Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha talablar




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.12.2023
Hajmi0,66 Mb.
#112244
1   2   3   4   5
Bog'liq
NKSHT 4MT (2)

 
 
 
4.2. Xom ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker olish. Maydalab 
tuyilgan va yaxshilab aralashtirilgan xom-ashyoviy aralashma tsement kuydiruvchi 
pechlarda 1400-1500°C haroratda kuydiriladi. Xom ashyoviy aralashmani 
kuydirish quruq usulda ishlab chiqarishda ham asosan aylanuvchi pechlarda 
amalga oshiriladi. Aylanuvchi pech bir oz qiya qilib joylashtirilgan uzun 
tsilindrdan iborat bo’lib, ichi olovbardoshli qilib qoplangan bo’ladi. Pechning 
uzunligi 95-185-230 m, diametri 4-7 m bo’ladi. Aylanuvchi pechlar teskari oqish 
printsipi bo’yicha ishlaydi. Kukun (quruq usulda) yoki shlam (ho’l usulda) 
ko’rinishdagi xom ashyo avtomatik ta’minlovchi vositasida pechga uning yuqori 
(sovuq) tomonidan yuboriladi, quyi (issiq) tomondan esa 20-30 metrli alanga 
ko’rinishida yoqilg’i (tabiiy gaz, mazut, havo va ko’mir kukuni aralashmasi) 
puflanadi. Xom ashyo pech ko’ndalang kesimning fasat bir kisminigina egallaydi 
va u pech 1-2 ayl/min tezlik bilan aylanib turgani holda, turli harorat bo’linmalarini 
o’tib asta-sekin pastga yonuvchi gazlar tomonga qarab harakatlanadi. V.I. YUng 


bergan ma’lumotlarga ko’ra aylanuvchi pech shartli ravishda oltita zonaga 
bo’linadi:
1) Bug’lanish bo’linmasi – haroratining 70°C dap 200°C ga uzluksiz osha 
borishda tushayotgan xom ashyo quriydi. Qurigan modda uvalanadi, aylanib-
aylanib tushayotganda uvalangan xom ashyo yanada mayda shakillarga bo’linadi.
2) Qizdirish bo’linmasi – 200°C dan 700°C gacha haroratda xom ashyodagi 
organik aralashmalar kuyib ketadi, gilli minerallardan kristallokimyoviy suv chiqib 
ketadi, 450-500°C da suvsiz kaolinit Al2O3, 2 SiO2 yuzaga keladi. Bu ikki 
bo’linma ishlab chiqarishining ho’l usulida pech uzunligining 50-60% ni egallaydi, 
quruq usulda esa xom ashyoni tayyorlash bug’lanish bo’linmasi hisobiga qisqaradi.
3) Karbonsizlanish bo’linmasi – uzunligi pech uzunligining 20-23% ini 
tashkil qiladi. Bu bo’linmada kuydirilayotgan moddaning harorati 700°C dan 
1100°C gacha ko’tariladi. Bu erda kal’tsiy va magniy karbonat tuzlarining 
bo’linishi jarayoni nixoyasiga etadi va katta miqdordagi erkin kal’tsiy oksidi 
yuzaga keladi. CaCO
3
ning termik bo’linishi – issiqlikning katta yutilishi bilan 
kechiruvchi endotermik jarayon bo’lib, bu tufayli pechning shu bo’linmasida 
issiqlik iste’moli katta bo’ladi. SHu bo’linmada suvsizlangan gilli minerallarning 
SiO2, Al2O3, Fe2O3 oksidlariga parchalanish yuz beradi. *CaO esa 3CaO*Al
2
O
3
va qisman 2CaO*Al
2
O
3
tipidagi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi.
4) 
Ekzotermik 
reaktsiyalar 
bo’linmasida 
(1106-1250°C) 
3CaO*Al
2
O
3
*4CaO*Al
2
O
3
*Fe
2
O
3
hosil bo’lishining qattiq fazali reaktsiyalari 
kechadi va pech uzunligining 5-7% ni egallaydi, va katta miqdorda issiqlik chiqishi 
va modda haroratining jadal ravishda ortishi (150-200°C ga) bilan birgalikda 
kechadi.
5) Erish bo’linmasida (1300-1450-1300°C) - (davomiyligi pechning 10-15% 
ni tashkil qiladi) pechning harorati kuydirilayotgan modda uchun eng yuqori 
harorat (1450°C)ga erishadi. Bu moddaning qisman erishi va alit 3CaO*SiO2 hosil 
bo’lishi uchun zarur. 1300°C da kuydirilayotgan modda hajmining 20-30% 
miqdori (nisbatan engil eruvchi minerallar C
3
Al, C
4
AlF va aralashmalar) eriydi. 
Haroratning 1450°C gacha ko’tarilishida klinker suyuqligi va CaO eriydi va 
eritmada ulardan alit 3CaO*SiO2 hosil bo’ladi. Alit eritmada yomon eriydi va 
buning natijasida undan mayda kristallchalar ko’rinishida ajralib qoladi. Alit hosil 
bo’lish jarayoni modda 15-20 minut erish bo’linmasida bo’lganda tugaydi. 
Pechning aylanib turishida erigan modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli 
mayda zarrachalar granulalar bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450°C dan 
1300°C ga pasayishi eritmaning (periklaz ko’rinishida) qotishiga olib keladiki, bu 
qotish erish bo’linmasidan keyin keluvchi sovish bo’linmasida tugaydi.
6) Sovish bo’linmasida klinkerning harorati 1300°C dan 1000°C gacha 
pasayadi; bu erda uning to’zilishi va alit, belit va boshqa minerallarni periklaz, 
shishasimon faza hamda ikkinchi darajali tashkil etuvchilarni o’z ichiga oluvchi 
tarkibi butkul shakllanadi. Klinkerda erkin ohak CaO 0,5-1%dan ortiq bo’lmasligi 
kerak. Klinker aylanuvchi pechdan to’q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli 
granulalar ko’rinishida chiqadi. Klinker pechdan chiqishida 1000°C dan turli 
turdagi sovutkichlarda 100-200°C gacha sovutiladi va bir-ikki xafta omborxonada 


