• 1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar. 2. Kanal sathi xizmatlari: - Bitli oqimlarni kadrlarga o‘zgartirish (framing). - Fizik adreslash (MAC
  • Mustaqil ish Mavzu: Kanal sathida tartibsiz rejim hujumlari




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana15.05.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #234810
    Bog'liq
    Mustaqil ish Mavzu Kanal sathida tartibsiz rejim hujumlari



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
    Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti 
    Fan:Tarmoq havfsizligi
     
     
    Mustaqil ish
     
     
    Mavzu:Kanal sathida tartibsiz rejim hujumlari

     
    Guruh: 212-20

    Topshirdi: Raimov Jasurbek 
    Tekshirdi: Fayziyeva Dilsora 
     


    Reja:
    1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
    2. Kanal sathi xizmatlari:
    -
    Bitli oqimlarni kadrlarga o‘zgartirish (framing). - Fizik adreslash (MAC 
    addressing).
    -
    Oqimlarni nazorat qilish (flow control).
    -
    Xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access 
    control).
    -
    LLC va MAC.
     
    1. Kanal sathi bo‘yicha umumiy tushunchalar.
    Kanal sathi OSI modelining qo‘yidan ikkinchi sathi bo‘lib, u fizik sathidan 
    kelayotgan (yoki kanal sathidan kelayotgan kadrlarni deb ham izohlab ketsa bo‘ladi. 
    Biz fizik sathdan kelayotgan oqimlar ketma ketligi bo‘yicha jarayonlarni izohlab 
    ketamiz) bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi yoki tarmoq sathidan 
    kelayotgan paketlarni avval kadrlarga o‘zgartirib fizik sathga uzatadi. OSI etalon 
    modelining sathlari ma’lumotlarni bir nuqtadan ikkinchisiga uzatishda bir-biri uchun 
    xizmat qiladi va umumiy vazifalarni o‘ziga tegishlisini amalga oshiradi. Odatda OSI 
    sathlari ma’lum darajadagi vazifalarni bajarashi oldindan belgilab qo‘yilgan.
    Kanal sathi ingliz tilida yozilgan adabiyotlarda Data Link Layer termini bilan ataladi. 
    Fizik sathdan farqli kanal sathidagi tarmoq qurilmasi bit oqimlarni qabul qilib 
    olganidan keyin foydalanilayotgan protokolga mos ravishda kadr ko‘rinishiga 
    o‘zgartiriladi. Agar tarmoq qurilmasi simli muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa 
    yoki simsiz muhitdan bit oqimlarni qabul qilib olsa turli xil kadr formatiga 
    o‘zgartiradi. Misol uchun 10Base Ethernet, 100Base Ethernet, 1000Base Ethernet, 10 
    000Base Ethernet yoki Wi-Fi (a, b, c, d, e standartlari) texnologiyasining turli 
    modellarida bit oqimlari turli xil ko‘rinishdagi kadr formatlariga o‘zgartiriladi. Shuni 
    alohida ta’kidlash lozimki, optik signallar ko‘rinishida uzatilgan ma’lum tezlikli va 
    chastotali bit oqimlari qabul qiluvchi qurilma ham o‘sha parametrli signalni o‘qiy 
    olishi lozim. Shunda uzatgich va qabul qilgich bitta standartda ishlashi mumkin.


