|
Tarmoqdagi qurilmalarning o’zaro aloqasini boshqarish
|
bet | 4/6 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 396,71 Kb. | | #120512 |
Bog'liq Mustaqil ishTarmoqdagi qurilmalarning o’zaro aloqasini boshqarish
Axborot tizimlari kompyuter tarmoqlari bazasida yaratilgan, u quyidagi vazifalar yechimini hal etadi: ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash, foydalanuvchining ularga kirishini ta’minlash va ma’lumotlarni qayta ishlash natijasini uzatish.
Markazlashgan qayta ishlash tizimida bu vazifalarni markaziy EHM (Mainframe, Host) bajaradi. Kompyuter tarmoqlari ma’lumotlarni qayta taqsimlab, qayta ishlashni amalga oshiradi. Bu holatda ma’lumotlarni qayta ishlash ikki ob’ekt: mijoz va server o’rtasida taqsimlanadi.
Mijoz (kliyent) - vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog’idan foydalanuvchi.
Mijoz ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qiyin ishlarni bajarishi, faylni o’qishi, ma’lumotlar bazasida axborot izlash uchun serverga so’rov jo’natishi mumkin.
Ilgaritdan belgilangan server mijozdan tushgan so’rovni bajaradi. Server hamma foydalanadigan ma’lumotlarni saqlaydi ushbu ma’lumotlarga kirishni tashkil etadi va mijozga ma’lumotlarni beradi.
Mijoz olingan ma’lumotlarni qayta ishlaydi va qayta ishlangan natijalarni foydalanuvchiga qulay ko’rinishda taqdim etadi. Bunday tizimlar uchun mijoz-server yoki mijoz-server arxitekturasi atamasi qabul qilingan.
Mijoz-server arxitekturasidan bir darajali lokal hisoblash tarmog’ida, shuningdek ajratilgan serverli tarmoqda foydalanish mumkin.
Bir darajali tarmoq. Bunday tarmoqda ishchi stansiyalar o’zaro ta’sirini boshqarishning yagona markazi yo’q va ma’lumotlarni saqlash uchun yagona qurilma mavjud emas.
Tarmoq operatsion tizimi barcha ishchi stansiyalar bo’yicha tarqalgan. Har bir tarmoq stansiyasi ham mijoz, ham server vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stansiyalaridan olingan so’rovlarga xizmat ko’rsatishi va o’z so’rovlarini tarmoqqa jo’natishi mumkin. Bir darajali tarmoqning afzalligi: narxi arzon va o’ta ishonchli.
Bir darajali tarmoqning kamchiligi:
Tarmoq ish samaradorligining stansiyalar soniga bog’liqligi;
tarmoqni boshqarish murakkabligi;
axborotni himoyalash qiyinligi;
stansiyalar dasturiy ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi.
Bu xildagi tarmoqlar LAN tastic, NetWare Lite tarmoq operatsion tizim bazasida keng qo’llaniladi.
|
| |