6. BO‘LIMLAR BO‘YICHA KO‘RSATMALAR
6.1. Kirish.
Kurs ishining boshida kirish so‘zi yoziladi.Kirish so‘zida talaba ishining maqsadi, vazifasi, mavzuning axamiyati va dolzarbligi to‘g‘risida ma’lumot beradi.Qo‘yilgan masalaning holati, qiska tavsifi va joriy etilgan yangiliklar qisqa va aniq ifodalanishi zarur.
6.2. Adabiyotlar sharxi.
Kurs ishi har qanday malakaviy ish kabi zamonaviy adabiyot bilan tanishmasdan talab darajasida bajarilishi mumkin emas. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasida va chet el mamlakatlarida muntazam chop etiladi va Internet bilan bog‘lanish ayrim texnologik aspektlarni o‘rganishda askotadi. Ishlab chiqarish to‘g‘risida monografiyalar, maqolalar, patentlar to‘g‘risida to‘liq axborot referativ jurnallarda chop etiladi. Katta axborot oqimida yul topish va aniq mavzular bo‘yicha ahamiyatli ma’lumotlarni nazardan o‘tkazib yubormaslik uchun adabiyotlarni tanlashda va u bilan ishlashda ma’lum tizimga rioya qilish lozim.
Mavzuni olgan talaba, uni yoritishda kerakli adabiyotlar, ilmiy jurnallar va internet resurslaridan oqilona foydalanishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar soni 10 tadan kam bo‘lmasligi lozim. Mavzu bo‘yicha adabiyotda mavjud materiallarni chuqur o‘rganib chiqib, me’yoriga keltirib, tartib bilan yozib chiqish va undan kelib chiqqqan umumiy xulosa asosida talaba o‘zining oldida turgan eksperimental ishini bajarish usullarini ishlab chiqadi.
Kurs ishlari bilan bog‘liq savollarni xar tomonlama va chuqur o‘rganish uchun zarur va kerakli adabiyotlarni har bir talaba o‘zi uchun topishi kerak. Kurs ishlari muallifini qiziktiruvchi savollar Internet va kataloglarni ko‘rib chiqib darslik va monografiyani muvofiq boblaridan topib o‘rganishdan boshlash lozim. Ayrim boblarda va kitob ohiridagi adabiyotlar ro‘yxati keyingi bosqichda kerakli yo‘nalishda adabiyotlar topishda ko‘rsatma vazifasini bajarishi mumkin. Ko‘rib chiqilgan adabiyotlarni qiska mazmuni kerakli yo‘nalishda tizimlashtiriladi. Adabiyotni dastlab ko‘rib chiqib, olgan materiallarni umumiylashtirib, talaba nuqtai nazaridan e’tiborga sazovor bo‘lgan malumot manbaiga qaytishi va chuqur tahlil qilishi tavsiya etiladi.
ToshFarmi talabalari uchun adabiyotni asosiy fondi deb Internet saytlari, Ziyonet , institut kutubxonasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublika A.Navoiy nomidagi kutubxona, Respublika ilmiy texnika kutubxonalari, Turon Markaziy Respublika va Fanlar Akademiyasi kutubxonalari turli soha kitob va jurnallarni takdim etadi.
|