bob. Interfaol texnologiyalarni qo’llash mahorati
    2.1. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi, uning o’ziga xos xususiyatlari ……………. 19
    2.2. Ta’limning interfaol metodlari ..................................................................... 23
    Xulosa ……………………………………………………………………...……........ 29
    Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………..……........ 30

    Kirish
    Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda kompyuterlarni yagona tarmoqqa ulab, ular o‘rtasida ma’lumot almashishni tashkil etish mumkin, Xo’sh, tarmoqning o’zi nima? Uning qanday turlari bor? Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo’lish hozirgi jamiyatning har bir a’zosi uchun muhimdir. Ushbu bobda mazkur tushunchalar haqida atroflicha fikr yuritiladi, Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi. Kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuyiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog’liq Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi tushuniladi.
    Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Kompyuterlarni tarmoqqa ulash usullari ko’rsatilgan. Kompyuterlar soniga qarab, tarmoqlar lokal, mintaqaviy va global tarmoqlarga bo’linadi. Lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash va ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda Ibydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. Shuning uchun, bittadan ko’p kompyuterga ega bo’lgan firmalar o’z kompyuterlarini lokal tarmoqqa birlashtiradi.

    Download 0,55 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,55 Mb.