Ayroponika usulida sabzavot yetishtirish texnologiyasi




Download 1.45 Mb.
bet2/5
Sana01.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#48042
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta’lim rahbar
3-amaliyot ish, 7788, Iroda Toshtemirova reading writing 1 mustaqil ish, C Nilida programmalash bo\'yicha masalalar to\'plami. Madraximov SH.F, Elektromexanik tizimlarni avtomatlashtirish qo\'llaniladigan texnologiyalar, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа, 0-Klassifikator-toplam-2023 (1), \'ruza, HQQ, Fizika kafedrasi-fayllar.org, xushvaqtova, Документ Microsoft Word, 1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini, 2-sinf ingliz tili ish reja YANGI
Ayroponika usulida sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Aeroponika, havoda oʻstirish (qadimgi yunoncha: [aero] ... va ponos – ish) – oʻsimliklarni tuproqsiz, nam havoda oʻstirish. Oʻsimlik ildizlariga maxsus asboblar yordamida vaqtvaqti bilan oziq moddalar purkab turiladi. Aeroponika usulini 1910-yil olimi V. M. Arsixovskiy tadqiqot maqsadlari uchun taklif qildi. Keyinchalik Aeroponikadan gulchilik va sabzavotchilikda ham foydalanila boshladi. Aeroponika usulida ildizmevali oʻsimliklar yetish-tirish ham oʻzlashtirilgan. Issiqxona, oranjereya, kosmik kemalarda va boshqalarda qoʻllaniladi.


Substratsiz ekin yetishtirish va avzalliklari. Substratsiz yetishtirish texnologiyasi suvli ekin va ayroponikani bir turi bo‘lib hisoblanadi. U qora-oq plyonkalardan tayyorlangan texnologik englarda sabzavot ekinlarini yetishtirishga asoslangan boiib, ularga vaqti-vaqti bilan oziq eritmalar uzatiladi.
Substratsiz texnologiyani, o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘simliklami ildiz tizimini rivojlanishi suyuq va gazsimon komponentlardan iborat ildiz joylashgan muhitda o‘tadi. Bunday sharoitda butun о’suv davri davomida yuqori fiziologik faollikni saqlaydigan kuchli ildiz tizimi shalklanadi.
Ishlab chiqaruvchilarai fikriga ko‘ra substratsiz texnologiya quyidagilarni ta’minlaydi: mineral paxtani sotib olish, keltirish, tushaklarni yozib chiqish va yigishtirish, ko‘chatIarni dastiabki joylashtirish, drenaj uchun tushaklarda teshikiami kesib ochish xarajatlarini kamaytirish: bir qator texnologik operatsiyalarni qisqarishi hisobiga xarajatlarni kamaytirish;
> drenajdagi yo'qotishlarini bartaraf etish hisobiga suvda eriydigan mineral o‘g‘itlarni va sug‘oriladigan suvni iqtisod qilish;
> ishchi eritmalarni uzatishdagi yo‘qotishlami kamaytirish hisobiga energiya xarajatlarini iqtisod qilish;
> ishlab bo‘lgan mineral paxtali tushaklarni utilizatsiyasi bilan bogiiq ekologiya muammolarni bartaraf etadi.

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi “Baraka meva sanoat servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi
Korxona faoliyatini 2015 yilda yong‘oq, mayiz va kovulni eksport qilishdan boshlagan. Hozirda bu yerda kungaboqar, fasol, urug‘lik kartoshka, duragay makkajo‘xori, pomidor ham parvarishlanmoqda.
Jamiyat tomonidan intensiv bog‘ tashkil etilib, eksportbop mevalar yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 9,6 milliard so‘m bo‘lib, yiliga 4 ming 600 tonna yong‘oq yetishtirish, bir yilda 40 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot olish rejalashtirilgan. Hosilning 70 foizini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Prezidentimiz mazkur korxona imkoniyatlari bilan tanishdi. Intensiv usulda qurilgan issiqxonani kirib ko‘rdi.
Korxonaning 17 sotixlik tajriba uchastkasida meva-sabzavotlar sinovdan o‘tkazilayotir.
Aeroponika usulida kartoshka urug‘i yetishtirish tajribasi Prezidentimizda katta taassurot qoldirdi. Yosh olim Sherzod Toshpo‘latov tatbiq etgan bu usul orqali an’anaviy usulga nisbatan 6 barobar yuqori hosil olish mumkin.
Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida Namanganda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirishga doir maxsus qaror ishlab chiqish, butun mamlakatimizga hosildor urug‘ yetkazib berish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu yerning o‘zida 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni rivojlantirish, tutzorlar tashkil etish, qurg‘oqchil maydonlarning suv ta’minotini yaxshilash, paxtadan bo‘shagan yer maydonlariga bozorgir ekinlar ekish, bular orqali viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Aeroponika usuli, taʼbir joiz boʻlsa, havoda hosil yetishtirish deganidir, — deydi “Organik sits” MCHJ rahbari Oybek Toʻraqulov. — Bunda kartoshka tuproq yoki suvda emas, balki, havoda muallaq holatda parvarishlanadi. Unga kerakli ozuqa purkash orqali yetkazib beriladi. Natijada virussiz hosil olish imkoni yaratiladi. Qolaversa, hosildorlik uch barobarga ortadi. Bir gektar maydondagi issiqxonada Fargʻona vodiysi viloyatlari uchun urugʻlik kartoshka yetishtiriladi. Bunda bir yilda toʻrt marta hosil olish mumkin. Birinchi bosqichda 3 ming gektar maydonga yetadigan urugʻlik olishni rejalashtirganmiz.
5 mln. AQSH dollari miqdoridagi ushbu loyiha bir mavsumda 11,7 mlrd. soʻmni tejab, 11,2 mlrd. soʻm daromad olish imkonini beradi. Ayni paytda issiqxonada pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ikki oydan soʻng maydonga ilk kartoshka urugʻi qadaladi.
Aeroponika - bu ham substratsiz o`stirish bo`lib lеkin o`simlikning ildiz sistеmasi maxsus tokchalardagi qorong’ilashtirilgan havoli bo`shliqda (Qatlamda) bo`ladi. O`simlik ildiziga vaqti vaqtida (har 12-15 minutda) 10-15 sеkund davomida avtomatik tarzda oziq eritma purkalib turiladi. Aeroponikada substratlarni kеltirish , tayyorlash va kеyingi ishlov bеrishga hojat qolmaydi hamda o`simlikning nеmatoda bilan zararlanishiga imkoniyat bo`lmaydi. Bunday usulda sabzavot ekinlarini o`stirish hali yеtarlicha o`rganilmagan va kam qo`llaniladi.


Download 1.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayroponika usulida sabzavot yetishtirish texnologiyasi

Download 1.45 Mb.