Issiqxonada kam tarqalgan sabzavotlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish




Download 1.45 Mb.
bet4/5
Sana01.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#48042
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta’lim rahbar
3-amaliyot ish, 7788, Iroda Toshtemirova reading writing 1 mustaqil ish, C Nilida programmalash bo\'yicha masalalar to\'plami. Madraximov SH.F, Elektromexanik tizimlarni avtomatlashtirish qo\'llaniladigan texnologiyalar, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа, 0-Klassifikator-toplam-2023 (1), \'ruza, HQQ, Fizika kafedrasi-fayllar.org, xushvaqtova, Документ Microsoft Word, 1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini, 2-sinf ingliz tili ish reja YANGI
Issiqxonada kam tarqalgan sabzavotlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish
Aholini noanʼanaviy va foydali sabzavot ekinlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 1,9 ming gektar maydonga, shundan, 1,2 ming gektar fermer, qishloq xo‘jaligi korxonalarida va 702 gektar aholi tomorqa maydonlarida brokkoli ekilgan.
Ushbu maydonlardan barcha toifa xo‘jaliklarida 2022-yilda 37,6 ming tonna, shundan, 27,4 ming tonna mahsulot fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilishi belgilangan.
Hozirda, respublika hududida brokkolining “Agassi F1”, “Ayronmen F1”, “Atlantis F1”, “Geraklion F1”, “Kvinta F1”, “Naksos F1”, “Maraton F1”, “Tiburon F1”, “Fiyesta F1” navlari ekish uchun tavsiya etilgan.
Brokkoli (Brassica botrytis subsp. italica) – karamdoshlar oilasiga mansub, bir yillik o‘simlik, gulkaramning o‘zgargan turi hisoblanadi. Uning vatani Janubiy Italiya bo‘lib, qadimgi Rimda 2 ming yil oldin ham yetishtirilganlilgi ma’lum. Bu ekin Italiyadan Vizantiyaga, keyinchalik esa, boshqa Yevropa davlatlariga keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda brokkoli yetishtirish Yaponiya, Italiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Kanada, Shvetsiya, Polsha, Rossiya, Ukraina va boshqa mamlakatlarda sezilarli darajada ko‘paygan. Mamlakatimizda esa, brokkoli noanʼanaviy, kam tarqalgan sabzavot ekinlari sirasiga kiradi.
Brokkoli boshqa karamlarga nisbatan tez hazm bo‘lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida ko‘plab uglevodlar bo‘lib, poyasi qandga boy. Tarkibida shakar miqdori 1,5-3,8 foiz: uning umumiy miqdorini 5-10 foizini saxaroza, 0,4-0,5 foizini kraxmal, 0,7-1,2 foizini kletchatka tashkil etadi. Shuningdek, brokkoli karami o‘zida ko‘plab mineral moddalarni jamlaydi, yaʼni 100 gramm quruq vaznida kaliy – 490 mg, kalsiy – 105 mg, fosfor – 82 mg bo‘lishi, uning minerallarga boyligini ko‘rsatadi. Brokkolining 100 gramm gul to‘plamlari tarkibida natriy tuzlari – 13,1 mg, magniy – 31,0 mg yod – 12,0 mg temir – 1,3 mg miqdorda bo‘ladi. Brokkoli karamboshlarida gulkaramda uchramaydigan karotin (1,9-4,0 mg/100 g) moddasi ko‘pdir.
Yoshlik eliksiri. Brokkoli turli yoshdagi insonlar uchun juda muhim parhezbop mahsulot. Uning mahsulotidan nurlanish kasalliklarini davolashda samarali foydalanish mumkin. Brokkoli yosh bolalar, homilador ayollar hamda aterosklerozga moyil bo‘lgan keksalar uchun juda foydalidir. Uni sog‘lom soch tolalarini tiklashda, teri va suyak to‘qimalarini shakllanishida qo‘llash yaxshi samara beradi. U keksayishni ortga suruvchi tabiiy mahsulot sanaladi.
Harorat tanlaydi. Brokkoli bir yillik o‘simlik bo‘lib, birinchi yildayoq urug‘ beradi. Lekin buning uchun uzoq o‘sish davrini (260-270 kun) talab etadi. Barglari shakllangandan keyin, qisqa, yo‘g‘on, sershox va etli poyalardan iborat karambosh hosil qiladi. Keyin, bir qism shoxlar uzayib, o‘sa boshlaydi va ro‘vaksimon to‘p gul hamda urug‘ hosil qiluvchi gul poyalarga aylanadi. Brokkoli urug‘i +5-6 daraja haroratda ko‘kara boshlaydi. Uning unib chiqishi uchun eng qulay harorat +18-20 daraja hisoblanadi. Gullashi va urug‘ining yetilishi uchun harorat +18-20 daraja bo‘lishi kerak.

Ekish muddati. Brokkoli karami 4 muddatda: ertaki – fevral oxiri, mart oyi boshlarida, o‘rtapishar – mart oyining oxirgi o‘n kunligida, kechki – 15-iyundan 15- iyulgacha, qish oldidan – noyabr oyi boshlarida ekiladi. Tuvakchasiz o‘stirilgan ko‘chatlar to‘rt-besh, tuvakchalarda yetishtirilganlari esa yetti-sakkiz barg chiqarganda dalaga o‘tqaziladi. Yozgi muddatlarda ekishga mo‘ljallangan ko‘chatlar ko‘chatxonalarda yetishtiriladi. Bunda urug‘lar iyun oyining o‘rtalarida sepilib, iyulning o‘rtasi—avgustning dastlabki kunlarida dalaga o‘tqaziladi. Brokkoli karamini bevosita dalaga urug‘dan ekib yetishtirish ham mumkin. Lekin urug‘ning ko‘p sarflanishi va uning qimmat turishi sababli bu usul ishlab chiqarish sharoitida unchalik foyda bermaydi.
Brokkolini saqlash. Ushbu karamni muzlatilgan, qaynatilgan va yangiligicha saqlash mumkin. U muzlatilgan holda bir yilgacha saqlanadi. Bu usul mavsumdan tashqari bo‘lgan davrda isteʼmolchilarni brokkoli mahsuloti bilan taʼminlashga yordam beradi.


Download 1.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqxonada kam tarqalgan sabzavotlar yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish

Download 1.45 Mb.