6.3. Amaliy qism.
6.3.1.Tadqiqot ob’ekti ta’rifi, tanlovning asoslanib berilishi.
Kurs ishlari yozuv-tushuntirish qismini bajarishda talaba dastlab xom-ashyo va tayyor maxsulot bilan tanishib, boshlang‘ich holatini baholab, ishlab chiqarish texnologik chizmasini asoslaydi. Kurs ishlarini yozuv va chizma qismini bajarishda me’yoriy hujjatlarga, xom-ashyo va tayyor maxsulotlarning standartlariga asoslaniladi. Mavzu berilishi bilan, rahbar imzo chekkan vazifa va berilgan maxsulot assortimenti, ayrim texnologik rejimlar, xom-ashyo, tayyor mahsulotning konditsiyalari aniqlanadi va uni bajarishga kirishiladi.
|