saqlanadi. TSement ishlab chiqarishning quruq usuli so’nggi yillarda anchagina 
takomillashtiriladi. eng ko’p quvvat talab qiluvchi jarayon bo’lmish xom ashyoni 
karbonsizlantirish – aylanuvchi pech zimmasidan olinib, bu jarayon tezroq 
kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig’idan foydalanuvchi 
dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom ashyoviy un avval tsiklonli issiqlik 
bergichlar tizimiga tushib, bu erda muallaq holda (qaytayotgan) gazlar bilan 
yasatiladi va issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladi. Issiqlik bergichlarni 
dekarbonizator bilan birgalikda pechning uzunligi tahminan ikki marta qiskaradi. 
Bizning O’zbekistonda portlandtsement tayyorlashning yangi usuli – klinkerni 
xloridlarning tuzli eritmasida kuydirish usuli topildi. Bu usulning muallifi 
B.V.Nudel’man pechning asosiy reaktsion muxiti silikatli eritmani xloridlar 
asosidagi tuzli eritma bilan almashtirdi. Alenit – yuqori asosiy Al-Ca kal’tsiy 
silikati bo’lib, tarkibida 2,5,0 xlorid mavjud. Bu holda klinker 3-4 marta engilroq 
maydalanadi, bu esa tuyishning quvvat sarfini kamaytirish va tuyuvchi asboblar 
sonini qisqartirish imkonini beradi. Alenitli tsement dastlabki muddatlarda tezroq 
gidratlanadi. Biroq bu turdagi tsementdan foydalanilgan konstruktsiyalar tez 
emirilishi kuzatilgan. Bugunda bu tsementdan tayyorlangan betonning emirilishiga 
chidamliligini chuqur o’rganilmoqda. 

Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha talablar

Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish