• 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida. Umumiy qoidalar
  • Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida




    Download 123.93 Kb.
    bet2/4
    Sana02.11.2023
    Hajmi123.93 Kb.
    #93050
    1   2   3   4
    Bog'liq
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    file (1), Beton strukturasining hosil bo’lishi va qotish jarayoni, PYTHON satrlar, Xudarganova Maftuna, She\'riy san\'at test, Doc1, Yangibozor
    2. Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”


    2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son Farmoniga hamda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil
    30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    a). Quyidagilar:
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
    Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
    Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    b). O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    c). Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin, xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev zimmasiga yuklansin.
    3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida.
    Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti deb ataladi) faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
    2. Ushbu Nizom talablari:
    a) quyidagi davlat organlari va tashkilotlari:
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi;
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
    O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
    O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari;
    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
    tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z bo‘ysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida;
    b) “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
    v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
    g) tergovga qadar tekshiruvlar hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
    d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
    3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

    Download 123.93 Kb.
    1   2   3   4




    Download 123.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha hamda umumta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish ishlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida

    Download 123.93 Kb.