-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari




Download 64.62 Kb.
bet4/48
Sana07.02.2022
Hajmi64.62 Kb.
#17197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Guruh 118-18 tjbakt bajardi Hamroyev Bexruz 2021-yil
1-маъруза, konspekti urokov 6 klass, neyron maqola, maqola AQSH, Tragediya janri tarixi mavzusidagi kurs ishi uchun, DIYORA KIBER, Dasturlash I fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, Презентация1
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
sog‘liqni saqlash va tibbiy sug‘urtaning normativ bazasini, tibbiy yordam sifati va hajmi davlat standartlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha tibbiy muassasalarning fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(5-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash sohasida maqsadli davlat dasturlarini amalga oshiradi;
davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni (farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash bundan mustasno) belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy xizmatlar tariflari darajasini tartibga soladi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishni amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-118-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 40-son, 411-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘z vakolatlari doirasida davolash-profilaktika, sanitariya, epidemiyaga qarshi, radiatsiya, ekologiya masalalari yuzasidan chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.

Download 64.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 64.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlari

Download 64.62 Kb.