Davriy elektr yurituvchi kuch, kuchlanish va tokning o‘rtacha va joriy qiymatlari.
Ma’lumki, davriy E.Yu.K., kuchlanish va toklarning qiymatlari to‘g‘risida ularning davr oralig‘idan o‘rta kvadratik qiymatlari: E, U, I deb belgilanadigan qiymatlarga qarab baho beriladi. Ularning matematik ifodalanishi quyidagi formulalarda keltirilgan:
Е 1 Т е 2 dt; U 1 Т u 2 dt; I
(10.9)
Т 0 Т 0
Keltirilgan qiymatlar davriy E.Yu.K., kuchlanish va toklarning joriy (amaldagi) qiymatlari deb ataladi.
Quyida ushbu tanlashni asoslovchi fikrlarni keltiramiz. Masalan, bir davr ichida r qarshilikka ega zanjirda issiqlik ajralib chiqishini kursatuvchi o‘rtacha quvvat miqdori quyidagi ifoda orqali topiladi:
1 Т i 2 r dt r 1 Т i 2 dt r I 2
(10.10)
Т 0 Т 0
Binobarin, davriy effektiv tok tushunchasini kirita turib (to‘liq davr ichidagi uning o‘rta kvadratik qiymatiga teng bo‘lgan), ushbu tok orqali ifodalangan, ko‘rinishdan huddi o‘zgarmas toklar uchun kabi o‘rtacha quvvatni hisoblash formulasini hosil qilamiz.
Endi effektiv sinusoidal E.Yu.K.ning Ye qiymatini uning amplitudasi Yem bilan bog‘liqligi: ye = Ye msin(t + ψ e) ni aniqlaymiz. U holda quyidagicha ega bo‘lamiz:
Е
(10.11)
chunki
Em
Em
T
0 cos(2 t 2 e ) dt 0
Em
(10.12)
Huddi shuningdek, sinusoidal kuchlanish va sinusoidal tok uchun quyidagilarga ega bo‘lamiz:
U Um ;
I Im
(10.13)
Amaliyotda, davriy kuchlanish va toklarni o‘lchash uchun qo‘llaniladigan priborlarning ko‘pchilik qismi ushbu kattaliklarning ta’sir etuvchi effektiv qiymatlarini kursatadi.
To‘liq davr ichida effektiv sinusoidal E.Yu.K., kuchlanish va toklarning o‘rtacha arifmetik qiymati nolga teng bo‘ladi. Shu sababli ularning musbat yarim davr ichida o‘rtacha qiymati tushunchasi kiritiladi (5-rasm).
|