• 1.2. Musiqiy qobiliyatlar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
  • Musiqa fanida o'quvchilar bilan individual ishlash metodlarstrreplA: Kirish




    Download 0.84 Mb.
    bet3/6
    Sana30.05.2023
    Hajmi0.84 Mb.
    #67096
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    MUSIQA FANIDA O\'QUVCHILAR BILAN INDIVIDUAL ISHLASH METODLARI
    7fe1df47-4d9d-4b53-9b92-08def203fbdc, Destination A1 tarjimalari (2), Xadicha mustaqil ish 1, 3-Laboratoriya ishini bajarish bo'yicha namuna, 122121, metrologiyastandartlashtirish va sifat nazorati, investitsiya 4 sh, PT QQ TEST - копия, PT UZ TEST - копия, Qurbonova Laylo, 11-jahon mavzulashgan, informatika-5-6-sinf-68-soat-togarak, 3-лекция ПС и ГТ 409-21 МТХ
    Dars jarayoni
    O’quvchilarni san’atning sehrli olamiga olib kirish, ularda musiqa san’atiga ongli munosabatni shakllantirish, musiqani tinglash, qo’shiq kuylash qobiliyatlarini o’stirish bu murakkab pedagogik jarayonda musiqa o’qituvchilaridan yuksak kasbiy va pedagogik mahoratni talab qiladi. Musiqa ta’limi va tarbiyasi oldiga qo’yilayotgan maqsad va vazifalarni muvoffaqiyati uni boshlang’ich sinflarda qay darajada uyushtirilganligi va tashkil etilganligiga bog’liqdir. Chunki, bu bosqichda musiqiy ta’limning poydevori qo’yiladi.
    Bu jarayonda ayniqsa, o’qituvchining musiqa o’qitish metodikasidan tayyorgarligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni musiqa tinglashga, qo’shiq kuylashga, musiqa savodi bo’yicha eng muhim qonun qoidalarni o’zlashtirishlariga e’tibor bermog’i lozim. O’qituvchi har bir darsning va darsda qo’llaniladigan faoliyatlarni o’quvchilar tomonidan ko’tarinki ruhda, qiziqish va ishtiyoq bilan qabul qilinishiga erishishi zarur. Buning uchun uning kichik yoshdagi (I
    – IV -sinf) o’quvchilarni psixologik, fiziologik xususiyatlarini va individual qiziqish, qobiliyat va imkoniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Bolalarni qiziqishi, diqqati va o’yinga moyillik kabi xususiyatlariga ko’ra dars faoliyatturlarini tez-tez almashtirib turish, darsda o’yin, raqs, ritmik jo’r bo’lish, rebus, viktorina, konsert, bolalar cholg’u asboblarida ijro etish kabi turlardan unumli foydalanmog’i zarur.
    Shu bois musiqa o’qituvchisi boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini besh faoliyat asosida tashkil etish, ularni qiziqarli va samarali kechishiga qanchalik darajada erishaolsa, bu o’quvchilarni musiqiy tafakkuri, dunyoqarashi va madaniyatini samarali tarzda shakllanishiga olib keladi. Shu o’rinda mazkur faoliyatlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz:
    1.Musiqa tinglash faoliyatida o’quvchilarda musiqiy idrok, musiqiy dunyoqarash va musiqiy madaniyat shakllanadi. Bu faoliyatda o’quvchilar musiqa tinglar ekanlar bevosita uni idrok eta boshlaydilar. Ya’ni musiqaning xarkateri, unda ifodalangan obrazlarni his eta boradilar. Bu esa ularning musiqiy idroklarini o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Musiqa tinglash, musiqa darslarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki o’quvchilarni musiqiy madaniyati, dunyoqarashini shakllantirish asosan ushbu faoliyat mazmunida amalga oshiriladi. Qolaversa tinglash barcha faoliyatlarda ham ishtirok etadi.
    Xor bo’lib kuylashda avval asar tinglanadi, musiqa savodi faoliyatida ham nazariy qoidalar amalda ijro etish va tinglash bilan o’zlashtiriladi.
    Musiqaviy – nazariy bilim va malakalar avvalo tinglanadi va shundan so’ng amaliy jarayonda kuylash, athlil qilish, musiqa ifoda vositalarini qo’llanish xolatlari kuzatiladi.
    Darsda tinglanadigan har bir musiqiy asar, badiiy – g’oyaviy mazmuni jihatdan yil chorak mavzularidagi nazariy ma’lumotlar, ijodkorlar hayot – faoliyati, amaliy ijrochilikka oid ko’nikma va malakalar hosil qilishga yo’naltiriladi. Bu jarayonda musiqiy faoliyatlar uyg’unligi va uzviyligi integrasiyalashuvi natijasida ilmiylik, izchillik tamoyillariga amal qiladi.
    Musiqa tinglash faoliyatida bir necha bosqichlar ketma – ketligida amalga oshiriladi:

