13
1.2-rasm. Dialogli komponentlar.
Ekspert tizimlari evristikani ishlatishga majbur, chunki bu erda echiladigan
masalalar odatda qiyin bo‘ladi va oxirigacha tushunib bo‘lmasligi,
matematik
yozuvga tushmasligi mumkin.
1.3. Sun’iy intellekt ustida izlanishlarolib borayotgan jahondagi yirik
kompaniyalar
Sun’iy intellekt har qadamimizda uchraydi.
Hozirda smartfondan tortib
avtomobilgacha sun’iy intellekt bilan ta’minlanmoqda. Ko‘plab jahonga taniqli
kompaniyalar “aqlli mashina” yaratish yo‘lida izlanayotibdi. Quyida sun’iy intellekt
yaratayotgan o‘n kompaniyani e’tiboringizga havola etamiz.
1.
Numenta
2011
yildan beri mavjud, ammo biror yangilik yaratganligi
xususida darak yo‘q. Yaqinda IBM kompaniyasi Numenta izlanishlariga homiylik
qilishini e’lon qildi. Kompaniya qishloq xo‘jaligi ekinlari
maydonini kosmosdan
turib o‘rganadi.
2.
Scaled Inference
Bu jamoa Googlening
sobiq hodimlaridan tashkil
topgan. Yaqinda hizmat ko‘rsatish va dasturiy ilovalar mavzuidagi sun’iy intellekt
yaratish loyihasi qisqa muddatda 8 mln dollar investisiya to‘pladi.
3.
Amazon
Bu kompaniya savdo maqsadida internetdan foydalanishni
boshlab bergan ilk qaldirg‘ochlardan. Hozir dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan
onlayn-tijorat markazi sanaladi. Muvaffaqiyatli
tijorat yuritish, savdoni tez tahlil
14
etish va tushumni oshirish maqsadida korporatsiya injenerlari sun’iy intellekt ishlab
chiqargan.
4.
Nuance
AQShda ancha yillardan beri faoliyat yuritmoqda.
Nutqi va
eshitishida nuqsoni bor kishilar uchun sun’iy intellekt yaratish yo‘lida izlanadi.
Uning dasturi inson nutqini anglash va jonli tarzda qayta tiklashga qaratilgan.