6.3.7. Maxsulotning farmakologik xossalari / Ekologiya va mehnat muhofazasi bo‘yicha asosiy tadbirlar.
Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning farmakologik xossalari yoritib beriladi. Shuningdek, ishlab chiqarishda mexnat muxofazasi, yong‘inga qarshi, sanitar texnikasi masalalarini echilishi kurs ishini texnologik qismi bilan chambarchas bog‘langanligini unutmaslik kerak.
Texnika xavfsizligi bo‘limida ishlab chiqarishni zararli chiqindilari, zaxarli ikkalamchi maxsulotlarni kayta ishlab zaxarsizlantirish, travma olish manbai va sabablari yoritiladi.
Sanitar-texnika bo‘limida aspiratsiya va ventilyasiyani ishlab chiqarishda qo‘llash; tebranish va shovqin bilan kurashish uslublari va chora tadbirlari keltiriladi; changlangan havoni va bug‘ni so‘rib olish zaruriyati mavjud bo‘lgan joylar ko‘rsatiladi va ishlab-chiqarish binolarida shovkin va tebranish darajasini kamaytiruvchn uslub va amallar yoritiladi.
Xulosada, yong‘inga qarshi, va uni oldini olish asosiy profilaktika ishlari va chora-tadbirlari ko‘rsatiladi (yo‘lak, eshik eni, yong‘inga qarshi omillar). Atrof muhitni ishlab-chiqarish chiqindilarn bilan zaxarlanishidan saqlashga va maxsulotni ekologik tozalanishini ta’minlovchi, ikkalamchi maxsulotlarni va chikindilarni qayta ishlash maxsulotlaridan foydalanish chora-tadbirlariga aloxida ahamiyat beriladi.
6.4. Xulosa.
Xulosa sifatida kurs ishida keltirilgan mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning xulosasi keltiriladi.Bunda mundarijaning har bir bandi bo‘yicha olingan natijalar qisqa va tushunarli ko‘rsatib beriladi. Kurs ishining xulosa qismida ish yuzasidan barcha xulosalar umumlashtiriladi, o‘z fikr-mulohazalari bildiriladi, amaliy taklif va tavsiyalar beriladi. Taklif va mulohazalar talabaning o‘ziniki bo‘lib, u ishda qayd etilgan takliflarni takrorlamasligi kerak.
|