    O‘z navbatida kanal sathida ishlatiladigan qurilma va protokollar fizik sathdan 
    kelayotgan bit oqimlarini kadr ko‘rinishiga keltirib, kadrlarni paket ko‘rinishiga 
    o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish jarayoni kanal sathining OSI modelidagi asosiy 
    vazifalardandir, 12.1-rasm. Shunda kanal sathining quyi qismi bit oqimlari bilan 
    ishlasa, yuqori qismi patkelar bilan ishlaydi. Kanal sathida uchta asosiy jarayon 
    amalga oshiriladi: bitlarni qabul qilib olish va kadrga o‘zgartirish; kadrlarga ishlov 
    berish; kadrlarni paketlarga o‘zgartirib tarmoq sathiga uzatish.
    12.1-rasm. Fizik sath bit oqimlarini kanal sathiga uzatib kadrga o‘zgartirilish
    Kanal sathida kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayonidan tashqari fizik adreslash 
    (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), xatoliklarni nazorat qilish 
    (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) kabi muhim jarayonlar 
    amalga oshiriladi. Har bir sathda ma’lumotga ishlov berish jarayoni yakunlanganidan 
    keyin, sathni sarlovhasi umumiy sarlovhaga qo‘shiladi. Sarlovhani qo‘shishdan 
    maqsad, qabul qiluvchi tomon kanal sathi uzatuvchi tomonidan kelayotgan kadr 
    sarlovhasi bo‘yicha ma’lumotga ishlov beradi. Yuqoridagi jumlani hayotiy misol 
    bilan izohlaymiz. Har bir mamlakat fuqarosi pasport kabi o‘zini tasdiqlovchi hujjatga 
    ega bo‘ladi deb tasavvur qilaylik. Fuqaro mamlakatning boshqa hududiga ko‘chib 
    o‘tsa, o‘sha hududdan ro‘yxatdan o‘tishi lozim va bu ro‘yxatdan o‘tganligi pasport 
    (kompyuter)da qayt etiladi. Chet elga chiqish uchun o‘sha fuqaro pasport 
    buyurosidan chetga chiqish to‘g‘risida ro‘yxatdan o‘tishi va pasportiga qayt etilishi 
    lozim. Qaysi mamlakatga bormoqchi bo‘lsa, o‘sha mamlakatga tegishli bo‘lgan 
    elchixonaga murojaat qilib chiqish uchun ruxsat oladi va pasportiga viza uriladi.
    Fuqaro mamlakatning boshqa joyiga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa va zarurat yuzasidan u 
    fuqaroni tekshirish kerak bo‘lsa, nazoratchilar uning pasportidan ro‘yxatdan 
    o‘tganligini tekshiradi. Xuddu shunday chet mamlakatga viza olgan va o‘sha 
    mamlakatga kiruvchi fuqaroning pasportidagi ruxsati (OVIR) va vizasi tekshiriladi, 


    yashash manzilida ro‘yxatdan o‘tganligi bo‘yicha tekshirilmaydi. Bitli oqimlar va 
    kadr holati ham aynan yuqoridagi misolimizga o‘xshab ketadi. Fizik sathdagi qurilma 
    faqat bitli oqimlar bilan ishlaydi va ularni kanal sathiga uzatadi. Kanal sathi ham o‘z 
    navbatida bitli oqimlarni qabul qilib kadr ko‘rinishiga o‘zgartiradi va kadrlar bilan 
    ishlaydi. Keyingi sath tarmoq sathi bo‘lib, unda kanallar paketlarga o‘zgartiriladi va 
    tarmoq sathida paketlarga ishlov beriladi. Shunday qilib tarmoqdagi ikki qurilma 
    o‘ratasidagi ma’lumot almashishdagi barcha barayonlar OSI modelida sathlar 
    bo’yicha bo‘linib amalga oshiriladi. Kanal sathida esa kadrlarga o‘zgartirish 
    (framing), fizik adreslash (MAC addressing), oqimlarni nazorat qilish (flow control), 
    xatoliklarni nazorat qilish (error control) va kirishni nazorat qilish (access control) 
    vazifalari amalga oshiriladi. Kadrlarga o‘zgartirish (framing) jarayoni yuqorida ko‘rib 
    chiqildi, quyida qolgan vazifalar bilan tanishib chiqamiz.
    2. Kanal sathi tomonidan taqdim etilgan xizmatlar
    Tarmoq sathi transport sathidan segmentlarni qabul qilib olganidan keyin, uning 
    asosiy vazifasi sigmentlarni paketlarga o’zgartirish va heterogen tarmoqlar bo’ylab 
    hosil bo’lgan paketlarni mashrutlashdan iborat. Tarmoq sathida paket mantiqiy 
    adreslanadi. Shuning uchun paketning sarlavhasida uzatuvchi va qabul qiluvchining 
    manzillari joylashtiriladi. Internetda TCP/IP modelining Internet protokoli (IP) OSI 
    modelining tarmoq sathida muqobil hisoblanadi. Tarmoq sathida marshrutizatorlar 
    IP-paket sarlavhasidagi IP-manzillar asosida paketlarni qabul qiluvchi tomn 
    yo'naltiradilar:
    12.2-rasm. Paketning umumiy blok sxemasi
    Marshrutizatorlar paketni tarmoq bo’ylab jo’natishdan oldin, ularni kadr ko’rinishiga 
    keltiradi va keyin bitli oqimga o’zgartirib tarmoq bo’ylab uzatadi. Kadr
    – kanal sathi bo’ylab uzatiladigan ma’lumotlar birligi hisoblanadi.
    Kanal sathi sarlavhasi va uzatilayotgan ma’lumotlar birlashib umumiy kadrni hosil 
    qiladi. Kadrning ma’lumotlari qismi aynan tarmoq sathidan kelayotgan paketlar. 
    Boshqacha qilib aytganda, kadr tarmoq sathidan kelayotgan paket o’z ichiga oladi.


