II.BOB: Musiqiy qobilyati sust rivojlangan o’quvchilar bilan ishlashning pedagogik – psixologik shart – sharoitlari




Download 0.84 Mb.
bet4/6
Sana30.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#67096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSIQA FANIDA O\'QUVCHILAR BILAN INDIVIDUAL ISHLASH METODLARI
7fe1df47-4d9d-4b53-9b92-08def203fbdc, Destination A1 tarjimalari (2), Xadicha mustaqil ish 1, 3-Laboratoriya ishini bajarish bo'yicha namuna, 122121, metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati, investitsiya 4 sh, PT QQ TEST - копия, PT UZ TEST - копия, Qurbonova Laylo, 11-jahon mavzulashgan, informatika-5-6-sinf-68-soat-togarak, 3-лекция ПС и ГТ 409-21 МТХ
II.BOB: Musiqiy qobilyati sust rivojlangan o’quvchilar bilan ishlashning pedagogik – psixologik shart – sharoitlari.


2.1. Musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalar bilan ishlashning shakl, usul va vositalari.
Ishimizning oldingi bobida to’xtalib o’tganimizdek musiqa o’qitish metodikasi fani pedagogikaning tarkibiy bir bo’lagi sifatida umumiy pedagogikada mavjud bo’lgan hamda har bir fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda vujudga kelgan, tajribada sinalgan o’qitishning samarali shakli, usul va vositalarini umumlashtiradi va ulardan amaliyotda foydalandi.
Shu nuqtai – nazardan musiqa o’qitish metodikasi o’z vazifalarini amalga oshirishda pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslik kabi fanlarning ilmiy – tadqiqot natijalariga tayanadi. Musiqa o’qitish metodikasi ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchilar bilan ishlash usullarining mazmunini o’zida mujassamlashtiradi.
Musiqa o’qitish metodikasi vazifalarini amalga oshirishda bir qator tajribada sinalgan va keng ommalashgan metodlar bilan birgalikda, musiqa ta’lim – tarbiyasini o’ziga xosligi jihatida yuzaga kelgan xususiy metodlar muhim o’rin tutadi. Bir qator yetuk olimlarning ilmiy tadqiqotlarida musiqa o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari, musiqa o’qituvchisining kasb mahoratiga qo’yiladigan talablar, dars jarayonida qo’llaniladigan metodlar va ular orqali hal qilinadigan vazifalar ilmiy asosda ta’riflab berilgan. Bu o’rinda musiqa o’qitishning xususiy (optimal) metodlariga alohida to’xtalib o’tishni joiz deb bilamiz.
1. Darsni musiqiy umumlashtiruv metodi.
Bunda – o’qituvchi darsda hal qilinishi lozim bo’lgan maslalarni tizimlashtiradi.

  • o’qituvchi va o’quvchi mavzuni o’rganishga erishishlari lozim bo’ladi.;

  • darsning har bir komponenti (faoliyatlar) mazmunai uyg’unlashadi.

2. O’tilajak mavzularga oldindan “yugurib” bog’lanib o’tish va ilgari o’tilganlarga qaytish metodi.
- ilgari o’tilgan materiallardan foydalanib, yangi materialni
o’zlashtirishga erishish, yoki hali o’tilmagan mavzuga oid qonun qoidalardan foydalanish;

  1. Darsning emosional dramaturgiyasi metodi. O’qituvchi darsni qiziqarli uyushtirish, darsda o’quvchilar faol ishtirok etishi va emosional ta’sirchanlikka ega bo’lishi.

  2. Darsni pedagogik kuzatish va bilimlarni baholash metodi.

  • o’quvchilarni bilim va o’zlashtirishlarini nazorat qilib borish;

  • bilim faoliyatini rag’batlantirish va tanbehlash:

Musiqa o’qitishda ushbu metodlar bilan birgalikda pedagogikaning umumiy metodlaridan ya’ni: - musiqa o’qitishning og’zaki metodlari (hikoya, suhbat, tushuntirish), - ko’rgazmali o’qitish metodlari, amaliy o’qitish metolari, o’yin metodlari, taqqoslash metodlari, musiqiy uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash kabi metodlardan keng foydalaniladi. Biz ushbu bandda “musiqiy uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash metodi” ning mazmuni, mohiyati va qo’llanishiga batafsilroq to’xtalib o’tamiz:
Ma’lumki, boshlang’ich sinflarda musiqa ta’limi va tarbiyasining bosh vazifasi va asosiy maqsadi o’quvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini, musiqani diqqat bilan tinglash, asarlarni xarakterlarini (quvnoq, sho’x, raqsbop, marsh) his etish, kuy – qo’shiqni nima haqda ekanligini idrok etishga o’rgatishdan iborat bo’ladi. Musiqa darslarida qo’shiq kuylash eng yetakchi faoliyat bo’lib, darsning asosiy qismi (20-25 daqiqasi) ushbu faoliyatga bag’ishlanadi. Chunki, ushbu faoliyatda o’quvchilarni “jamoaviy ijrochilik” ka o’rgatish talab etiladi. “Jamoaviy ijro” chilik esa o’ziga xos murakkab psixologik va fiziologik xususiyatlar yaxlitligini, ya’ni o’quvchilarni umumiy bir “organizmga” birlashib, o’zaro sozlanib, ansambllik hosil qilib kuylashga erishishlarini taqazo etadi. Bu esa, aytishgagina oson bo’lib, amalda ko’pchilik (bir sinf) o’quvchilarni bir tekis, sof unisonda, sof intonasiya qilish, so’zlarni aniq, tushunarli talaffo’z qilish,
o’qituvchi ovozi, musiqa cholg’usiga sozlanib kuylashlari juda qiyin va murakkab vokal – xor ishlarini talab qiladi. Musiqa amaliyotida bu bosqich juda jiddiy jarayon bo’lib, har qanday o’qituvchi ham mazkur faoliyatni muvaffaqiyatli tarzda tashkil etaolmasligi ko’p kuzatilgan. O’quvchilarni musiqiy qobiliyatlariga ko’ra ayrim o’quvchilarni ovozini tonga tushmasligi uning musiqiy eshituvi (sluxi) yaxshi rivojlanmaganligidan, musiqa kuyini yoki aytim yo’lini yaxshi eslab qololmasligi, tezda o’zlashtiraolmasligi, xotirasini sustligidan dalolat beradi. Bu o’rinda vokal tovush hosil qilish, o’z ijrosini o’zi sezib, kuzatib borish, qo’shiq ijrosida tempga, asar tonalligiga, o’qituvchi hamda sinfdoshlari ovoziga sozlanishi, nafas olish, uni sarflash toza intonasiyaga erishishda barcha o’quvchilar birdek bo’laolmasligi o’qituvchidan o’ziga xos pedagogik yondashuv va turli ish usullaridan foydalanib ish tutishni talab qiladi. Mana shunday ish tutishning eng maqbul va samarali uslublaridan biri musiqa uquvi bo’sh bo’lgan (qobiliyati) o’quvchilar bilan dars jarayonida differinsal guruhlarga bo’lib va darsdan keyin vaqt ajratib yakka (individual) ish olib borish hisoblanadi.
Differinsial guruhlarga bo’lishda o’qituvchi eng avvalo bir necha mashg’ulotlar davomida o’quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini diqqat bilan o’rganib chiqishi lozim. Buning uchun maxsus daftar tutish unda har bir o’quvchining eng muhim musiqiy qobiliyati bilan bog’liq xususiyatlariga ta’rif berib borilishi lozim bo’ladi. Bu xususiyatlarni eng muhimlari bizningcha quyidagilardir:

  • o’quvchining musiqiy eshituvi (sluxi) qoniqarli, a’lo darajada, qoniqarsiz;

  • ovozning tembiri, ovoz hosil qilishi – yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz;

  • musiqiy xotirasi – a’lo darajada, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz;

  • ovoz tonga tushadi, har doim ham emas, tushmaydi.

  • o’z ijrosini nazorat qiladi, boshqalarni musiqa eshituvi, yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz;

  • diksiyasi, intoniasiyasi – yaxshi, qoniqarli, qoniqarsiz;

Shundan so’ng ushbu xususiyatlarga ko’ra o’quvchilar uch guruhga ajratiladi.

  1. – guruhga musiqiy eshituvi (sluxi) yaxshi rivojlangan, ya’ni

o’qituvchi ovozi, musiqa sozi, o’rtoqlari ovoziga sozlanib (tonga, tonalikka) kuylaydigan, ovozi jarangli, musiqaga havasi baland o’quvchilar kiritiladi.
O’qituvchi ushbu guruhdan ma’lum bir (3.4,5) o’quvchilarni o’ziga yordamchi qilib olishi ham mumkin.

  1. – guruhga esa musiqiy qobiliyatlari, ya’ni musiqiy eshituvi o’rtacha bo’lgan (juda yaxshi ham emas, juda yomon ham emas, bunday holat ba’zan o’quvchini ruhiy xususiyati bilan bog’liq bo’lishi va tizimli mashg’ulotlar jarayonida ijobiy tomonga o’zgarib ketishi mumkin), shuningdek, o’qituvchi ovoziga ergashib kuylay oladigan, o’qituvchi ko’rsatmalarini tezda bo’lmasa – da, tushunib kuylashga harakat qiladigan o’quvchilar kiritiladi.

3- guruhga esa ovozi tonga tushmaydigan (musiqiy eshituvi (sluxi) sust rivojlangan), musiqani yaxshi idrok etaolmaydigan, musiqiy xotirasi ham yaxshi bo’lmagan, ovoz imkoniyatlaridan yaxshi foydalana bilmaydigan, tempni, ritmni, his qilaolmaydigan o’quvchilar kiritiladi.
Musiqa darslari jarayonida o’quvchilar mana shu uch guruh holida sinfda quyidagi tartibda joylashtiriladi (partalarga o’tkaziladi).
Birinchi guruh bolalari partalar joylashuviga ko’ra eng oxirgi qatorlarga joylashtiriladi.
Ikkinchi guruhga kiritilgan o’quvchilar – ya’ni musiqiy qobiliyati o’rtacha baholangan o’quvchilar eng oldingi qatorlarga joylashtiriladi.
Uchunchi guruhga mansub o’quvchilar – ya’ni, musiqiy uquvi, sulxi, xotirasi sust o’quvchilar sinfning o’rtasidagi qatordan joy olishadi.
Bunday joylashuv diffirensial guruhlar holidagi joylashuv bo’lib, birinchi qatordagi bolalar o’qituvchi ovozi, musiqa cholg’usini yaqindan eshitadilar. Ikkinchi qatordan joy olgan o’quvchilar (musiqiy qobiliyati bo’sh) o’zlaridan oldin turgan va ulardan keyinda joylashgan o’rtoqlarini ijrolarini eshitish, ularga ergashib kuylash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Mazkur usulbning ijobiy tomoni, birinchidan o’quvchidan “yaxshi” guruhga qo’shilish uchun intilish. O’z ustida ishlash, harakat qilishga rag’bat uyg’otadi va vaqtida u o’z niyatiga yetishishi mumkin bo’ladi. Ikkinchidan, o’z o’rtoqlari ijrosini eshitib kuylashlari uchun qulay vaziyat yaratiladi va bu ularni eshitib kuylash, ergashib kuylash va o’z ijrolarini nazorat qilib borish ko’nikmalarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Bunday uslubni o’quvchilarni ijrochilik ko’nikma va malakalari ma’lum bir xillik darajasiga yaqinlashgunga qadar, nafaqat birinchi, balki, ikkinchi, uchunchi va hatto to’rtinchi sinflarda ham qo’llash mumkin.
O’quvchilar bilan sinfdan tashqari faoliyatda individual ish olib borish o’qituvchining o’z kasbiga fidoiyligi, mas’ulligini belgilovchi fazilatdir. Haqiqiy pedagog musiqiy uquvi (qobiliyati yaxshi rivojlanmagan, yoki o’z iqtidorini yaxshi namoyon etaolmaydigan) bo’sh bolalar bilan yakka tartibda ish olib borishni o’zining burchi deb bilishi zarur. Chunki, ayrim bolalar musiqiy talablarni to’g’ri bajaraolmaslikdan ruhan qiynalishlari, musiqa darslaridan “bezib” qolishlari ham mumkin. O’qituvchi o’quvchi bilan individual ishlashdan oldin uning psixologiyasini, ijobiy va salbiy xislatlarini yaxshi o’rganib olishi lozim bo’ladi. Shunga ko’ra o’quvchiga to’g’ri maslahat berishi, kishi harakat qilsa, intilsa hamma narsaga erishishi mumkinligini yaxshilab tushuntirishi, uni yaxshi sifatlarini maqtashi, rag’batlantirib borishi va unda birinchi navbatda musiqa bilan mustaqil shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otishi lozim bo’ladi. O’quvchi bilan olib boriladigan ta’limiy – tarbiyaviy ish har bir o’quvchi uchun alohida, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda olib borilmog’i, har mashg’ulotda o’quvchiga uy vazifasi, ya’ni mustaqil topshiriqlar berib, keyingi mashg’ulotlarda natijalar tahlil qilinib bormog’i shart. O’quvchini o’z ustida mustaqil ishlashga o’rgatish bu faoliyatda eng muhim jihat hisoblanadi. Ovozi tonga tushmaydigan o’quvchilar bilan fortepianoda “gamma” kuylash, oddiy xalq qo’shiqlarini ayrim bandlarini musiqa cholg’usida qayta – qayta ijro etish, o’qituvchiga taqlid qilib kuylash, birgalikda kuylash, musiqani diqqat bilan tinglash, solfedjiolash kabi usullar bilan olib borilishi mumkin.
Xotirasi sust o’quvchilar bilan tovushlarni aniqlash (eshitib aniqlash), raqsbop, sho’x, xalq kuylarini, ayrim qismlarini eshitish, “imitasiya” qilish, intervallar kuylash, taqqoslash kabi usullardan foydalangan holda ish olib borish samarali bo’ladi.

  • Vokal tovush hosil qilish, yarim – yopiq ovozda kuylash, nafasni to’g’ri olish, meyorida sarflash bo’yicha ishlar bevosita o’qituvchining ko’rgazmaligi orqali, ya’ni “o’qituvchiga taqlid qilish” orqali tashkil qilinishi yaxshi natija beradi.

  • O’quvchi ijrosini yozib olish, so’ngra o’ziga eshittirib, xatolarini birgalikda tahlil qilish va o’quvchi bilan individual ish olib borishning yaxshi usullaridan hisoblanadi.

Ko’rinadiki, o’quvchilar bilan individual va ularni diffirensial guruhlarga bo’lib, sinfda va sinfdan tashqari faoliyatda ish olib borishga umumiy holda ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida qarashni taqazo etadi.
Sinfdan va sinfdan tashqari faoliyatda o’quvchilar bilan olib boriladigan barcha ishlar o’quvchi shaxsining musiqani nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirishlari uchun sharoit yaratadi. Ma’lumki, pedagogika, shu jumladan musiqa pedagogikasi va metodikasi shaxsni tarbiyalash, uni maxsus ko’nikma va malakalarni rivojlantirishga bir – biridan ajralmas yagona jarayon sifatida qaraydi. Musiqa ta’limi jarayonida o’quvchi his etgan yuksak estetik kechinmalar bilan birga turli janrlardagi kuylarni tinglash, qo’shiqlar kuylash ijodiy jo’shqinlikni, diqqat va intizomni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda o’quvchilarni musiqiy qobiliyat – iqtidorlari rivojlanadi, ularda asta – sekinlik bilan o’z musiqiy qobiliyatlarini ko’pchilik oldida (bayram konsertlari, ko’rik – tanlovlarda, madaniy – ommaviy tadbirlarda) namoyin etish kayfiyati, istagini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham har bir musiqachi pedagog ishining yosh avlodni muvaffaqiyatli o’qitish va kamol toptirish imkoniyatini yaratadigan hamda hozirgi muhim talablarga javob beradigan shakl, usul, vositalarni izlab topish zarur.
Biz shunday uslublardan birini jamoaviy ijrochilik jarayonida qo’llanilishi borasida o’z tajribalarimizga to’xtalib o’tamiz.
Musiqa o’qituvchisi birinchi sinfda ilk mashg’ulotlardan o’quvchini musiqa tovushlarini eshitib, unga o’z ovozini moslab, ya’ni tegishli tovush balandligini to’g’ri,aniq topib kuylay olish qobiliyatini sinab ko’radi. Agar o’quvchi tovush toniga tushaolmasa, falsh (noto’g’ri) kuylasa uni alohida ro’xatga kiritib qo’yish va mustaqil va individual ishlash rejasiga kiritib qo’yishi lozim. Bu o’rinda o’qituvchi o’quvchiga kamerton sotib olishni va o’zi bilan doimo birga olib yurishni va tez – tez ovozini shunga moslashtirib yurishini taklif qiladi. Vaqt o’tishi bilan LYa yoki DO tovushini kamertonsiz ham kuylaydigan bo’ladi. Bitta tovushni aniq balandligini ichki hissyot bilan toza eshitgan yoki kuylagan bola mazkur tovush yordamida, aniqrog’i shu tovushga asoslanib boshqa tovushlarni ham topa oladi yoki ijro qilinayotgan asarning tonligida bemalol kuylash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Undan keyingi jarayonlarda o’quvchilarni ichki eshitish yordamida bir ovoz yoki qo’shiqni bir ovoz partiyasi kuyini takror – takror eshitib borishni yo’lga qo’yish kerak. Qo’shiqni mazmuni va mavzusidan kelib chiqqan holda, qaysi joyda baland va qaysi joyda ichki ovozda kuylash o’quvchining malakasiga bog’liq bo’ladi. Albatta bu malaka uzluksiz va tinimsiz mashqlar evaziga oshiriladi. Ohangning, yoki tovushning aniq, toza kuylanayotganligini birinchi bosqichlarda cholg’u sozi yordamida tekshirib boriladi.
Boshlang’ich sinfning keyingi bosqichlarida ushbu jarayon murakkablashtirilib boriladi, ammo ish uslubi o’zgarmaydi. Masalan, o’qituvchi 2 – ovozni kuylaydi, o’quvchi esa fortepiano yoki o’zbek xalq cholg’usi jo’rligida 1 – ovozni kuylaydi. O’quvchi bir o’zi cholg’u jo’rligida birinchi ovozni kuylaydi. O’qituvchi cholg’u sozida asarning ma’lum qismini chalib beradi, o’quvchi uni so’zlari bilan nota yozuviga qarab, kuylaydi. O’qituvchi asarning ma’lum qismini tonini eshittiradi, o’quvchi esa o’sha bo’lakni cholg’u jo’rldigisiz kuylaydi. O’qituvchi asarni cholg’uda ikkinchi ovozini chaladi, o’quvchi birinchi ovozni kuylaydi, 4 – sinfga borganda ushbu mashqlar yanada murakkablashadi. Ya’ni o’qituvchi asar kuyini milliy cholg’uda (bir ovoz, unisonda) chaladi, o’quvchi ikkinchi ovozni erkin kuylashga hg’arakat qiladi. O’quvchilarda jo’rsiz (acapella) kuylash malakalari rivojlanadi.
Qo’shiq kuylashda tovushlarni eshitish, o’qituvchi ovoziga ergashib kuylash, o’rtoqlarini ijrosini eshitish, ansambllikni his etish eng muhim omillardan hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarda mana shunday ko’nikmalarni qaror topishiga harakat qilgan holda mashqlar tanlashi va jamoaviy kuylash jarayonida ulardan maqsadli ravishda foydalanib borishiga to’g’ri keladi. O’quvchilar bilang ishlash jarayonida oldin qabul qilingan taassurotlar, hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosan xotira tafakkur yordamidla musiqa tovushlarini va obrazlarini ichki va xayolan tasavvur qilish, his qila olishi bilan belgilanadi. Bular o’z navbatida ichki eshitishning natijasi bo’lib, ichki eshitish qobiliyatiga ega bo’lgan o’quvchilar ilgari eshitgan tovush yoki notani xotirasida saqlab qoladi. U asarning garmoniyasini, alohida ovozlar, cholg’u tovushlari tembirini xayolan tasavvur qiladi. Bularning barchasi oxir – oqibatda o’z yo’lida musiqiy xotira, diqqat, musiqiy did va qobiliyatlar majmuini rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq holda kechadi. Musiqa darslarida o’qish jarayonining asosiy maqsadlaridan biri yoki boshqacha qilib aytganda shunday tovush “tasavvuri” ni yaratish kerakki, qo’shiq ijrosi, lad tonalligi, kuy xarakterini aniqlab, his etib kuylashiga zamin yaratsin.
Musiqa tovushini yoki musiqiy asarni yaxlit holda ichki eshitish qobiliyati musiqachining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Uni rivojlantirish uchun o’qituvchi oddiylikdan, murakkablikka pog’onama – pog’ona, doimiy ravishda ish olib borishi lozim. Ichki eshitish qobiliyati faqatgina muntazam mashqlar ustida ishlash yo’li bilan rivojlanadi va mustahkamlanadi.
Xuddi shuningdek o’quvchining musiqani g’oyaviy – badiiy mazmunini anglash, uning badiiy obrazlar mohiyatini tushunish, va u haqda o’z tushunchalarini ifoda etish. Asarlarni badiiy va nazariy tahlil qilish, asarni baholash, yengil – yelpi asar bilan mukammal badiiylikka esa asarni farqlash kabi qobiliyatlarni rivojlantirishda ham o’qituvchi shu kabi ish usullardan muvofiqlarini tanlab foydalanish mumkin.
O’quvchilarni tashqi eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun quyidagi bir qancha mashqlar tavsiya etiladi:

  1. O’quvchilar diqqati bir tovushga qaratiladi. Fortepiano yoki cholg’u sozida birinchi oktavaning bir tovushi – da, re, mi, fa, sol, lya, si chalinadi.

O’quvchiga tovushni diqqat bilan tinglash uqtiriladi. Tovushni o’qituvchi nota nomi, biror bir so’z bo’g’ini bilan kuylaydi. So’ngra o’quvchini o’zi bilan kuylashga taklif etiladi. Bu mashq bir necha bor takrorlanadi. Shuningdek, birinchi marta shunday usulda boshqa tovushlarni tinglab o’rgatish amalga oshiriladi. Bunday mashqlar natijasida diqqat bilan tinglangan tovush quloqqa yaxshi singadi, o’quvchini xotirasiga o’rnashadi, eshitgan ovushni yaxshi tushunish qobiliyati rivojlanadi.

  1. Aytib o’tilgan usulda ikki tovushni tinglab aniqlash, shu jarayonda major uch tovushligini minor uch tovushligini farq qilish, ajratish, farqlash hissyotlari rivojlantiriladi. Ikki tovushni eshitganda ularni ohangdoshligi, ya’ni “yoqimli”, “yoqimsiz” eshitilishiga diqqat qaratiladi. Hosil qilingan ko’nikmalar umumlashtirilgan holda asta – sekinlik bilan musiqiy qobiliyatni rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.

  2. Keyingi bosqichlarda o’quvchilarni notaga qarab tovushini barqaror tonallikda muhim ushlab kuylashi, varaqdan o’qib kuylash qobiliyatlarini rivojlanishiga diqqat qaratiladi. Bu usul ko’proq yuqori sinflarda, 5 – 6 – 7 – sinflarda yanada yuqoriroq murakkablikda davom ettirilishi mumkin. Bunda ikki o’quvchi ikki ovozli qo’shiq yo’li (melodiya) ni kuylashi, yoki jo’rsiz

(acapella) asarni ijro etishlari mumkin. O’quvchilar asarni ijro qilaturib, goh birinchi ovozni kuylaydi, goh ikkinchi ovozni va shu bilan birga goh baland ovozda kuylaydi, goh ichki ovoz bilan kuylaydi. Asarni kuylanayotgan paytida uning partiturasiga qarab, kuzatib tinglashningfoydasi ham katta bo’ladi. Tinglab kuzatishni o’quvchi jamoa bo’lib kuylash faoliyatida bajarishi yanada yaxshi samara beradi. Chunki, asarni qism – qismlarga, frazalarga bo’lib-bo’lib bir necha marotaba qaytarib o’rganiladi. O’quvchi bunda aniqroq eshitish va eshitganini to’laroq tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun uzluksiz mashq qilib borishi lozim. Shundagina ular har qanday musiqiy asarni bemalol ijro etaoladigan zarur malakalarni o’zlashtirish qobiliyatiga ega bo’ladilar.

Download 0.84 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II.BOB: Musiqiy qobilyati sust rivojlangan o’quvchilar bilan ishlashning pedagogik – psixologik shart – sharoitlari

Download 0.84 Mb.