    1. O’quvchilar e’tibori tinglanadigan musiqa asariga jalb qilinadi, asar nomi, mualliflari, asarning g’oyaviy – badiiy mazmuni, janri, o’lchovi, xarakteri haqida o’qituvchining kirish so’zi orqali bayon qilinadi.

    2. Taqdim etilgan asar o’qituvchi ijrosida (imkon darajada) yoki magnit tasmasi, audio, vidio yozuvlar orqali diqqat bilan tinglanadi.

    3. Asar suhbat, tushuntirish, uqtirish, munozara, savol – javob kabi maqbul usullar yordamida badiiy – g’oyaviy, nazariy, vokal – xor, cholg’u ijrochiligi nuqtaiy – nazaridan tahlil qilinadi.

    4. Asar qayta yaxlit holda tinglanadi va asar haqida o’quvchilarni umumiy taassurotlari, tushunchalari aniqlanadi, yakuniy suhbat o’tkaziladi.

    2. Qo’shiq kuylash faoliyatida amaliy ijrochilik, vokal xor malakalari, qobiliyatlari rivojlanadi. Bu faoliyatda ular musiqani emosional ta’siri bilan birga, qo’shiqlar matnida ifodalangan yuksak g’oyaviy – badiiy mazmundan estetik zavq oladilar, musiqiy asarga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlarni o’zlashtirib boradilar. Bu jarayonda o’quvchilarni musiqiy dunyoqarashi va didi shakllanadi.
    Qo’shiq kuylash faoliyatida o’quvchilarni faqat qo’shiq o’rganish va xor bo’lib kuylashlarini emas, shu faoliyatda nota savodxonligi, vokal – xor malakalarini rivojlantirish maqsadlarini ham ko’zda tutadi. Bunda o’quvchilarni kuylashga qiziqtirish, har bir mashq, qo’shiq, vokal – xor talablari darajasida bo’lishligiga asosiy e’tibor qaratiladi. Musiqa madaniyati darslarida qo’shiq o’rgatish bir necha bosqichlar ketma – ketligiga va yaxlit mashg’ulot jarayonida amalga oshiriladi:



    1. O’quvchilar diqqati qo’shiq nomiga jalb qilinadi.

    2. Qo’shiq haqida o’qituvchining kirish so’zi – asar mualliflari (kuy va she’riy matn mualliflari), asarning g’oyaviy – badiiy mazmuni, qanday jamoa uchun yozilganligi, janri, xarakteri, ijrochilikka xos xususiyatlari (xalq, bastakorlik, kompazitorlik) haqida qisqacha suhbat, hikoya qilinadi.

    3.Qo’shiqni ladi, ifoda vositalari, shakli, tuzilishi tushuntiriladi.

    1. qo’shiq musiqiy jumlalarga bo’lib o’rganiladi. Bunda asarni o’qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylash, to’g’ri nafas olish, uni sarflash, tovush hosil qilish, ohangni yo’llash, jumlani oxirigacha yetkazish, ijroni boshlash, ijroni davom ettirish, ijroni tugallash, “auf takt”, “diqqat”, kabilar haqidagi tushuntirishlar, amaliy ko’rsatib, ijro etib berish orqali o’quvchilarda zarur ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.

