Ko’katli sabzavotlarni yetishtirishda nav va duragay tanlash




Download 1.45 Mb.
bet5/5
Sana01.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#48042
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ta’lim rahbar
3-amaliyot ish, 7788, Iroda Toshtemirova reading writing 1 mustaqil ish, C Nilida programmalash bo\'yicha masalalar to\'plami. Madraximov SH.F, Elektromexanik tizimlarni avtomatlashtirish qo\'llaniladigan texnologiyalar, Suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o\'lchash Rеjа, 0-Klassifikator-toplam-2023 (1), \'ruza, HQQ, Fizika kafedrasi-fayllar.org, xushvaqtova, Документ Microsoft Word, 1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini, 2-sinf ingliz tili ish reja YANGI
Ko’katli sabzavotlarni yetishtirishda nav va duragay tanlash
O’zbekiston issiqxonalarida ko’kat ekinlardan ziravor
Ko’katlar (ukrop, kashnich, petrushka), bargli ko’katlar (salat, kress-salat, pekin va xitoy barg karamlari), rediska, barg piyoz eng ko’p tarqalgan. Bu ekinlar bilan band bo’lgan issiqxona maydonlari katta emas, lekin ular yil sayin kengayib bormoqda.
O’zbekistonda himoyalangan yerlarda ko’kat ekinlar besh oy davomida – noyabrdan to aprelgacha etishtiriladi. Kuz oxiri va qish boshida O’zbekiston mevalar, uzum, kechki yangi va tuzlangan sabzaotlarni mo’lligi bilan tavsiflanadi.
Bu ko’kat ekinlarga so’rovni kamaytiradi. SHuning uchun kuzgi-qishki aylanishda faqat ukrop, kress salat, kashnich etishtiriladi. Bargli salat ko’proq qishki-bahorgi aylanishda etishtiriladi.
Ekish usullariga ko’ra ko’kat ekinlar 2 guruhga bo‗linadi: urug‗ bilan ekiladigan va tezlashtirib o’stiriladigan. Qisqa o’suv davriga ega bo’lgan ko’kat ekinlarni urug’ini inshoot tuprog’iga ekish yo’li bilan, uzun o’suv davrililari esa tezlashtirib o’stirish uslubi orqali etishtiradilar.
O’zbekiston sharoitida urug’idan ekiladigan ko’kat ekinlarni to’g’ridan-to’g’ri issiqxona eriga ekish yo’li bilan, yorug’lik kam bo’lgan eng shimoldagi mamlakatlarda ularni ko’chat orqali etishtiradilar. O’zbekistonda o’stiriladigan Ko’kat ekinlar ichida petrushka, bosh piyoz bargi tezlashtirib o’stirish yo’li bilan, qolgan ekinlar urug’idan ekilib etishtiriladi.
Urug’ bilan ekiladigan ekinlarni barcha turdagi inshootlarda etishtirish mumkin. Lekin plyonkali issiqxonalarda (isitiladigan ham isitilmaydigandan) etishtirish ko’proq maqsadga muvofiqdir. Bu ekinlarni qishki issiqxonalarda pomidor va bodringga zichlovchi ekinlar sifatida ham etishtiradilar. Ammo, asosiy ekinni haroratga talablari zichlovchilar uchun to’g’ri kelmaganligi sababli undan yuqori hosil olishni qiyinlashtiradi.
O’zbekistonda etishtiriladigan ko’kat ekinlar o’zining botanik oilalarga mansubligiga qarab farqlanadi. Ukrop, kashnich, petrushka – Seldirsimonlar, kress salat va pekin karami – Karamsimonlar, salat – Astrasimonlar, bosh piyoz –
Piyozguldoshlar oilalariga mansubdir.
Himoyalangan erlarda etishtiriladigan ko’kat ekinlarda bir qator umumiy xususiyatlar namoyon bo’ladi. Urug’lar tezpisharligi bilan farqlanadi va hosilni (ko’katni) deyarli qisqa vaqti davrda (24-45 kunda) shakllantiradi. Ko’kat ekinlar
Ko’pincha yangiligida, yig’ishtirilgan kun yoki yig’ishtirilgan kundan qisqa vaqt o’tgach iste‘mol qilinadi. Salat, rediska, ko’k piyoz va boshqalar faqat yangiligida iste‘mol qilinadi. Petrushka va ukrop turli taomlarga dorivor sifatida qo’llaniladi, hamda tuzlashda va sirkalashda ziravor sifatida foydalaniladi. Ularni hammasi yilning eng qorong’i davrida – dekabrdan to fevralgacha yangi mahsulot berish xususiyatiga ega.
Salat – bir yillik o’tli o’simlik. Salat 3 ta tur xili bilan farqlanadi: bargli, bosh
O’raydigan va romen salatlari.
Bargli salat urug’ unib chiqqandan boshlab 30-40 kun o’tgach barg tupini hosil qiladi, va u ovqatga ishlatiladi. Tup barg hosil qilgandan so’ng o’simlik gul poya chiqarib yuboradi. U paydo bo’lshi bilan barglar achchiq va ishlatishga yaramaydigan bo’lib qoladi.
Bosh o’raydigan salat ham boshida tup barglarni hosil qiladi, shundan so’ng
Bo’sh (yumshoq) boshni shakllantiradi, uni pishib etilishi urug’ unib chiqqandan so’ng 50-95 kun o‗tgach boshlanadi.
Romen ovalsimon yoki teskari tuxumsimon shakldagi boshchalar hosil qiladi.
Romen salatini ekilgandan to texnik pishib etilishigacha o’suv davri 70-100 kun.
Salat – qimmatli vitaminlar va mineral tuzlarning manbayi. 100 g xo’l massada 6 mg gacha karotin (provitamin A), 15 mg gacha vitamin S, hamda V1, V2 va V6 vitaminlari mavjud.
Salat barglari tarkibida 2,5-3,8% shakar, erkin aminokislotalar, kalsiy, temir, natriy, fosfor, magniy tuzlari, mikroelementlar, asparagan, hamda olma, limon, shovul va yantar kislotalari mavjud. Salatni sutli shirasida uyquni tinchlantiradigan va qon bosimini pasaytiradigan glyukozid laktutsin mavjud. Salat antisklerotik modda xolinni hosil bo’lishiga yordam beradi, organizmdan xolesterinni chiqishini tezlashtiradi, bu aterosklerozni oldini oladi. Salat ovqatni hazmi bo’lishini va modda almashuvni yaxshilaydi, yuqori qon bosimini pasaytiradi, uni qand (diabet) xastaligida ham iste‘mol qilish tavsiya etiladi.
Barcha salat turlari o’q ildizli, va tuproq yuziga yaqin joylashgan ko’p sonli yon shoxlardan iborat. Barglari o’tiruvchan, yaxlit yoki tilim-tilim, turli shaklda.
Barglarni yuzasi puffakli, burushgan yoki deyarli silliq, och-yashil, yashil yoki to’q-yashil rangda. Barglarni kesilgan joyida sutli shira chiqib turadi.
Gulli poyalarining balandligi 60-120 sm. To’pgullari – savatchaga to’plnagan, gullar sariq rangda, o’z-o’zidan changlanuvchan. Urug’lari mayda, oq yoki kul rangda. 1000 urug’ni massasi 0,8-1,2 g, urug’lar 3-4 yil unuvchanligini saqlaydi.
Ismaloq (Spinacia) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. I. ikki jinsli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez yetiladigan oʻsimlik. AQSH, Kanada, Yevrosiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda poliz I. (S. oleracea L.) turi sabzavot sifatida oʻstiriladi. Dalaga erta bahorda ekiladi. Urugʻi 3—4 kunda koʻkarib chiqadi. Unib chiqqanidan keyin 30—45 kunda barglari isteʼmolga tayyor boʻladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150—300 s/ga. Choʻchqatikan (S. turkestanica Iljin) turi ekinzorlarda va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻtloqlarda begona oʻt tarzida uchraydi. Boʻyi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, poyaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mevasi — tikanli toʻpmeva. I. unib chiqqanidan keyin 30—40 kunda maysasi, 90—100 kunda urugʻi yetiladi. 8—9° sovuqqa chidamli. Tarki-bida karotin, vitamin V, V2, S, organik kislotalar boʻlib, xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklariga qoʻllaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda meditsinada meʼda osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, barglari bahorda, vitaminlarga boy boʻlib, undan somsa va b. taomlar tayyorlanadi.
Kashnich (Coriandrum) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi, efir moyli va koʻkat-sabzavot ekini. Oʻrta dengiz atroflarida 2 turi, Oʻrta Osiyoda 1 turi — ekma K. (C.sativum) oʻsadi. Yevropa, Shim. Afrika, Osiyo, Shim. Amerika, mamlakatlarida, Ukraina, Rossiyaning markaziy qoratuproq viloyatlarida xoʻjalik maqsadlarida ekiladi. Urugʻidan yetishtiriladi. K. poyasi qirrali, sershox, barglari uzun bandli. Gullari oq yoki pushti; soyabonlarga toʻplangan. Mevasi yumaloq.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. 6-sinf darsligi, O’. Pratov, A. To’xtayev, F. Azimova. Toshkent “O’zbekiston” nashriyoti. 2013 yil.
2. Biologiya. M.M. Abdulxayeva, N.S. Yusupova, D.S. Abdulxayeva. Toshkent “Iqtisod Moliya” nashriyoti. 2012-yil.
3. Burmistrov A.D. Yagodnie kulturi, 2 izd. L., 1985; Abdullayev R., Yagudina S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.
4. Oʻrik, shaftoli, olxoʻri, T., 1960; Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Sobirov M. Q., Tomorqa bogʻdorchiligi, T., 1991.
5.Botanika. Tursinbayeva G.S, Duschanova G.M, Sadinov J.S.pdf
6. https://uz.wikipedia.org/
7. https://agro-olam.uz/
Download 1.45 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko’katli sabzavotlarni yetishtirishda nav va duragay tanlash

Download 1.45 Mb.