9
I BOB. SUN’IY INTELLEKT TUSHUNCHASI VA SUN’IY INTELLEKT
ASOSIDA BOSHQARILADIGAN TIZIMLAR TASNIFI
1.1.
Sun’iy intellekt xakida tushuncha. Ma’lumotlar va bilimlarni tasvirlash
modellari
Inson aqliga xos va uxshash narsani yaratish va undan murakkab ishlarda
foydalanish fikri kadimdan kishilarni uylantirib kelgan. XIV asrda yashagan olim
R.Lulliy tushunchalar kvalifikasiyasiga asoslanib mashina yaratishga xarakat
kilgan.
«Sun’iy intellekt» tushunchasi dastlab AQSHda paydo bo‘ldi va sekin-asta
boshqa davlatlarda ham keng qo‘llanila boshlandi.
1956 - yil AQSHda kompyuter va dasturlash sohasidagi 10 nafar amerikalik
yetakchi mutaxassisning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘sha
paytda
mutaxassislardan ko‘pchiligi yaqin o‘n yil ichida sun’iy aql yaratilishi mumkinligini
taxmin qilardi. Chorak asrdan keyin, ya’ni 1981-yili sun ‘iy intellekt bo‘yicha
Kanadada bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyada birinchi uchrashuvning o‘nta
qatnashchisidan beshtasi qilingan bashoratlar o‘ta optimistik bo‘lganligini,
muammolar esa anchagina murakkab ekanligini tan olishdi. Shunday bo‘lsa-da bu
yo‘nalishda ko‘pgina ilmiy va amaliy natijalarga erishilgani qayd etildi.
XVIII asrda yashagan G.Leybnis va R.Dekart bir-biridan mustakil xolda
xamma fanlar buyicha universal til taklif etishgan. Ushbu taklif sun’iy
intellekt
rivojiga asos buldi. Sun’iy intellektning fan yunalishi sifatida rivojlanishi EHM
paydo bulganidan sung mumkin buldi. Bu narsa 20 asrning 40-yillariga tugri keladi.
Shu paytda N.Viner yangi fan kibernetikaga asos soldi.
Sun’iy intellekt termini (artifikalintelligence) 1956 yilda Amerikada taklif
etildi. Sun’iy intellekt tan olingandan kup utmasdan u ikki asosiy yunalishga ajraldi:
"Neyrokibernetika" va "kora yaщik" kibernetikasi. Fakat - xozirgi paytga kelib bu
ikki yunalish yana kushilish tendensiyasiga yul tutmokda.
10
"Neyrokibernetika" yunalishini quyidagicha izoxlash mumkin: Uylashi va fikr
qilishi mumkin bo‘lgan birdan-bir ob’ekt bu-inson miyasidir. Shuning uchun boshqa
yaratiladigan fikrlovchi qurilma uning tuzilishini aks ettirishi kerak.
Shunday qilib neyrokibernetika inson miyasiga
uxshash strukturalarni
modellashtirishga qaratilgan. Fiziologlar tomonidan inson miyasida uzaro
boglangan va uzaro amal qiluvchi 10
21
tadan kup nerv tuqimalari - neyronlar borligi
oldindan aniqlangan. Shuning uchun neyrokibernetika maqsadi neyronlarga uxshash
elementlarni yaratish va ulardan amal qiluvchi birikmalar tuzish edi. Bu birikmalarni
neyron tarmoqlari (neyroset) deb qabul qilingan.
Birinchi tarmoqlar Amerika olimlari G.Rozenblat va Mak-Kamok tomonidan
50-yillar oxirida yaratilgan. Bunda inson kuzini va uni miya bilan aloqasini
modellashga harakat qilingan edi. Ular yaratgan qurilma perientron deb atalgan.
Ushbu qurilma bir kurinishda
ezilgan harflarni ajrata olgan, lekin uning
ikkinchi ko‘rinishini ajrata olmagan, masalan A, kabi ko‘rinish bu qurilma uchun
ikkita belgi xisoblangan.70-80 yillarga kelib bu yunalishdagi ishlar kamaya
boshladi. Birinchi urinishlar natijasi muvaffaqiyatli emas edi. Buni mualliflar o‘sha
paytda bulgan EHMlar ishlash tezligi past va xotirasi kichikligi bilan izohlaganlar.
1963-70 yillarga kelib sun’iy intellekt masalalariga
matematik mantiq
usullarini qullay boshlashdi. Shu asnoda 1973 yilda Prolog algoritmik tili yaratildi.
70-yillar o‘rtalarida AQShda mutahassis - ekspertlar bilimini modellashtirish
g‘oyasi tug‘ilishi sun’iy intellekt amaliy qo‘llanilishida katta turtki buldi. AQSh da
birinchi bilimlarga asoslangan tizimlar, ya’ni ekspert tizimlar paydo bo‘ldi. MUCIN
va DENDRAL nomli medisina va himiyada qo‘llaniluvchi ekspert tizimlar
qo‘llanila boshlandi.
80-yillarga kelib Yaponiyada bilimlarga asoslangan EHM 5-avlod bazasida 6-
avlod EHM yaratildi, bu bilan tezlik va xotira kamchiliklari amalda olib tashlandi.
Bu kompyuterlar neyrokompyuterlar deb ataldi. Parallel ishlovchi kompyuterlar -
11
transpyuterlar paydo buldi. Neyrokompyuterlar uchun maqsad belgilarni ajratish
bo‘lib qoldi [4].