O’zbekiston Respublikasining qurolli kuchlari tizimida amalga oshirilgan
islohotlar
Hozirgi davrda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug’dirayotgan narsa - bu
terrorizm bo’lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va
qurbonlar berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo’llari haqida Birinchi
Prezident o’zining bir qator nutqlarida to'xtalgan.
Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta,
bunda davlat asosiy rol o’ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va
xavfsizlikni ta‘minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil
qilinadi. Bu ishga fuqarolar o’rgatiladi, ko’niktiriladi.
O’zbekistonda «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» maxsus qonun mavjud bo’lib, unda
fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog’liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal
qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta‘minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf
etish choralarini oldindan ko’rish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun
mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo’lajak xavf-xatarlarni o’rganish, tadqiq qilish
maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta‘minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat
organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o’ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog’liq barcha
masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta‘minlaydi, shunga mas‘uldir.
Mudofaa, mamlakat xavfsizligi doimiy e‘tibordagi masala. Keyingi vaqtlarda
jahondagi bo‗layotgan voqealar ham buning dalilidir. O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Shu o’rinda yana
bir masala — mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy-
jangovar holati, askar va ofitserlarning ma‘naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi
tez o’zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganini qayd etish lozim” - deb
qilinadigan ishlarni belgilab berdi.
2018-yil
9-yanvardagi
«O’zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi
to’g’risida» gi Qonun mamlakat mudofaasini hozirgi kun talablariga javob berishini
ta‘minlashga qaratilgandir.
Unda qayd qilinishicha, O’zbekiston Respublikasi Doktrinasi mudofaa xususiyatiga
ega. Mamlakatimiz hech bir mamlakatni o’zining dushmani deb hisoblamaydi. Shunday
mamlakatlar borki, o’z doktrinalarida aniq bir davlatlarni o’zining dushmani deb
ko’rsatib qo’ygan. O’zbekiston bunday yo’l bilan bormadi va barcha mamlakatlar bilan
munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro
huquqning umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o’zaro
naf ko’rish, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo’li bilan hal
qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning tan olish asosida qurishni belgilab oldi.
2018-yildan boshlab «Milliy xavfsizlik xizmati» tubdan islohot qilishga kirishildi.
2018-yil 14-martdagi Prezident Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati, ―Davlat
xavfsizlik xizmati‖ga aylantirildi.2018-yil 5-aprelda “O’zbekiston Respublikasida
Davlat xavfsizlik xizmati to’g’risida” Qonun qabul qilindi.
Sobiq Ittifoq davlati, SSSR o’zining ko’plab salbiy jihatlari bilan birga, eng kuchli
qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida, jumladan,
O’zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo’lib, SSSR tugatilganidan so’ng Qurolli
Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo’lib, turli tahdidlar kuchayib borayotgan
vaqtda O’zbekistonning o’z mudofaa vazirligini va joylarda qo’mondonlik tuzilmalarini
shakllantirish o’z vaqtida qabul qilingan va to’g’ri bo’lgan qaror edi.
Chunki mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog’liq bo’lib, ularni
saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Undan keyingi muhim qadam Qurolli Kuchlarning mavjudligi, vazifasining
Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo’ldi.
Natijada, Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning
ahamiyatini ko’rsatadi. Konstitusiyaviy norma orqali nima uchun qurolli kuchlarni
tashkil qilish kerakligi va ularning vazifasi aniq belgilandi. Demak, Qurolli Kuchlarning
Konstitutsiyaviy vazifasi:
- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;
- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda tuziladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan “Mudofaa to’g’risida” gi
Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish
vazifasi ham yuklatilgan (Qonunning 6-moddasi).
Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar,
qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo’ladi.
Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o’z faoliyatini qonuniylik, markazlashgan
rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy
intizomga rioya etish asosida tashkil etiladi. Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar
mamlakat xavfsizligini ta‘minlash imkoniyatini beradi.
Qurolli Kuchlar ularning tarkibiy qismlari o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun, ularning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va
inshootlar, qurol-yarog’lar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy
ashyo, mol-mulk berib qo’yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.
Amaldagi Konstitutsiyaning 156-moddasida: “O’zbekiston Respublikasi o’z
xavfsizligini ta‘minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega” - deb
ko’rsatilgan.
Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog’, texnika ashyolar
hamda eng muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O’zbekiston mudofaa
ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.
Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o’tovchi shaxslar faoliyat
ko’rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o’tash uchun Qurolli Kuchlar
safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy maosh
olib ishlovchilar ham mavjud. Ular, asosan, zobitlar va boshqa xodimlardir.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay,
Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga moijallangan
bir qancha harbiy o’quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan jihozlashning
samarali choralari ko’rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada ta‘minlash uchun zarur
mablag’ ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi mudofaani ta‘minlash va xavfning
oldini olish xarakterida tuzildi.
|