yuritgichlarga bog‘liq holda ular ikki guruxga: turbogeneratorlar va gidrogeneratorlarga bo‘linadi.
Turbogeneratorlar bevosita bug‘ va gaz turbinalari bilan bog‘langan holda ishlashi sababli ularning asosiy farq qiluvchi belgisi tez aylanishidir, ular yuqori aylanish chastotasiga egadirlar. Turbina aylanish chastotasi qancha katta bo‘lsa, uning chiziqli o‘lchamlari (gabariti) shuncha kichik va mos holda foydali ish koeffisenti shuncha katta bo‘ladi, shu sababli turbogeneratorlar aylanish tezligini imkon boricha oshirishga harakat qilinadi. Ikkinchi tomondan, aylanish tezligini oshirish imkoniyati ham, tarmoqdagi chastota f = 50 Gs ga va generator juft qutblari minimal soni p = 1 ga bog‘liq holda cheklangandir.
U holda quyidagiga ega bo‘lamiz:
n 60 f
P
(10.4)
bu yerda f = 50 Gs - tarmoqdagi chastota (Yaponiya va AQSh da f = 60 Gs) R – juft qutblar soni.
Alohida, maxsusholatlarda kichik quvvatli trubogeneratorlarni trubinalarga bevosita emas, balki pasaytiruvchi reduktor orqali ulanishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Bu holatlarda turbinalar yuqori aylanish chastotasiga ega bo‘lishlari mumkin. Ammo ushbu turdagi reduktorlar odatda bug‘ - turbinali GES larda qo‘llanilmaydi, chunki yuqori quvvatli turbogeneratorlar ishlash ishonchliligini pasaytirib yuboradi.
Gidrogeneratorning aylanish chastotasi quyidagi ifoda asosida hisobiy yo‘l bilan aniqlanadi:
nturb =
H 5 / 4
n (10.5)
bunda nb – turbina turiga bog‘liq bo‘lgan tezlik koeffisienti; ayl/minutda; H – bosim, metrda; R – turbinaning quvvati, MVt da.
Ta’rif: Uch fazali sinxron generatorning nominal kuchlanishi deb stator o‘ramidagi U n chiziqli kuchlanishga aytiladi. U n quyidagi qatorni hosil qiladi: 3.15; 6.3; 10.5; 18.0; 20.0; 21.0; 24.0 kV.
Sinxron generatorlarning nominal to‘liq quvvati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
S n = U nI n (10.6)
Mos holda, aktiv va reaktiv quvvatlar quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:
Pn = Qn =
Un I n cos φ (10.7)
Un In sin φ (10.8)
bunda cosφ – quvvat koeffisenti, sinφ esa: sinφ =
Turbogeneratorlar uchun nominal quvvat koeffisentining qiymati quvvat 100 MVt gacha bo‘lsa 0.8 ga, 160 –500 MVt bo‘lganda 0.85 ga va quvvat 800 MVt gacha bo‘lganida 0.85 dan 0.90 gacha teng bo‘ladi.
Gidrogeneratorlarning nominal quvvat koeffisenti quvvat 125 MVt va undan kichik bo‘lganda 0.8 ga, quvvat 125 dan 360 MVt gacha bo‘lganda - 0.85 ga va 360 MVt dan yuqori quvvatda 0.9 ga teng bo‘ladi.
|