KURS ISHLARINING BAHOLANISHI




Download 163,26 Kb.
bet31/36
Sana23.07.2021
Hajmi163,26 Kb.
#15817
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
8. KURS ISHLARINING BAHOLANISHI

Kurs ishini umumiy baholashda himoya natijalari va bajarilgan ishni sifati e’tiborga olinadi. Rahbar kurs ishi mavzusiga, nazariy va amaliy qismiga, olingan natijalariga baxo berishi bilan birga, unda talaba qo‘yilgan masalalarni naqadar to‘la va ilmiy – uslubiy asosda amalga oshirganligi, ish yuzasidan olingan natijalarning ahamiyati, xamda ishni ijobiy tomonlari va qilingan xulosaning to‘g‘riligiga e’tibor berish to‘g‘ri bo‘ladi. Himoya natijalari “a’lo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” baholarda aniqlanadi.

Kurs ishiga “a’lo” baho mavzuni har tomonlama to‘g‘ri yoritgan, amaliyotni hozirgi zamon voqeligi bilan uyg‘unlashtira olgan, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlashda bilimini ko‘rsata olgan, qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilib yozgan talabalarning ishiga qo‘yiladi.

“Yaxshi” baho asosiy talablarga javob bergan, talab materiallar bilan tanish, lekin ayrim savollarni yoritishga to‘liq va har tomonlama javob bera olmaydigan, ayrim kamchiliklari bor ishga qo‘yiladi.

“Qoniqarli” baho talablarga javob beradigan, lekin talaba tomonidan savollargi yuzakiroq jeavob bergan, ishni rasmiylashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga qo‘yiladi.

“Qoniqarsiz” baho qo‘yilgan talablarga javob bermaydigan, yomon yozilgan ishlarga qo‘yiladi.

Kurs ishi himoyasidan “qoniqarsiz” baho olgan talabalar o‘quv rejasida ko‘rsatilgan mazkur fandan yakuniy baholashga kirish huquqidan chetlashtiriladi.

Kurs ishi himoya natijalari 100 ballik reyting baholash tizimi orqali aniqlanadi.




Download 163,26 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 163,26 Kb.