• Oq tsement klinkerining mineralogik tarkibi.
  • Rang beruvchi moddalar
  • Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha talablar




    Download 0,66 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana06.12.2023
    Hajmi0,66 Mb.
    #112244
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    NKSHT 4MT (2)

    4.3. Oq portlandtsement – bu tarkibida ozgina (0,3 – 0,45% gacha) temir 
    oksidi bo’lgan oq klinkerni mayda tuyishdan hosil bo’ladigan gidravlik bog’lovchi 
    modda. Klinkerni tuyayotganda 15% gacha gidravlik yoki 10% gacha inert 
    qo’shilmalar qo’shishga, shuningdek tishlashish muddatlarini keragicha o’zgartirib 
    turish uchun SO
    3
    ga hisoblaganda ko’pi bilan 3% gips solish ruxsat etiladi. Gips va 
    qo’shilma tuyilganidan keyin ana shu nav tsement uchun belgilangan darajada oq 
    bo’lishi kerak.
    Oq tsement klinkerining mineralogik tarkibi. Portlandtsement klinkeri 
    minerallari tarkibida qanday oksid borligiga qarab xar xil rangda bo’ladi. Masalan, 
    kal’tsiy silikatlari oq, C3S, chunonchi, C2S dan oqroq. Ayniqsa uch kal’tsiy 
    alyuminat oppoqligi bilan ajralib turadi. To’rt kal’tsiy alyumoferrit temir oksidlari 
    tufayli qoraroq tusda, shu sababli odatdagi portlandtsement kulrang-yashil tusda 
    bo’ladi. Demak, klinkerda buyovchi oksidlar, ayniqsa Fe
    2
    O
    3
    bo’lmasa, bunday 
    tsement oq rangli bo’ladi. SHunday qilib oq portlandtsement ishlab chiqarishdagi 
    asosiy vazifa, tarkibida temir oksidi bo’lmagan yoki juda oz miqdorda bo’lgan 
    xom ashyoni ishlatishdan iboratdir. Bunday klinkerda S
    4
    AlF ham deyarli 
    bo’lmaydi. Biroq ma’lum kimyoviy tarkibli xom ashyoni ishlatishning o’zi 
    nihoyatda oq portlandtsement ishlash uchun kifoya qilmaydi. Bo’yovchi oksidlar 
    tsementga yoqilg’i kulidan yoki tuyayotganda sharlardan yo tegirmonning po’lat 
    qoplamidan o’tishi mumkin. SHuning uchun klinkerni kuydirayotganda kulsiz 
    suyuq va gazsimon yoqilg’i ishlatiladi. Klinker kuydirib bo’lgan zaxotiyoq 
    «oqlanadi». Buning uchun qaytarish muhit ta’siriga uchratiladi. SHunda klinker 
    tarkibida bo’lgan Fe
    2
    O
    3
    ko’rinishidagi temir oksidi kamroq bo’yaydigan Fe
    3
    O
    4
    ga 
    aylanadi va tsement yanada oqaradi.Xom ashyo aralashmasi va oq tsement klinkeri 
    maxsus qattiq, kam eyiladigan po’lat yoki chinni plitalar qoplangan shar 
    tegirmonlarda maydalanadi. Oq portlandtsement klinkerini ishlab chiqarish uchun 
    zarur xom ashyo tariqasida nihoyatda oppoq materiallar ishlatiladi: sof ohaktosh 


