Ekspermintal psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi




Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana12.05.2023
Hajmi452.49 Kb.
#58976
1   2   3
Bog'liq
Eksperemental psixologiya
kurs ishi (9), Salomatova Nasiba B1 sertifikat, ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо (1), 8-mavzu. Bosim datchiklari., algoritmlar va ularning murakkabligi, o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari, Mahmudova Dinora 9
2. 
Ekspermintal psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi
Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda 
vujudga 
keldi. 
Psixologik 
diagnostikaning 
vujudga 
kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet v
a V.Henri (1896); A.Binet va Tb.Simon (1905) laming ishlari katta ahamiyatga 
ega bo’ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o’rganishning yangi statistikaga 
asoslangan quroli – test ishlatila boshlangan. Psixologiyada ilk bor psixometrik 
yo’nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o’lchash metodi 
sifatida qo’llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni. uning reaksiyalarini 
o’rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlarni ishlab 
chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik 
esa kasb tanlash ishlari bilan bog’liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada 
rivojlantirildi. 
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. 
Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorshak (1921)ning «Psixodiagnostika» 
asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika 
tushunchasi individni o’rganadigan barcha metodlar majmuini o’z ichiga oladi. 
Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr 
boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o’rganish yangi metodlari bo’lmish 
proyektiv metodlar bilan bog’langan edi. Proyektiv psixologiya butun shaxsni 
o’rganish mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va 
bixeviorizmga qarshi e’tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshlandi. 
Keyinchalik psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga 
birlashtirilgan (kombinatsiya qilingan) testlar qo’llanila boshlandi. Masalan, aqlni 
o’rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Veksler(1939, 1955)ning 
subtestlari keng tarqaldi. Yangi proyektiv metodlar ham yaratilib, keng 
foydalanila boshlandi. (Amerikalik psixolog G.Murray(1935, 1943)ning Tematik 
Appertseptsion Testi (TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga 
bo’lgan reaktsiyani o’rganish bo’yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnomalar 
(MMRI, 16 PF) keng tarqaldi. 


Rus psixologiyasida diagnostik metodlardan foydalanish o’z tarixiga ega. Bu 
jarayonda shartli ravishda 2 bosqichni ajratish mumkin. 
Birinchi bosqich o’tgan asr 20-yillarining boshidan 30 yillar o’rtasigacha bo’lgan 
davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda pedagogika va psixotexnikada test metodlari 
keng tarqaldi. Bunga bog’liq ravishda pedalogiya – bola haqidagi fan rivojlana 
boshlandi. Uning predmeti – bolalar hayotini o’rganish. irsiyatning rolini, 
jismoniy va ma’naviy taraqqiyot qonunlarini aniqlash, bolalar psixikasida kasallik 
ko’rinishlarini o’rganishdan iborat (K.N.Kornilov, 1917). 
Bu davrda psixologik diagnostikaning rivojlanishiga M.S.Bernshteyn. 
L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.G.Gellershteyn, N.D.Levitov, G.l.Rossolimo, 
P.I.Shpilreyn, A.M.Shubert va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Olimlar 
tomonidan ilgari surilgan qator ilg’or fikrlar keyinchalik rivojlantirilmadi, chunki


1936 yildan keyin bu sohadagi barcha tadqiqotlar to’xtatildi va 
psixodiagnostikaning keyingi rivojlanishiga jiddiy to’siq yuzaga keldi. 
Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy shaxs psixik taraqqiyoti xususiyatlarini 
o’rganishga muhim hissa qo’shdi. Uning ta’limoti insonga xos bo’lgan psixik 
jarayonlar va inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag’ishlandi. Uning fikricha
bolalar psixik taraqqiyoti insoniyat madaniyatni o’zlashtirishi natijasida ro’y 
beradi. Bunda shaxs shakllanishida ta’lim va tarbiya jaravonlari yetakchi rol 
o’ynaydi.. 
Psixologik diagnoz qo’yishning umumiy sharoitlariga aloqador asosiy mezonlarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
psixologik diagnoz insonga xos bo’lgan maxsus hodisa va xususiyatlarni ochib 
berishi kerak; 
har qanday diagnoz oingan natijalarni bayon qilish bilan chegaralanmasligi, u 
yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, keyingi rivojlanishi ham 
namoyon bo’lishi kerak. 



Download 452.49 Kb.
1   2   3




Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Ekspermintal psixologiyaning fan sifatida rivojlanishi

Download 452.49 Kb.
Pdf ko'rish