6.3.3. Texnologik chizma.
Texnologik chizma izohida texnologik sxemalar mufassal bayon etiladi. Xom-ashyoni keltirishidan boshlab to tayyor maxsulot iste’molchiga etib borgunga qadar o‘tkaziladigan ishlab chiqarish amallarini ketma-ketligi ko‘rsatiladi. Texnologik chizmani izohi texnologik jarayonning barcha bosqichlari bo‘yicha berilgani maqsadga muvofiqdir va texnologik jarayon bayoninining o‘qilishini osonlashtiradi.
Dastlab xom-ashyolarni bo‘limga kelishi, qabul qilinishi, saqlanishi, qanday birlamchi qayta ishlovga berilishi, qaysi vosita orqali va qanday uzatilishi va jihozga kiritilishi ko‘rsatilishi lozim. Sex ichidagi materiallar, chiqindi va tayyor maxsulotni sex-bo‘lim ichidagi harakatlanish uslublari ham izohlanadi. Tayyor maxsulotni kondensiyalari, qaysi shaklda jo‘natilishi ko‘rsatilib, yakunlanadi. Texnologik chizmani chizmadagi texnologik chizmasi keltirilgan «pozitsiya» nomerlari bilan izohlanadi.
|