    2. Qo’shiq ma’lum darajada o’rganilib bo’lingach, uning badiiy ijrosi ustida ishlaniladi. Bunda asar tempi, dinamik belgilar, yoddan kuylash, sof entonasiya, so’z talaffo’zi, soz, ansambllik, dirijyorlik ijrolariga muvofiq kuylashga a’lohida e’tibor qaratilmoqda.

    3. Musiqa savodi faoliyatida o’quvchilar musiqani yaratilish tarixi, uni kim yaratadi, kim tinglaydi, kim ijro etadi, kuy nima, shuningdek, musiqani ifoda vositalari – ritm, metr, temp, registr, lad, nota yo’li, nota yozuvi – cho’zimlari, belgilari, balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Musiqani ongli , savodli o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
    Musiqa savodi faoliyatining asosiy negizi va pedagogik maqsadi darslik va dasturda berilgan yil va chorak mavzulari bo’yicha kuylashga, tinglashga doir asarlarni savodli tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyatda o’quvchilar musiqani nota yozuviga qarab, savodli, tushunib kuylashga o’rganib boradilar.
    Musiqa darslarida musiqiy savodxonlik faoliyati quyidagi bosqichlar tizimida amalga oshiriladi:Bolalar diqqati asosan musiqani ifoda vositalari, nota, uning yozilishi, sanalishi, cho’zimlari, nota chizig’i, kalit belgilari, o’lchovlar, kalit oldi belgilari, alterasiya belgilari, kuy, registr, temp, ritmlarni amlaiy kuylash orqali mustahkamlash.


    1. Ovoz sozlash va qo’shiq kuylash qoidalariga oid bilimlarni egallash.

    2. Musiqa ijodkorlari “Kompazitor”. “ijrochi”, “tinglovchi” larni aniq ajrata bilish, mavzuning mazmuni va o’rganiladigan asarning ijrochilik an’analari

    (xalq kuy – qo’shiqlari, bastakorlik, kompazitorlik, zamonaviy, tarixiy, mahalliy uslublarga tegishliligi, mumtoz va maqom sirasiga mansubligi) haqidagi ma’lumotlar ushbu faoliyat negizida amalga oshadi.

    1. Musiqa ostida ritmik harakat bajarish va bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish (musiqiy ijodkorlik) faoliyatida o’quvchilarda deyarli musiqiy psixologik xususiyatlarni barchasi shakllanadi. Chunki, bu faoliyatda ular o’zlari bevosita musiqiy asarga jo’r bo’ladilar. Avval ular musiqiy asarni tinglab ko’radilar, (musiqiy idrok) bu esa musiqaning ritmik ko’rinishini eslab qolishni (musiqiy xotira), qaysi asbobda jo’r bo’lsa yaxshi jaranglashini (musiqiy did), va tanlashni taqazo etadi.

    Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish eng qiziqarli mashg’ulot bo’lib, bolalar cholg’u asboblarining jonli tovushli o’yinchoqlar sifatida har bir o’quvchini qiziqtiradi. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish faoliyatida o’quvchilarda ijodkorlik va musiqiy o’quv qobiliyatlari rivojlantiriladi.
    Musiqa madaniyati darslarida bolalar asboblaridan foydalanish yaxshi natijalar berish bilan birga o’quvchilarni darsga intiluvchanligini, qiziqishini, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa darslarida qo’llaniladigan bolalar cholg’u asboblari ikki turga bo’linadi.
    1.Kuychan cholg’ular.
    2.Kuychan bo’lmagan (shovqinli) cholg’u asboblari – Kuychan cholg’u asboblarga metallafon, kselafon kiradi. Kuychan bo’lmagan cholg’u asboblariga doira, oddiy cho’p qoshiqlar, kichik shaqildoqlar, barabanchalar, uchburchak kabilar kiradi. Bolalar cholg’u asboblarda jo’r bo’lish turli metodlar yordamida amalga oshiradi:

