• 4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
  • -modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari




    Download 64.62 Kb.
    bet3/48
    Sana07.02.2022
    Hajmi64.62 Kb.
    #17197
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
    Bog'liq
    Guruh 118-18 tjbakt bajardi Hamroyev Bexruz 2021-yil
    1-маъруза, konspekti urokov 6 klass, neyron maqola, maqola AQSH, Tragediya janri tarixi mavzusidagi kurs ishi uchun, DIYORA KIBER, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, Презентация1
    3-modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari
    Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
    aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishi;
    profilaktika chora-tadbirlarining ustunligi;
    sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda fuqarolarning ijtimoiy himoya qilinishi;
    tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi.
    4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    sog‘liqni saqlash sohasida inson huquqlari himoya qilinishini;
    fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi davlat siyosatini;
    sog‘liqni saqlash va tibbiyot fanini rivojlantirish dasturlari tasdiqlanishi va mablag‘ bilan ta’minlanishini;
    sog‘liqni saqlash davlat tizimini boshqarishni;
    sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini ta’minlash ustidan nazoratni;
    favqulodda vaziyatlarda odamlarning hayotini saqlab qolish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza etish chora-tadbirlari ko‘rilishini, fuqarolarni favqulodda vaziyat zonasidagi ahvol va ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan xabardor qilishni;
    fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida statistika hisobi va hisobotning yagona tizimi o‘rnatilishini;
    O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy sug‘urtasining tayanch dasturlarini tasdiqlashni;
    Oldingi tahrirga qarang.
    fuqarolarning ayrim guruhlariga tibbiy yordam ko‘rsatishda va ularni dori vositalari bilan ta’minlashda imtiyozlar belgilashni;
    (4-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
    davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi, oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirib borishni va nazorat qilib turishni;
    Oldingi tahrirga qarang.
    qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
    (4-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 64.62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 64.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplari

    Download 64.62 Kb.