-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi




Download 64.62 Kb.
bet6/48
Sana07.02.2022
Hajmi64.62 Kb.
#17197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Guruh 118-18 tjbakt bajardi Hamroyev Bexruz 2021-yil
1-маъруза, konspekti urokov 6 klass, neyron maqola, maqola AQSH, Tragediya janri tarixi mavzusidagi kurs ishi uchun, DIYORA KIBER, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, Презентация1
7-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi
O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari yig‘indisidan iborat yagona sog‘liqni saqlash tizimi amal qiladi.
8-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika muassasalari va dorixonalar davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiradi.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko‘rsatadi. Bepul tibbiy yordam ko‘rasatish hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilangandan ortiqcha tibbiy va boshqa xil xizmatlar ko‘rsatish qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq to‘lanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772–I-son Qonuniga muvofiq uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)

Download 64.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 64.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Sog‘liqni saqlash tizimi

Download 64.62 Kb.