        1. Avval bolalar kuyni tinglab, chapak chalish, ritmik jo’r bo’lishlari.

        2. Musiqaga aniq ritmik jo’r bo’lishni aniq bajarganlar, cholg’u asboblarida jo’r bo’ladilar;

        3. Asta – sekinlik bilan, qobiliyati sust rivojlangan bolalar ham to’g’ri ijro etishga intilib, jo’r bo’lish ko’nikmalarini hosil qilib boradilar;

        4. Bolalar cholg’u asboblarida jo’r bo’lish, har gal, har xil cholg’u asboblarida bajariladi.;

        5. Sinf 2 guruhga bo’linadi. 1-guruh chapak va cholg’u sozlarida, 2 – guruh esa ovozda usul berish (bum-bak, baka – bum va hokozo) bilan amalga oshiriladi;

        6. Bolalar cholg’u asboblarida ritmik jo’r bo’lish grafik sxema, chizma, tasvirli ritmik tuzilmalarga qarab chalish ham o’quvchilar ijodkorligini faollashtiradi, musiqiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantiradi.




    1. Boshlang’ich sinflarda ritmik harakatlarni bajarish, o’quvchilarni ritmini his qilish bilan jismoniy rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ovoz apparatlari nozik, diqqat e’tiborlari turg’un bo’lmagan, serharakat, o’yinga moyil, xotirasi, nutqi to’liq rivojlanmaganligi sababli musiqa darslarida faoliyat turlari tez – tez almashinib turilishini taqazo etadi. Musiqaga mos raqs, o’yin harakatlarini bajarish, o’quvchilarning diqqatini jamlashda, xotiralarini mustahkamlashda yaxshi samara beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi:



        • marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqs elementlarini bajarish;

        • mustaqil o’yinlar o’tkazish;

        • musiqaning xarakteriga mos, turli qo’l va tana harakatlarini bajarish:

    Ma’lumki, milliy musiqa madaniyatimizda raqs muhim o’rin tutadi va har bir bola qiziqadi. Raqs harakatlari musiqa darsida o’quvchilar faollashuvini oshiradi. Eng muhimi shundaki, raqs va ritmik harakatlar vositasida bolalarning musiqiy qobiliyati, ritm tuyg’usi shakllanadi. Har bir harakat turini o’qituvchi oldindan belgilaydi va o’zi aniq go’zal ifodali qilib ko’rsatib beradi. Har bir harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so’ngra harakatlarbajarish yaxshi natija beradi.

