Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni
O‘zbekiston armiyasi 2023-yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 145
davlat orasida 62-o‘rinni egalladi. Tegishli reyting Global Firepower xalqaro
kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi.
Reytingda kuchli o‘ntalikni AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya,
Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya, Fransiya va Italiya egalladi. Reyting PwrIndx —
kuch indeksi bo‘yicha tuzilgan, u qanchalik past bo‘lsa, mamlakat shunchalik kuchli
armiyaga ega bo‘ladi. Hozircha hech bir davlat 0,0000 harbiy kuchning maksimal
ko‘rsatkichiga erishmagan. O‘zbekiston 1.0692 indeksini olgan.
Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qudrati bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni olgan:
O‘zbekiston — 62-o‘rin (1.0692 indeks)
Qozog‘iston — 63-o‘rin (1.0873 indeks)
Turkmaniston — 82-o‘rin (1.5986 indeks)
Qirg‘iziston — 107-o‘rin (2.1073 indeks)
Afg‘oniston — 114-o‘rin (2.3118 indeks)
Tojikiston — 120-o‘rin (2.6403 indeks)
Global Firepower reytingini tuzuvchilar ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlar
armiyalarining tank, samolyot, harbiy kema va boshqalar soni haqida batafsil
ma’lumotlarni taqdim etadi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmatni o‘tashga yaroqli inson
resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv
622 ming kishiga to‘ldirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston qurolli kuchlarida 65 ming
kishi xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta
qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta
o‘quv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta
tank, 197 ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta ko‘p raketa tizimi
mavjud.Ma’lumot uchun Global Firepower’ning 2022-reytingida O‘zbekiston armiyasi
54-o‘rinni olgandi.
«Eng bebaho oliy ne’mat – tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga
yetishimiz, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu
ulug‘ boylikni asrab-avaylashimiz lozim. Shu maqsadda yoshlarimizni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga
yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz kerak».
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yaqinda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga
yo‘llagan Murojaatnomasida ushbu chaqiriq baralla yangradi. Davlatimiz rahbari ayni
ezgu maqsadlar ijobati yo‘lida Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish
borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga alohida e’tibor qaratilayotganini
ta’kidladi.
Shu ma’noda, yoshlarimizning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada
ko‘proq ahamiyat berish oldimizdagi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalardandir.
Zero, bugungi globallashuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burchaklarida,
jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, yangi
tahdid va xatarlar bizdan doim ogoh va hushyor bo‘lishni taqozo etmoqda.
Shunday qilib, keyingi yillarda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli tarixan
qisqa davrda O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti va hududiy yaxlitligini,
sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan, tezkor va ixcham
milliy armiya tashkil etildi. Jaloliddin Manguberdi, Sohibqiron Amir Temur, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi buyuk sarkarda bobolarimizning jangovar an’analari munosib
davom ettirilmoqda.
Ushbu shavkatli ajdodlarimiz o‘z zamonasida nafaqat odil hukmdorlar, ayni vaqtda
yengilmas qo‘shinlarning qo‘mondonlari ham bo‘lganlar. Ular harbiy qo‘shinning
kundalik ta’lim-tarbiyasi, jangovarlik holatini ta’minlashga yo‘naltirilgan juda ko‘p
ibratli ishlarni amalga oshirganlar.
Xususan, Jaloliddin Manguberdi Chingizxonga qarshi kurashda qullikdan ko‘ra
o‘limni, mag‘lub bo‘lishdan ko‘ra imon-e’tiqodni yuqori qo‘yib, o‘z qo‘shinidagi
vahima va qo‘rquvni yo‘qota olgan. Shaxsiy namunasi tufayli jasur bobokalonimiz
qo‘shinidagi vatanparvar jangchilarning bemisl qahramonligi insoniyat irodasi va
bardoshining, Vatanga tikilgan jonlarning betakror timsoliga aylangan.
O‘z navbatida, Amir Temur hazratlari harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy
holati bilan shug‘ullanadigan maxsus lavozimlarni joriy qilmagan bo‘lsalar-da, barcha
pog‘onadagi harbiy mansabdorlar o‘z bo‘ysunuvidagi harbiy xizmatchilar ta’lim-
tarbiyasi bo‘yicha ish olib borishini ta’min etganlar.
Natijada Sohibqiron bobomizning jangovar qo‘shini o‘zining strategik va taktik
mahorati bilan o‘sha davrning eng mukammal va kuchli armiyasi hisoblangan. Xususan,
qo‘shinning ruhiy tarbiyasi, qo‘shin tarkibi, boshqaruv shakli, uning jang oldidan saf
tuzilishi va joylashtirilishi yuqori darajada tashkillashtirilgani hatto dushman sinchilari
tomonidan ham e’tirof etilgan.
Milliy armiyamiz tarixi haqida so‘z borganda, 1992 yil 14 yanvardan
mamlakatimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasi
yurisdiksiyasiga o‘tkazilganini ta’kidlash lozim. O‘sha kundan e’tiboran milliy
armiyamizga asos solingan.
Shundan so‘ng 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun yurtimizga o‘z harbiy siyosatini
amalga oshirish huquqini berdi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonot mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini tuzish uchun
huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz mudofaa tizimida keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirildi. Natijada jangovarligi, taktik mahorati jihatidan hech kimdan kam
bo‘lmagan tezkor va ixcham, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlangan
milliy armiyamiz shakllandi.
