6.5. Foydalanilgan adabiyotlar va internet resurslari ro‘yxati.
Adabiyotlar ro‘yhatini berishda hujjatlarni joylashishi va bibliografik yozuvlarning to‘g‘ri yozilishiga ahamiyat berish kerak.
Yozuv matnida dalil qilib keltirilgan (ssilka) adabiyot raqamlari, foydalangan adabiyotni raqamlangan ro‘yxati keltiriladi. Adabiyot ro‘yxatida axborot manbai alfavit bo‘yicha to‘zilgan bo‘ladi va matnda dalil qilib ko‘rsatilgan adabiyot nomeri to‘rtburchak qavsda beriladi. [ ] indeks adabiyot ro‘yxatidagi navbat raqamini bildiradi. Adabiyot ro‘yxatida mualliflar familiyasi alfavit bo‘yicha joylashadi, agarda muallif bo‘lmasa kitoblarni nomi ham alfavit bo‘yicha ro‘yxatga kiritiladi. Foydalangan adabiyotlar ruyxatida adabiyotlar xorij va maxalliy adabiyotlarga ajratiladi. Xorij bosmaxonasidan chiqqan adabiyotlar maxalliy bosmoxonada chop etilgan adabiyotlardan so‘ng keltiriladi.
Adabiyotlar ro‘yxatida axborot manbai quyidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak: muallifni yoki tuzuvchini familiyasi va initsialllari: caplavxa 4 chop ettilgan joyi; bosmaxona nomi chop etilgan yili: betlap soni yoki keltirilgan manbani beti, raqami.
Mualliflar soni uch va undan ko‘p bo‘lsa, birinchi muallifning familiya, initsiallari bilan «va boshqalar» so‘zi echiladi. Izohda chop etilgan joyni nomi to‘lik yoziladi, faqat O‘zbekiston Respublikasi so‘zi O‘z.R. Toshkent so‘zi T. xarfi bilan ifodalanishiga ruxsat etiladi. Agar chop etilgan joylar soni uch va undan ko‘p bo‘lsa, titul varag‘ida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan yoki shrift bilan ajratilgan shahar nomi keltiriladi. Bosmaxona nomi qoidaga ko‘ra qiskartirilgan xolda keltiriladi. Adabiyotni miqdoriy tavsifida sitata keltirilgan yoki adabiyotni umumiy betlar soni keltiriladi «c» yoziladi va nuqta qo‘yiladi.
|