Harorat va bosimning tamponaj tuzumlar tuzilish mexanik xossalariga ta’siri




Download 45,66 Kb.
bet6/7
Sana25.01.2024
Hajmi45,66 Kb.
#145313
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gipsosementpussolan . Asqarov Obidjon
2 5226853673132364112, 6, 8 sinf testlar, TABIAT-BILAN-TANISHTIRISH-NAZARIYASI-VA-TEXNOLOGIYALARI, Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotl-fayllar.org, 1-Amaliy topshiriq (1), 1702402746, Ta\'mirlash ishlarida xavfsizlik, 4-top
Harorat va bosimning tamponaj tuzumlar tuzilish mexanik xossalariga
ta’siri

Harorat va bosimning tamponaj tuzumlar tuzilish mexanik xossalariga ta’siri
bog‘lovchining tabiati va tuzumga kimyoviy ishlov berish xarakteriga bog‘liq.
Gidravlik bosim, erishi, qattiq fazasini dispersiyalanish jarayoning tezlashishiga
sezilarli ta’sir etadi. Hajm birligidagi zarrachalar soni ortadi va o‘z navbatida
koagulyasion bog‘lanish ortadi. Bir qancha vaqt o‘tgandan keyin bog‘lovchining qotishda tizim faqat suv bilan agregirlangan zarralar bilan emas, balki yalpi tuzilmali zarralar bilan ta’sirlashadi, eruvchanligiga, suyuq faza miqdoriga, tuzum harorati va boshqa faoliyatlarga bog‘liqdir.
Tizim qotishning boshlang‘ich davrida yuqori dispers mahsulotlarning
jamg‘arilishi yuqori tezlikda bo‘ladi, mexanik mustahkamlik asosan yangi tuzilma
miqdori bilan aniqlanadi, bu vaqtga kelgan yangi tuzilmalar asosan gel ko‘rinishida
bo‘ladi. SHu bilan bir qatorda gelning “qarish” jarayoni amalga oshadi. Bunda
zarrachalar yiriklashadi, shu tariqa bog‘lash xossalari zarrachalarning o‘zaro
to‘qnashuv nuqtalarining kamayishi natijasida yomonlashadi. Lekin, umuman olganda, tizim mustahkamligi kuchayib boradi, chunki bog‘lovchi xossalarining dispersiyali susayish yuqori darajada gidrat birikmalarning qo‘shimcha miqdorda hosil bo‘lishi bilan kompensatsiyalashadi. Lekin, vaqt o‘tishi bilan bog‘lovchi bilan suv o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir kamayib boradi, masalan, gidratatsiya mahsulotlaridan ekranirlangan plyonka hosil bo‘lishi natijasida. Bu vaqtda yangi tuzilma zarrachalarining jami yuzasining axamiyati zarrachilarning yiriklashuvi natijasida kamayib boradi va maksimumdan o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida yangi tuzilmalarning bog‘lovchilik xossasi kamayadi. Bu qotuvchi tizim mustahkamligining kamayishiga olib keladi. Bunday jarayonlar u yoki bu bog‘lovchining gidratatsiyasining yakunida kuzatiladi dastlabki materiallarning to‘la yoki qisman sarflanishi bilan xarakterlanadi.
Bog‘lovchining suv bilan o‘zaro ta’sirining bog‘lanishi vaqti bir qancha
sabalarga bog‘liq. Bularning asosiylari: dispersiyaligi , suyuq fazada yangi
tuzilmaning erish darajsi, uning mavjudligi, qotuvchi tizimning harorati. Bu vaqtda
tizim mustahkamligining maksimal ko‘rsatkichlariga erishadi va suvsizlanadi.
Shunday qilib, sement toshning shakllanishi quyidagi omillarga bog‘liq:
1. Bog‘lovchi moddaning suv bilan aralashmasining hajmi birligidagi xossasi va
mazmuni.
2. Bog‘lovchining gidratirlanmagan va gidratli yangi tuzilmaning qotuvchi
tizimidagi hajmining mazmuni.
3. Gidrat yangi tuzilmalarning zarrachalarining xossalari.
4. Gidratatsiya tezligi, muxit xarakteri, suv bilan bog‘lovchi aralashmaning
harorati.
5. Qotuvchi aralashma tarkibidagi turli qo‘shimchalarning mavjudligi.7


Download 45,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 45,66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harorat va bosimning tamponaj tuzumlar tuzilish mexanik xossalariga ta’siri

Download 45,66 Kb.