-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari




Download 64.62 Kb.
bet5/48
Sana07.02.2022
Hajmi64.62 Kb.
#17197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Guruh 118-18 tjbakt bajardi Hamroyev Bexruz 2021-yil
1-маъруза, konspekti urokov 6 klass, neyron maqola, maqola AQSH, Tragediya janri tarixi mavzusidagi kurs ishi uchun, DIYORA KIBER, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, Презентация1
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufiga quyidagilar kiradi:
sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi qonunchilik bajarilishini ta’minlash;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlarini shakllantirish, uning muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
birlamchi tibbiy-sanitariya va tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish, ulardan hammaning bahramand bo‘la olishini ta’minlash, tibbiy yordam sifatining klinik-statistik standartlariga rioya etilishini nazorat qilish, tasarrufdagi hududda fuqarolarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
(6-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshirish;
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
sog‘liqni saqlash xarajatlarini moliyaviy ta’minlashning o‘z manbalarini shakllantirish;
fuqarolarning sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligini ta’minlash, profilaktika, sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;
atrof muhitni muhofaza etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlarini ko‘rish, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilish;
sog‘liqni saqlash tizimi organlari, muassasalari va korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, sog‘liqni saqlash muassasalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam sifatini nazorat qilib borish;
nogironlar va tibbiy-ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kuch-quvvatini tiklaydigan muassasalar tashkil etish va ular faoliyatini ta’minlash;
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarga sanitariya-gigiyena va ekologiya ta’limi berishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish;
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
(6-moddaning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 64.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 64.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari

Download 64.62 Kb.