tekshirishga vakolatli organlar




Download 123.93 Kb.
bet3/4
Sana02.11.2023
Hajmi123.93 Kb.
#93050
1   2   3   4
Bog'liq
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
file (1), Beton strukturasining hosil bo’lishi va qotish jarayoni, PYTHON satrlar, Xudarganova Maftuna, She\'riy san\'at test, Doc1, Yangibozor
tekshirishga vakolatli organlar — maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishga qonunchilik hujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari;
tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan qonunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlari qanday bajarilayotganligini tekshirishga vakolatli organlarning bir marta nazorat qilishi;
rejali tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish — tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish — maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish.


4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim-tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
5. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini, pedagoglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish;
qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:


tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda uning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan;
er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan qo‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja-jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.



Download 123.93 Kb.
1   2   3   4




Download 123.93 Kb.