    Bolalar musiqali o’yinlarga ham juda qiziqadilar. Dars jarayonida bajarilgan har bir harakat turi o’quvchilarni xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o’stiradi, jismoniy sog’lom bo’lishiga ko’maklashadi, diqqatni faol ushlab turishga yordam beradi. Musiqaga mos harakatlar bajarishni darsning har bir faoliyat turida qo’llash mumkin. Bundan maqsad o’quvchilarni musiqaga qiziqishlarini kuchaytirish, musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, dars faoliyatlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, mantiqiy bir butunlikka erishishdan iboratdir. Bu o’rinda musiqa o’qituvchisi o’quvchilar qiziqish va qobiliyatlarini muntazam kuzatib borishi, faoliyatlarini dars mavzusi va maqsadidan kelib chiqib qo’llashi yaxshi natijalarga olib keladi.
    Ko’rinadiki, boshlang’ich sinflarda darslar mazkur besh faoliyatlar tizimida tashkil etiladi. Bu o’rinda eng muhimi darsda o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan tushuncha, bilim, ko’nikma va malakalarga muvofiq ravishlarda faoliyatlardan foydalanish va pedagogik maqsadga to’laroq, samaraliroq erishishdir. Demak, boshlang’ich sinflarda musiqa darslarini o’ziga xos tashkiliy xususiyati, unda qo’llaniladigan har bir faoliyat turi darsning ajralmas mantiqiy bir bo’lagi bo’lib, aniq pedagogik maqsadga qaratilmog’i lozim.
    1.2. Musiqiy qobiliyatlar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari.
    Musiqa bilan shug’ullanish va muayyan natijaga erishish insondan umumiy va maxsus qobiliyatlarning ma’lum bir majmuini (uyg’unligini) talab qiladi. Qobiliyat deganda insonni biror ijtimoiy faoliyat turini muvaffaqiyatli bajarishga layoqatini ifodalaydigan xususiyatlari tushuniladi.
    Pedagogika fanida qobiliyat tushunchasiga – insonni kamol toptirish uning qobiliyatlarini rivojlantirishdir degan metodologik qoidaga amal qilgan holda ta’rif beriladi. Qobiliyat musiqiy faoliyat uchun eng muhim bo’lgan xususiyatlardandir. Chunki, endigina birinchi sinfga kelgan o’quvchilarni tabiiyki musiqiy eshituvi, qiziqishi, xotirasi, diqqati, ovoz imkoniyatlari, eng muhimi qobiliyatlari turli darajada bo’ladi. Musiqa darslarining eng asosiy faoliyatlaridagi pedagogik jarayon o’quvchilarni yaxlit qamrab olish, ularni amaliy ijrochilik layoqatlarini uyg’unlikda, ma’lum bir barqaror tinglik darajasida shakllantirishni taqazo etadi. Bu ayniqsa qo’shiq kuylash faoliyatida yorqin namoyon bo’ladi. Kuylashda sof unisonga erishish, sozlanish, jo’rnavozlik qilish, ansambilikka erishish, turli murakkablikdagi asarlarni butun sinf jamoasini (xor) “bir butun organizm” tarzida ijro etishlariga erishish, o’quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini maksimal darajada yaqinlashtirnish, vazifasini ko’ndalang qo’yadi. Musiqiy qobiliyati yaxshi rivojlanmagan bolalarni musiqiy uquvi “sust” bo’ladi. Bu esa musiqiy eshituv (slux) va musiqiy xotirasini sustlashuviga ham salbiy ta’sirini ko’rsatadi.
    Shu sababli qobiliyatni shakllantirish va rivojlantirish uchun yashirin qobiliyatlarni yuzaga chiqarish uchun mumkin bo’lgan pedagogik faoliyatni tashkil etish zarur. Mashhur pedagog va psixologlar qobiliyatga inson shaxsining o’ziga xos xususiyati sifatida baho berishadi va uni ma’lum faoliyatlar bilan bog’liq holda qaraydilar hamda tegishli faoliyatsiz umuman qobiliyat bo’lmasligi yoki rivojlanmasligi mumkin deb hisoblaydilar. Bu holni musiqa yo’nalishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Ayrim o’quvchilarni musiqiy iqtidorlariga baho berganimizda (musiqiy o’quvi – eshitish, xotirasi, ijrochilik mahorati, o’z taassurotlarini ifodali qilib so’zlab berishi va hokozolar) “qobiliyatli” degan iborani qo’llaymiz. Ovozi tonga tushmaydigan (musiqiy eshituvi “sluxi” - sust), qo’shiq ohangini, aytim yo’lini tezda o’zlashtirmaydigan (musiqiy uquvi – xotirasi sust) hamda o’z fikrlarini mazmunli ifoda etaolmaydigan o’quvchilarga nisbatan “qobiliyatsiz” iborasini ishlatamiz. Qobiliyatlilik va qobiliyatsizlik esa bola shaxsi shakllanishining juda ko’p psixologik va fiziologik omillariga bog’liqdir. Bunda irsiyat, oila muhiti, bola ulg’aygan atrof – muhit, ijtimoiy sharoitlar muhim o’rin tutadi. Inson umuman olganda butkul “qobiliyatsiz” bo’lishi mumkin emas. Har bir shaxs u yoki bu darajada qobiliyatga ega bo’ladi. Bu sifat har bir shaxsda turli darajada zohir bo’ladi. O’z qobiliyatini yaxshi namoyon etaolmaslik ham insonning psixologik holatini natijasi bilan bog’liqliq bo’lishi mumkin. (hayajonlanish, dovdrab qolish, o’ziga ishonmaslik kabi holatlar). Bunday vaziyatlarda o’qituvchi – pedagog bola shaxsini yashrin qobiliyatini yuzaga chiqarishga harakat qilmog’i lozim bo’ladi. Shaxsning yashirin qobiliyatlariga uning o’ziga xos xususiyatlari sifatida qaralganda bu xususiyatlar uning yanada kamol topishiga, ya’ni musiqiy qobiliyatini rivojlanishiga asos bo’ladi.
    Musiqa mashg’ulotlari bola shaxsining psixik faoliyati namoyon bo’lishining o’ziga xos shakllaridan biri ekanligi sababli musiqa pedagogikasi umumiy pedagogika hamda fiziologiya fanlarining ilmiy yutuqlari va xulosalariga tayangan holda ish tutmoqni ma’qul topadi.
    Ta’lim bilan rivojlanish o’rtasidagi bog’liqlik murakkab bo’lib, o’quvchilar ma’lum bir faoliyatdagi (musiqiy) kerakli malaka, ko’nikmalarni u yoki bu elementlarini o’zlashtirish ularni qobiliyatlari darajasini darrov oshirib qolmaydi. Qobiliyatlarni rivojlanishi o’qituvchining ta’lim jarayonini qanday boshqarish, tashkil etishiga, qolaversa har bir bolani individual o’rganib, shunga ko’ra ularga pedagogik yondashuvlariga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha musiqiy qobiliyatlarni rivojlantiraolmaydigan, hatto, ularni rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan saviyadagi darslar olib boriladi. Bu ko’pincha musiqa pedagogikasi va metodikasidan yetarli bilim va malakaga, tajribaga ega bo’lmagan o’qituvchilarda kuzatiladi. Ta’lim jarayonida bolani musiqiy qobiliyatlarini o’sishiga yordam beradigan ish shakllari, usul va vositalarni tanlash, ularni mahorat bilan qo’llash uchun bola shaxsining individual xususiyatlarini yaxshi o’rganish, bilish kerak.
    Ma’lumki, musiqiy qobiliyatlar barvaqt, ko’pincha bolalar musiqa bilan maqsadga muvofiq ravishda shug’ullanishni boshlashdan ancha ilgari yuzaga keladi. Shunga asosan bolalarni musiqa bilan shug’ullanish jarayonida “qobiliyatli” va “qobiliyatsiz” deb farqlanadi. Lekin, ayrim olimlarning tadqiqotlari va tajriba ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim jarayonida insonda bo’lmagan qobiliyatlarni ham rivojlantirish mumkin ekanligi dalillangan. Shunga ko’ra biz har bir bola musiqa bilan shug’ullanishi lozim, binobarin musiqiy qobiliyatni faqat musiqa mashg’ulotlarining maqsadga muvofiq va izchil tizimi orqali shakllantirish va rivojlantirish mumkin deb hisoblashga haqlimiz.
    Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf musiqa darslarida ayrim musiqiy uquvi, ya’ni, “qobiliyati” sust o’quvchilarni musiqiy qobiliyatini rivojlantirish uchun ularni avvalo yaxshi o’rganish lozim. Bu bolada ko’pincha qo’shiq kuylash, bolalar cholg’u asboblarida chalish, musiqaga ritmik jo’r bo’lish, musiqaga mos harakatlar bajarish jarayonida namoyon bo’ladi.