    Kadrni uzatuvchi va qabul qiluvchi adreslari fizik adres deyiladi yoki MAC (media 
    access control) adresi ham deyiladi. Shunday qilib, kadrning sarlavha qismi quyidagi 
    ko’rinishdagi fizik adreslarni o’z ichiga.
    12.3-rasm. MAC yoki fizik adres
    Kanal sathining yana bir asosiy vazifalaridan biri fizik sathdan kelayotgan oqimlarni 
    bit sifatida qabul qilganligi sababli, ularni xatosiz uzatishni kafolatli ta’minlashdir. 
    Shunday qilib, ushbu sath har qanday yuzaga kelgan xatoliklarni imkon qadar erta 
    aniqlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boshqa qatlamlardagi 
    ma’lumotlardan farqli o’laroq, xatolarni tuzatish uchun kadrlarni tekshirish ketma-
    ketligini (FCS) o’z ichiga olgan treyler qismini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, flag 
    kadrlarning boshi va oxirini belgilaydi.
    Ethernet protokoli OSI modelining kanal sathi protokoli bilan chambarchas bog’liq 
    bo’lib, odatiy Ethernet kadr sarlavhasi Ethernet protokoli versiyasiga bog’liq bo’lgan 
    maydonlardan tashqari uzatuchi va qabul qiluvchining MAC adreslarini o’z ichiga 
    oladi. Bundan tashqari, xatolarni tuzatish baytlari ma’lumotlarni kuzatib boradi:


    12.4-rasm. Ethernet 802.3 va Ethernet 802.11 kadr strukturalari
    Ushbu format Ethernet kadr deb ham nomlanadi. Ethernet header (Ethernet sarlovha) 
    - 14 bayt, IP header (IP sarlovha) - 20 bayt, TCP header (TCP sarlovha) 20 - bayt, 
    Payload – 6 baytdan 1460 baytgacha va CRC (Cyclic Redundancy Check) - 4 bayt 
    joyni egallaydi. Formatning har bir sarlovha maxsus ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan 
    bo‘lib, ma’lumotni uzatuvchidan qabul qiluvchiga yetib borishini ta’minlaydi.
    Ethernet kadr - Ethernet sarlovha uzatish muhiti haqidagi, IP sarlovha IP adres 
    haqidagi, TCP sarlovha TCP protokoli uchun foydalanilgan transport protokoli va 
    port nomerlari haqidagi, Payload uzatish uchun yuklangan ma’lumot (video, tasvir, 
    matn va h.k.) haqidagi va CRC uzatilayotgan ma’lumotni qabul qilishda tekshirish va 
    yo‘qotishlarsiz tiklash uchun nazorat summasi (checksum) haqidagi ma’lumotlardan 
    tashkil topadi.
    Ethernet kadr aynan an’anaviy pochta orqali uzatilayotgan uzatmaga o‘xshab ketadi. 
    Bunda uzatuvchining narsasi (misol uchun to‘y suratlarini oilasiga uzatayapti deb 
    tasavvur qilsak), tezkor yoki oddiy xizmatlardan biri orqali uzatilishi mumkin. 
    Uzatilayotgan uzatma qandaydir pochta qutisiga joylashtiriladi va qutida 
    uzatuvchining uy manzili (fizik adresi) va qabul qiluvchining uy manzili ko‘rsatiladi. 