    yoki bor va kaolinlar (ko’pincha kaolin sanoati chiqindilaridan foydalaniladi). Oq 
    portlandtsement suvda qorgandan keyin kamida 30 minutdan so’ng tishlasha 
    boshlashi, kechi bilan 12 soatdan keyin tishlashib bo’lishi lozim (iste’molchi bilan 
    kelishilsa, tishlashish mudatlari boshqacha belgilanishi ham mumkin). Sementning 
    tuyilish maydaligi 021 raqamli elakdan batamom elanib o’tishiga va 009 raqamli 
    elakda ko’pi bilan 15% qoldiq qolishiga qarab aniqlanadi. Siqilishdagi 
    mustahkamlik chegarasi bo’yicha oq portlandtsement 250; 300 va 400 markalarda 
    ishlab chiqariladi. Klinkerda ancha miqdorda C
    3
    S va C
    3
    Al bo’lgani uchun oq 
    tsement tez mustahkamlana boradi. Oq portlandtsement oqlik darajasiga qarab uch 
    navga bo’linadi: OS=1, OS=2 va OS=3 (OS – oq portlandtsement). 
    4.4. Asbest-tsement olishda ishlatiladigan portlandtsement quyidagi 
    talablarga javob berishi kerak:
    C
    3
    S miqdori 50% dan kam bo’lmasligi kerak;
    C
    3
    Al miqdori 8% dan ko’p bo’lmasligi kerak;
    CaO erkin miqdori 1% dan ko’p bo’lmasligi kerak;
    SO
    3
    miqdori 1% dan kam va 3,5% dan ko’p bo’lmasligi kerak.
    Odatda asbest-tsement buyumlar olishda markasi 400-500 bo’lgan 
    bog’lovchi moddalrni ishlatish mumkin. Bunda tsement xosslarini yaxshilash 
    uchun 3% dan oshmaydigan miqdorda va tsement klinkerini maydalanishini 
    engillashtirish uchun 0,5% atrofida qo’shimcha moddalar qo’shiladi. elash uchun 
    olingan jami klinkerning kamida 88% va ko’pi bilan 93% 008 mm li elakdan 
    o’tishi kerak. Qotish davri 1 soat 30 minutdan oldin boshlanishi, tugashi esa 12 
    soatdan kech bo’lmasligi kerak. Portlandtsement tashqari asbest-tsementli 
    mahsulotlar olishda qumli tsementdan fodalaniladi. Qotib ulgurmagan buyumlarga 
    avtoklav va bug’latish kameralarida ishlov beriladi. Asbest-tsement olishda 
    tsementning turi, maydalanish darajasi va mineralogik tarkibi muhim ahamiyatga 
    ega. Portlandtsementga xos bo’lgan, suvni tutib qolish xususiyati ham asbest-
    tsementli buyumlar olishda muhim ahamiyatga ega. Agar bu qiymat ortsa, asbest-
    tsement omixtani sizib o’tish jarayoni yomonlashadi, bu esa o’z navbatida undagi 
    suvning miqdorini siqib chiqarishni yomonlashtiradi. SHuning uchun klinker 
    tarkibidagi C
    3
    Al miqdori, tsementning maydalanish darajasi, qo’shilayotgan 
    moddalarning miqdori (3% dan ko’p bo’lmasligi kerak) suvni tutib qolish 
    xususiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Tayyor mahsulotning asl rangi uni tayyorlashda 
    ishlatiladigan asosiy xom ashyo turlaridan biri, ya’ni tsementning rangiga bog’liq, 
    uning rangi esa tsement tayyorlashda ishlatiladigan xom ashyoning tarkibiga va 
    quydirish sharoitiga bog’liq. Asbest-tsementdan tayyorlangan mahsulotning rangi 
    kulrang-ko’k bo’lib, ko’rimsizdir. SHuning uchun mahsulot asosan binolarni 
    qurishda ishlatilishini hisobga olib, uning rangini chiroyli, ko’zga tashlanadigan 
    qilib chiqarishni taqozo etadi. Buni hisobga olgan holda rangli tsementdan 
    foydalanish tavsiya etiladi. Bunda tsement ishlab chiqaradigan korxonalarda oq 
    tsementga rang hosil qiluvchi moddani aralashtirish orqali rangli tsement 
    tayyorlanadi.
    Hozirgi paytda sanoat miqyosida quyidagi rangli asbest-tsement mahsulot 
    turlari ishlab chiqarilmoqda:
    1) butun qalinligi bo’yicha bo’yalgan buyumlar;


    2) faqat ustki yuzasi rangli tsement bilan bo’yalgan buyumlar;
    3) faqat ustki yuzasi rangli sirt bilan bo’yalgan buyumlar.
    Agar umumiy massani rangli qilish kerak bo’lsa, rang hosil qiluvchi moddani 
    asbest-tsement aralashmasiga sepiladi va undan buyumlar qoliplanadi. Bu usul 
    juda kam tarqalgan. Agar rangli tsement bo’lsa, korxonada oq tsementga rang hosil 
    qiluvchi modda (1:1) nisbatda aralashtiriladi. Rang hosil qiluvchi modda ishqor 
    ta’siriga chidamli, tsementni suv bilan birikishidan hosil bo’lgan moddalar bilan 
    kimyoviy birikma hosil qilmaydigan bo’lishi kerak. Bunday rangli omixtadan 
    buyumlar qoliplash mashinalarida tayyorlanadi. Lekin rangli moddani qo’shish 
    omixtani sizib o’tish xususiyatini yomonlashtiradi, mustahkamligini kamaytiradi. 
    4-12% miqdorda ishlatiladigan rang beruvchi modda tayyor mahsulotning 
    tannarxini oshiradi. Ko’pincha mato ustidagi qatlamni bo’yash uchun tsement va 
    rang beruvchi modda aralashmasidan tayyorlangan suyuqlikni purkash usulidan 
    foydalaniladi. Rang beruvchi moddalar sifatida redoksayd; Cr2O3 ftalotsianin, 
    qizil temir oksidi (90%), tabiiy pirolyuzit ishlatiladi. Yuzasi 1 m2 bo’lgan yassi 
    buyumlarni bo’yash uchun 0,06-0,07 kg rang beruvchi modda sarf qilinadi. 
    Kupincha VO, UV, SV va SE xildagi mahsulot turlari bo’yaladi. 

    Download 0,66 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,66 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish bo‘yicha talablar

    Download 0,66 Mb.
    Pdf ko'rish