    Musiqiy qobiliyatlari muammosini tahlil qilishda avvalo, ular o’zaro bog’liq, bir – biridan ajralmagan holda mavjud bo’lmaydigan sifatlarni keng majmusidan iboratligini aytish lozim. Musiqiy qobiliyatlarga musiqani anglash, tasavvur etish, musiqani tinglay olish, muayyan badiiy mazmunni ko’z oldiga keltirish, kuylashda tovushni aniq intonasiya qilish, ritmni his qilish va maxsus ijrochilik bilan bog’liq xususiyatlar kiradi. Bu xususiyatlarni birortasi ta’lim jarayonida “passiv” namoyon bo’lar ekan, bu bolani o’z qobiliyatini yaxshi namoyon qilaolmaganligi yoki shu yo’nalishda “qobiliyati” rivojlanmaganligidan dalolat beradi. Shunday hollarda musiqa o’qituvchisi har bir bolani musiqiy qobiliyatlarini yaxshi o’rganib borishi, ulardagi o’zgarishlarni maxsus daftarchaga qayd etib borishi lozim bo’ladi. Musiqa darslarida o’quvchilarni musiqa tinglashga, qo’shiq kuylashga, ritmik va raqs harakatlarini bajarish, musiqa cholg’u asboblarida chalishga o’rgatish ularni musiqiy qobiliyatlari kuzatiladi. Shunga ko’ra bolalar bilan individual yoki ularni turli darajadagi guruhlarga bo’lib ish olib borish samarali ish shakllaridan hisoblanadi.
    Tabiatan berilgan nasliy qobiliyatni inkor etmagan holda shuni aytish joizki,xar bir jismonan sog’lom bolada musiqiy idrok, musiqiy eshitish, ijrochilik qobiliyatini shakllantirish mumkin. Bu jarayonda bolaning nasliy yoki tabiiy qobiliyati emas, o’qituvchining kasbiy mahorati, darsda qo’llaydigan metodikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, bir xil sharoitda, masalan, musiqa darslarida bir sinfda, bir o’qituvchida ta’lim – tarbiya olayotgan o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi har xil bo’ladi. Shuning uchun insonni xarakteri, psixologik, fiziologik imkoniyatlari, qiziqishlarining shakllanish jarayoni juda murakkabdir. Pedagogika fani shu tufayli musiqa o’qituvchilaridan har bir o’quvchining individual xususiyatlarini, musiqiy eshituvi, xotirasi, amaliy ijrochilik xususiyatlarini o’rganib borish, har bir darsda ularni hisobga olgan holda mashg’ulotlarni tashkil etishni talab qiladi.
    Bu musiqa darslarida alohida e’tiborga molik, chunki, musiqa mashg’ulotlarining sifat darajasi o’quvchilarni jamoaviy ijrochilik jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi.
    Musiqiy qobiliyat o’quvchi – yoshlarning ko’proq musiqiy eshituvini rivojlanganligi bilan izohlanadi. Chunki, musiqiy eshituvi (sulxi) rivojlangan bolalarni musiqani idrok etish, xotirasida saqlab qolish layoqatlari shunga mos tarzda shakllanadi. Musiqiy eshitish qobiliyati absolyut va solishtirma bo’lib, absolyut eshitish, idrok, tasavvur, diqqat, hotira kabilar bilan uyg’unlikda insonda tug’ma bo’lib, bunday qobiliyatga ega bo’lgan shaxs yoshligidan musiqiy ohang, tonallik, usullarni tez va oson ilg’ab, qaytarib beraoladi.
    Solishtirma qobiliyatga ega bo’lganlar esa asosan eshitgan musiqa asari tonalligini aniq, o’z ovozida aniqlay olmasliklari bilan ajralib turadi. Musiqa darslarida aksariyat hollarda eng qiyin malakalardan biri ham ayrim o’quvchilarda absolyut eshitish qobiliyatini yaxshi rivojlanmagani hisoblanadi. Bunday bolalar ayniqsa qo’shiq kuylash paytida o’qituvchiga jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Ularni ovozini sozga, ansambllikka uyg’unlashmasligi (tonga tushmasligi) jamoaviy ijro sifatida salbiy ta’sir ko’rsatadi.
    Musiqali eshitish qobiliyati tashqi eshitish qobiliyati va ichki eshitish qobiliyatlaridan iborat bo’lib, tashqi eshitish qobiliyatlari bu eshitgan musiqani qabul etish bo’lsa, ichki eshitish qobiliyati esa musiqani eshitmasada, fikr yuritish, notani ko’rib, eshitganday musiqadan ta’sirlanish xususiyatiga egalikdir. Bu o’rinda musiqa o’qituvchisining vazifasi o’quvchi – bolalarning ichki eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun ish olib borishdan iborat bo’ladi. O’quvchini eng avvalo diqqat bilan musiqani tinglashga o’rgatish bu o’rinda eng samarali usullardan hisoblanadi.
    Esda saqlash va ko’z oldiga keltirish, mustaqil holda ovozlarni (musiqiy tovushlarni) musiqiy obrazlarni his etish, tushunish, idrok etishga o’rgatish orqali musiqiy qobiliyatni rivojlanishiga erishish mumkin.
    Maktabda o’quvchilarga qo’shiq o’rgatishga kirishishda birinchi navbatda musiqiy qobiliyati eng avvalo uni “musiqiy eshituvi”ni tekshirishdan boshlanadi.
    Umumta’lim maktablari musiqa madaniyati darslarining jamoaviy ijrochilik jarayoni o’quvchilarni eng muhim musiqiy qobiliyatlaridan musiqiy eshituvni rivojlantirish eng o’tkir vazifalardan hisoblanadi. Chunki, musiqiy eshituv, asarni idrok etish, xotirada saqlab qolish, nazariy bilimlarni amaliyotda ifoda etish mana shu jarayonda yorqin namoyon bo’ladi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, musiqiy qobiliyatlar majmuini (tinglash, kuylash, notaga qarab o’qish, eslab qolish, cholg’uchilik) o’quvchilarda shakllantirib borish musiqa sohasidagi barcha mutaxassislar uchun birdek zarur. Chunki, bu qobiliyatlarni yaxshi rivojlanmaganlik holatlarini ba’zan katta yoshdagilar, jumladan kolllej va oliy o’quv yurtlari talabalari orasida ham uchratish mumkin. Musiqa pedagogikasi va psixolog olimlarning ilmiy – tadqiqotlarida umuman qobiliyatsiz kishi bo’lmasligi, lekin, ayrim kishilarda ularni erta yoshdan yorqin namoyon bo’lishi (tug’ma iste’dod sifatida baholashda) yoki aksincha ayrimlarda ularni “sust” rivojlanishi haqida fikrlar bildirib o’tilgan. Bular juda murakkab psixologik omillar bilan bog’liq bo’lib, ba’zan insonlar o’zida mavjud qobiliyatlarni ham ko’pchilik oldida. Shuningdek, dars jarayonida namoyon qilaolmaslik holatlari uchraydi. Bunga ba’zi insonlarda (o’quvchilarda) tortinchoqlik, ko’pchilikni oldida “sust” bosish, uyatchanlik, o’z-o’ziga ishonch hissini yaxshi rivojlanmaganligi kabilar sabab bo’ladi. Bunday vaziyatlarda musiqa o’qituvchilari pedagoglik bilan bir qatorda yuqori darajadagi psixolog – pedagog bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi har bir bolani doimiy ravishda individual tarzda sinchklab o’rganib borishi, ulardagi qobiliyatlarni aniqlash, ruyobga chiqarish, o’rinli usul va vositalarni qo’llab ish tutishi, o’quvchida avvalo o’z – o’ziga ishonch hissini tarbiyalash, uni rag’batlantirish, sahnaga, ko’pchilik oldiga takror va takror chiqarish muhim rol o’ynaydi. Musiqa mashg’ulotlarini pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri tashkil qilinishi, uyushtirilishi, darslarni qiziqarli, turli metod, usul, ko’rgazmali va texnik vositalardan unumli foydalanib o’tkazish o’quvchilarda darsga qiziqishlarini oshishiga olib keladi. Qiziqish esa o’z navbatida bolalarda uni o’rganish, kuylash, nazariy va amaliy ijrochilik ko’nikma va malakalari yetarli darajada o’rganishga xoxish – istak, rag’batni kuchayishiga sabab bo’ladi. Aynan mana shu omillar ularning musiqiy qobiliyatlari shakllanishi jarayonini tezlashuviga ham samarali ta’sir ko’rsatadi.


    Download 0.84 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0.84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Musiqa fanida o'quvchilar bilan individual ishlash metodlarstrreplA: Kirish

    Download 0.84 Mb.