    Uzatishdan oldin mas’ul pochtani manzili ko‘rsatiladi. Har safar tuman, shahar va 
    viloyat va viloyatlar aro uzatma qabul qilinganida va uzatilganida qabul qiluvchi va 
    uzatuvchi pochta manzillari uzatmaga belgilab qo‘yiladi. Ethernet kadrida uzatish 
    muhitining sarlovhasi, IP sarlovha va foydalanilgan protokollarning sarlovhalari 
    ko‘rsatib ketiladi.
    Kanal sathining yana bir muhim vazifalaridan biri - fizik adreslash (MAC addressing) 
    bo’lib, fizik adreslashda qabul qiluvchi qurilmaning fizik adresi uzatilayotgan 
    ma’lumotga qo’shib yoziladi. Bu orqali esa qabul qiluvchi qurilma kelayotgan 
    ma’lumotni MAC adresi bo’yicha qabul qiladi. Ya’ni ma’lumki LAN switch 
    qurilmasidagi fizik portlarning soni unga ulangan qurilmalarning soniga teng.
    Har bir port o’ziga ulangan qurilmaning MAC adresini switchning MAC jadvaliga 
    saqlaydi. Shunda 12ta portli switch qurilmasida 12ta tarmoq qurilmalari ulanadi.
    Ushbu switch kelayotgan ma’lumotni aynan MAC jadval orqali qaysi kompyuterga 
    uzatilishi kerakligini MAC adresi orqali aniq bilib oladi, 12.5-rasm.
    12.5-rasm. MAC adresi bo’yicha ma’lumotni uzatish
    Shuningdek, kanal sathi bo’ylab ma’lumotlarni bir qurilmadan ikkinchisiga 
    uzatishda, oqimlarni boshqarish xizmati ham ushbu sathda mavjud. Oqimni 
    boshqarish - bu har xil tezlikda ishlaydigan ikkita stantsiyaning bir-biri bilan aloqa 
    qilishiga imkon beruvchi texnikadir. Bu tezkor jo’natuvchi sekin qabul qiluvchini 


    bosib ketmasligi uchun jo’natuvchi yuboradigan ma’lumotlar miqdorini tartibga 
    solish uchun ko’rilgan chora-tadbirlar majmuidir.
    12.6-rasm. Kanal sathida oqimlarni boshqarish
    Shu bilan bir kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish (error control) xizmati 
    mavjud bo’lib, bunda uzatish paytida buzilgan yoki xato ma’lumotlarni kadrlarini 
    aniqlash va tuzatish jarayoni amalga oshiriladi. Yo’qolishlarga uchragan yoki 
    buzilgan kadrlar aniqlansa, qabul qiluvchi bunday noto’g’ri ma’lumotlar kadrini 
    qabul qilmaydi, 12.7-rasm.


    12.7-rasm. Kanal pog’onasida xatoliklarni boshqarish jarayoni
    Kanal sathi ikkita ichki sathlarni o’z ichiga oladi: mantiqiy kanal boshqaruvi (LLC) 
    va media kirishni boshqaruvi (MAC).
    12.8-rasm. Mantiqiy kanal boshqaruvi (LLC)


    LLC - protokollar, oqimlarni boshqarish va xatolarni boshqarish bilan shug’ullanadi. 
    Kanal uchun mantiqiy bog’lanishni ta’minlaydi. Shuningdek, protokollar, oqimlarni 
    boshqarish va xatolarni boshqarishdan tashqari kanal sathida sinxronizatsiya jarayoni 
    ham amalga oshiriladi, 12.8-rasm.
    Media kirishni boshqarish - bu tarmoq kabeli orqali ikkita kompyuter terminali 
    o’rtasida ma’lumotlar qanday uzatilishini aniqlaydigan tarmoq siyosati hisoblanadi. 
    Shuningdek. MAC protokollari bir nechta qurilmalarning umumiy media tarmog’iga 
    kirishiga ruxsat berish uchun metodologiyani ta’minlaydi. LAN tarmoqlarini ishlab 
    chiqilguniga qadar qurilmalari o’rtasidagi aloqa nuqta-nuqta
    (point-to-point) ko’rinishida bo'lgan. Ya’ni, ikki mustaqil qurilma maxsus ajratilgan 
    kanal orqali ulangan. Hozirgi kunda LAN tarmoqlarida bir nech o’nlab yoki yuzlab 
    kompyuterlarni borligini hisobga olsa, MAC adres orqali qabul qiluvchi tarmoq 
    qurilmasiga yetkazib berish juda ham qulay echim hisoblanadi, 12.5-rasm.

    Download 0,61 Mb.




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish Mavzu: Kanal sathida tartibsiz rejim hujumlari

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish