|
Mustaqil ish tekshirdi: Xasanova N. Bajardi: Qodirova Zilola
|
bet | 2/2 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 27,25 Kb. | | #131753 |
Bog'liq atrabotka 1Deduktiv usul, asosan, moliya-iqtisodiy tahlilda qo'llaniladi. Bunda, avvalo, xo'jalik faoliyatini belgilovchi umumiy ko‘rsatkichlar o‘rganilib, so‘ngra ular bo‘laklarga bo‘linadi. Ko'rsatkichlami bo'laklarga bo'lish aslini olganda tahlil demakdir.
Induktiv usul ko‘pincha texnik-iqtisodiy tahlilda qollaniladi, ya’ni avval, ayrim olingan ish uchastkalaridagi ko‘rsatkichlar har tomonlama tekshirilib, so'ngra ana shu aniq ko'rsatkichlardan korxonaning xo'jalik faoliyatini belgilovchi umumlashgan iqtisodiy ko'rsatkichlar darajasiga chiqiladi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil usuli mazkur predmetni o'rganish jarayoniga umumiy jihatdan yondashishdir.
2. Iqtisodiy tahiil usulining eng muhim xususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1) Xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etuvchi texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish va barcha omillarni tekshirishni muntazam va kompleks tarzda o‘tkazishga yondashish, tahiil usulining eng muhim xususiyatlaridan bin hisoblanadi. Bu o‘rinda muntazam tahlilni kompleks tahiil bilan almashtirish aslo mumkin emas. Obyektni iyerarxik usul (bo‘ysunish tartibi) orqali boshqarish, masalan, sex korxonaning, korxona birlashmaning, birlashma tarmoqning bir qismi va hokazo sifatida o'rganish tizimli tahlilga misol boladi. Iqtisodiy tahiil va xo'jalik faoliyatini tahiil qilish bir gap emas. Xo‘jalik faoliyatini tahiil qilish iqtisodiy tahlitning bir bo'lagi hisoblanadi. Iqtisodiy tahiil boshqarishning uchala darajasi bilan bog‘liq (xalq xo'jaligi, tarmoq, korxona) xo‘jalik faoliyatini tahiil qilish esa faqat uchinchi darajadagi boshqarish bilan bog'liq. Xo'jalikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillami o’lchash orqali biznes-rejaning bajarilishi, xo‘jalik boshqarishning samaradorligi hamda korxona faoliyatidagi asosiy va hal qiluvchi masalalar aniqlanadi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning xo'jalik yuritish borasidagi faoliyatiga baho beriladi, hamda barcha zaxiralaming yig‘ma hisobi aniqlaniladi.
2) Tahlil usulining o‘ziga xos xarakterli xususiyatlaridan biri iqtisodiy ko‘rsatkichlaming har tomonlama bir-biri bilan sababli bog'lanishida ekanligidir. Bu borada tahlilning vazifasi ana shu sabablami aniqlashdir. Ta’kidlash kerakki, hatto ayrim olingan iqtisodiy ko'rsatkichga bir qancha sabablar ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin, bu sabablar harakatini aniqlash juda ham murakkabdir. Shu sababli asosiy va hal qiluvchi sabab va omillar ta’sirini aniqlash lozim. Shunday qilib, tahlilning dastlabki sharti xo'jalik faoliyatiga ta’sir etuvchi sabablami iqtisodiy belgilariga qarab to‘g ‘ri turkumlash zarur. Masalan, tovar mahsuloti hajmining o’sish sur’atiga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga umumlashtiriladi: 1) mehnat omillari. Bunga korxonaning ishchi kuchi bilan ta'minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kiradi; 2) mehnat vositalari omiliga esa korxonaning asosiy fondlar bilan qay darajada
ta’minlanganligi, ulaming hajmi, strukturasi (tuzilishi), o‘sish sur’atlari. texnik holati va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasi singari masalalar kiradi. 3) mehnat predmetlari omillari. Bularga korxonaning xomashyo va asosiy materiallar bilan ta’minlanganligi, ulardan foydalanish, samaradorlik darajasi kabi masalalar kiradi. Yuqorida sanab o'tilgan omillar o‘ziga xos mustaqil ma’noga ega boMishi bilan birga o'zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bogMangan. Binobarin, bu omillaming ta’sirini mexanik tarzda bir-biriga aslo qo‘shib ham bo'lmaydi. Chunonchi, mehnat unumdorligining o'sishi ishchilar malakasi va ish vaqtidan samarali foydalanishiga bog’liq (mehnat omillari). So‘ngra, mehnat unumdorligi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga (mehnat qurollari omillari) hamda xomashyo va materiallardan tejamkorlik va oqilona foydalanish (mehnat predmetlari omillari)ga bog’liq.
3. Iqtisodiy tahlil qilishda, ma’Iumotlami qayta ishlashda turli-tuman uslublar qo'llaniladi. Bu uslublarni qo’llash jarayonida tahlil usulining asosiy xususiyatlari
kompleks va tizimlashganligi yaqqol ko'rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, ketma-ketligi va ayrim elementlardan iboratligi tahlil qilishda asosiy e’tiborda turadi. Tahlil usullarini qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlaming bir-biriga bog’liqligi, o‘zgarish sababi, ta’sir ko'rsatgan omillar va qo‘shimcha sabablami aniqlashga yordam beradi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahiilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarida shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko'rsatishmoqda.
Iqtisodiy tahlilining usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. An’anaviy usullar guruhi.
2. Iqtisodiy-matematik usullar guruhi
An’anaviy usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo bo’lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish,
balansli bog'lanish, zanjirli bog’lanish, indeks, foizlar va hokazo usullami kiritishimiz mumkin. Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy tahlil fanining takomillashib borishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, bunda turli dasturiy ta’minotlar va matematik usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy-matematik usullami tahlilda qo‘llashning afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) tahlil etish muddati tezlashadi;
b) iqtisodiy ko'rsatkichlaming o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar
ulushi (salmog'i) aniq hisoblanadi;
c) taxminiy yoki noaniq hisoblashlar o'rnini aniq raqam va dalillar egallaydi.
|
| |