• Tarmoq va fayl serverli texnologiyasi ( «fayl-server» arxitektura)
  • Zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Oracle, Access, MS SQL va boshqalar




    Download 260,48 Kb.
    bet3/5
    Sana24.12.2023
    Hajmi260,48 Kb.
    #127953
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mustaqil ishi Mavzu sql server dan foydalanish-fayllar.org

    Zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Oracle, Access, MS SQL va boshqalar.

    Markazlashgan arxitektura
    Ma'lumotlar bazasining ushbu texnologiyada MB, MBBT va dasturiy ta'minot (ilovalar) bitta kompyuterda (meynfreym yoki personal kompyuterda, 1-
    rasm) joylashgan.
    Ilova o'zida mavjud foydalanuvchi interfeysi yordamida so'rov natijasini

    tasvirlab beradi.




    1-rasm. Markazlashgan arxitektura
    Bunday arxitektura DB2, Oracle, Ingres MBBT larning birinchi versiyalarida qo'llanilgan. Ko'p foydalanuvchilarni ishlash texnologiyasi yoki multiprogrammalar
    rejimi yordamida yoki vaqtni taqsimlash rejimi yordamida amalga oshirilgan.
    Bunday texnologiya katta EXM lar (IBM-370, YeS-1045, YeS-1060) davrida keng
    qo'llanilgan. Bu texnologiyaning asosiy kamchiligi foydalanuvchilar soni oshishi
    bilan unumdorlikni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi.

    Tarmoq va fayl serverli texnologiyasi ( «fayl-server» arxitektura)
    Qo’yilgan masalalar murakkabligining oshishi, shaxsiy kompyuterlar va lokal xisoblash tarmoqlarining paydo bo'lishi yangi «fayl-server» arxitekturani paydo bo’lishiga zamin yaratdi. Tarmoq orqali murojat qilish mumkin bo'lgan ma'lumotlar bazasining ushbu arxitekturasida tarmoqdagi bitta kompyuter server sifatida ajratilgan va unda ma'lumotlar bazasining fayllari joylashtirilgan. Foydalanuvchilarning so'roviga mos xolda fayllar fayl-serverdan foydalanuvchilarning ishchi stansiyalariga uzatilgan va u yerda ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog'liq asosiy ishlar bajarilgan. Bunda markaziy server ma'lumotlarni qayta ishlashda qatnashmasdan faqat fayllarni saqlovchi vazifasini bajargan.

    Mijoz kompyuterlari




    2-rasm. Arxitektura «fayl-server»
    Bu texnologiyani ishlash tartibi quyidagicha:
    Ma'lumotlar bazasi fayllar to'plami shaklida maxsus ajratilgan kompyuterning (fayl server) qattiq diskida joylashgan. Lokal tarmoq mavjud bo'lib, undagi har bir mijoz kompyuterida MBBT va MB bilan ishlash uchun dastur o'rnatilgan. Har bir mijoz kompyuterda foydalanuvchilar dasturni ishga tushirish imkoniga ega bo'lgan. Ular dasturdagi foydalanuvchi interfeysi yordamida ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlarni o'qish/yangilash uchun so'rovlrni amalga oshirgan. MB bo'lgan barcha so'rovlar MBBT orqali amalga oshgan va MBBT o'zida fayl serverda joylashgan MB ni fizik strukturasi xaqidagi ma'lumotlarni saqlagan. MBBT fayl serverda joylashgan ma'lumotlarga murojatni amalga oshiradi. Buning natijasida MB fayllarining bir qismi mijoz kompyuterga nusxalanadi va qayta ishlanadi. Natijada foydalanuvchi so'rovni bajarish ta'minlanadi (ma'lumotlar ustidagi zarur amallar bajariladi). Zarur bo'lganda (ma'lumotlar o'zgartirilganda) MB ni yangilash maqsadida ma'lumotlar orqaga, ya'ni fayl-serverga uzatiladi. Dastur foydalanuvchi interfeysi yordamida so'rov natijalarini tasvirlaydi. “Fayl-server” arxitekturasi yordamida dBase va Microsoft Access kabi
    mashhur stol MBBT lar yaratilgan. Adabiyotlarda bu arxitekturaning quyidagi asosiy kamchiliklari ko'rsatiladi:
    Foydalanuvchilar bir vaqtda bitta ma'lumotga murojaat etsa unumdorlik keskin pasayadi, chunki joriy ma'lumot bilan ishlayotgan foydalanuvchi o'z ishini tugatishini kutish zarur. Aks xolda bir foydalanuvchi tomonidan kiritlgan o'zgartish ikkinchi foydalanuvchining amallari natijasida yo'qotilishi mumkin. MB ga murojaat etganda barcha xisoblash yuklamasi mijoz dasturi zimmasiga tushadi. Chunki jadvaldan ma'lumot tanlash so'rovi beilganda MB ning to'lda jadvali mijoz mashinasiga nusxalanadi va tanlash mijox tomonda bajariladi. Shu tarzda mijoz kompyuteri va taromqning resurslari nooptimal tarzda sarflanadi. Natijada tarmoq trafigi ko'payadi va foydalanuvchilar kompyuterlarining apparat quvvatiga bo'lgan talablar ham oshadi.
    Qoidaga ko'ra, alohida yozuvlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan navigatsion yondoshuv qo'laniladi.
    Fayl-serverdagi MB ning alohida jadvallariga dasturdan foydalanmasdan instrumentlar vositasi yordamida o'zgartishlar kiritish juda oson (masalan, Paradox
    va dBase fayllariga Borland firmasining Database Desktop utiliti yordamida); bu imkoniyat yana shunisi bilan osonlashadi, bunday MBBT larda ma'lumotlar bazasi
    tushunchasi fizik emas ko'proq mantiqiy tushuncha xisoblanadi. Chunki ularda ma'lumotlar bazasi deganda diskning aloxida kataloglarida joylashgan alohida jadvallar to'plami tushuniladi. Bularning barchasi xavfsizlikni past darajasini bildiradi.



    Download 260,48 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 260,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Oracle, Access, MS SQL va boshqalar

    Download 260,48 Kb.