Islohotlar samarasi o‘laroq, aholi, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida harbiy xizmatning
obro‘-e’tibori yuksak darajaga ko‘tarildi, Vatan himoyachisi bo‘lish har bir yigitning
ezgu maqsadiga aylandi. Bugun harbiy xizmat nafaqat burch, balki sadoqat, matonat va
jasorat maktabi, milliy armiyamiz esa mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va xalqimiz
osoyishtaligining ishonchli kafolatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qurolli Kuchlarning huquqiy maqomi
aniq belgilab berilgan. Asosiy Qonunimizning 52-moddasida mustahkamlab
qo‘yilganidek, “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi
har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki
muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”.
Shuning barobarida, mudofaa hamda umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risidagi qonunlar Qurolli Kuchlarimiz tashkiliy-huquqiy asoslarini o‘zida
mujassam etgan. Shu negizda mamlakatimiz mustaqilligi, xavfsizligi va hududiy
yaxlitligini ta’minlash, barqaror va izchil demokratik taraqqiyotimizning ishonchli
kafolati bo‘lgan milliy armiyamizni yanada takomillashtirish yo‘lida ulkan ishlar
amalga oshirilmoqda.
Bugun dunyoning turli mintaqalarida o‘zaro nizolar, notinchliklar kuzatilayotgan
bir paytda yurtimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surmoqda. Iqtisodiyotimiz barqaror
rivojlanib, xalqimiz farovonligi yuksalib bormoqda.
Istiqlol yillarida bunday yutuqlar hayotimizning barcha sohalarida bardavom bo‘lib
kelmoqda. Bularning barchasi, so‘zsiz, bizning katta baxtimiz. Bunday
muvaffaqiyatlarga erishishda Vatanimiz sarhadlarini tunu kun sergaklik bilan
qo‘riqlayotgan harbiy xizmatchilarimizning munosib hissasi bor.
Haqiqatan ham, milliy armiyamizni takomillashtirish, mamlakatimiz mustaqilligi,
xavfsizligi hamda hududiy yaxlitligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy
himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar tinch, obod va farovon
hayot barpo etishimizda o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatimizda tom ma’noda
zamonaviy qurol-yarog‘, texnika va yetuk harbiy mutaxassislarga ega, eng yuksak
talablarga javob beradigan, yurtimiz hududiy yaxlitligining ishonchli kafolati bo‘lgan
professional Qurolli Kuchlar barpo etildi.
Milliy armiyamiz saflarida xalqimiz farzandlarining sadoqat va fidoyilik bilan
xizmat qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratildi. Binobarin, Vatanimiz sarhadlarini
qo‘riqlash, xalqimiz tinchligi va omonligini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash o‘ta
mas’uliyatli vazifa hisoblanadi.
Yangicha davr harbiylarimizdan nafaqat jismoniy tayyorgarlikka, balki yuksak aql-
idrok, intellektual salohiyat, alohida ma’naviy-ruhiy xususiyat va fazilatlarga ega
bo‘lishni, axborot-kompyuter texnologiyalari sir-asrorini puxta bilishni taqozo etadi.
Shu nuqtai nazardan, mustaqil davlatimiz Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga joriy
etilgan qulayliklar sobiq tuzum davridagidan tubdan farq qiladi.
Vatan oldidagi muqaddas burch harbiy xizmatchidan metin iroda, burchga sadoqat,
yuksak bilimni talab etishi tayin. Boz ustiga, askarlarimiz qulay shart-sharoitga ega
bo‘lsa, bu ularni zimmalaridagi burchni yanada mas’uliyat bilan bajarishga undashi
tabiiydir. Shu ma’noda, harbiylarimizni ko‘rkam turarjoylar bilan ta’minlash yaxshi
yo‘lga qo‘yilgani diqqatni tortadi.
Ayniqsa, keyingi yillarda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan mard va
jasur o‘g‘lonlar hamda ularning oilalari uchun mo‘ljallangan ko‘plab uy-joylar qurildi.
Bunday turarjoylarda yuksak talablar hamda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari
ehtiyojiga javob beradigan qulay ijtimoiy-maishiy sharoitni yaratishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Xulosa
O’zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo’shinlarini va ichki
qo’shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma-bosqich isloh qilish maqsadi
bilan kirdi.
Islohotlarning maqsadi - mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va
ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta‘minlangan Qurolli
Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.
Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma‘muriy birliklar – harbiy okruglar
tuzildi. Soni va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish
vazifasi belgilandi va u amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo’shilma va qismlari
qaytadan joylashtirildi. Bular:
birinchidan, qo’shinlarni boshqarish samaradorligining ancha oshirilishiga;
ikkinchidan, ularning eng muhim strategik yo’nalishlarda ishlashiga;
uchinchidan, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi.
Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional tarkibi
jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi.
Armiyani mustahkamlash - ularni zamonaviy qurollar bilan ta‘minlashga bevosita
bog’liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi.
Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo’yicha olib borilgan va olib borilayotgan
ishlardan chegara qo’shinlari, Ichki ishlar vazirligi qo’shinlari ham chetda qolgani yo’q.
Chunki ular ham mamlakat xavfsizligini ta‘minlashda o’z o’rniga ega.
Bulardan tashqari, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o‗rganib, Qurolli
Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo’g’inlaridan tortib, yuqori bosqichlarigacha
boshqarish tartibi tubdan qayta ko’rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi.
Davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi qurolli
kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirishga alohida urg’u berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga
Murojaatnomasida “mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning
|