4-mustaqil ta’lim topshiriqlar.
Portland sement va oq sement ishlab chiqarish texnologiyasi mavzusi bo`yicha
mustaqil topshiriqlar
4.1-Portland sement ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalari;
4.2-Portland sement klinkerini kuydirish va tuyish jarayonlari;
4.3-Oq sement ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalari;
4.4-Rangli sement ishlab chiqarish texnologiyasi va xossalari.
PORTLAND SEMENT VA OQ SEMENT ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI MAVZUSI BO`YICHA MUSTAQIL TOPSHIRIQLAR
Topshiriqni bajarish uchun zarur bo`lgan qisqacha nazariy va hisobiy
ma’lumotlar
4.1. Oq portlandtsement – bu tarkibida ozgina (0,3 – 0,45%gacha) temir
oksidi bo’lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil bo’ladigan gidravlik bog’lovchi
modda. Klinkerni tuyayotganda 15% gacha gidravlik yoki 10%gacha inert
qo’shilmalar qo’shishga, shuningdek tishlashish muddatlarini keragicha o’zgartirib
turish uchun SO
3
ga hisoblaganda ko’pi bilan 3% gips solish ruxsat etiladi. Gips va
qo’shilma tuyilganidan keyin ana shu nav tsement uchun belgilangan darajada oq
bo’lishi kerak.
Oq tsement klinkerining mineralogik tarkibi. Portlandtsement klinkeri
minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab xar xil rangda bo’ladi. Masalan,
kal’tsiy silikatlari oq, C3S, chunonchi, C2S dan oqroq. Ayniqsa uch kal’tsiy
alyuminat oppoqligi bilan ajralib turadi. To’rt kal’tsiy alyumoferrit temir oksidlari
tufayli qoraroq tusda, shu sababli odatdagi portlandtsement kulrang-yashil tusda
bo’ladi. Demak, klinkerda buyovchi oksidlar, ayniqsa Fe2O3 bo’lmasa, bunday
tsement oq rangli bo’ladi. SHunday qilib oq portlandtsement ishlab chiqarishdagi
asosiy vazifa, tarkibida temir oksidi bo’lmagan yoki juda oz miqdorda bo’lgan
xom ashyoni ishlatishdan iboratdir. Bunday klinkerda S4AF ham deyarli
bo’lmaydi. Biroq ma’lum kimyoviy tarkibli xom ashyoni ishlatishning o’zi
nihoyatda oq portlandtsement ishlash uchun kifoya qilmaydi. Bo’yovchi oksidlar
tsementga yoqilg’i kulidan yoki tuyayotganda sharlardan yo tegirmonning po’lat
qoplamidan o’tishi mumkin. SHuning uchun klinkerni kuydirayotganda kulsiz
suyuq va gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Klinker kuydirib bo’lgan zaxotiyoq
«oqlanadi». Buning uchun qaytarish muhit ta’siriga uchratiladi. SHunda klinker
tarkibida bo’lgan Fe
2
O
3
ko’rinishidagi temir oksidi kamroq bo’yaydigan Fe3O4 ga
aylanadi va tsement yanada oqaradi.
|