• Bilish jarayonlari
  • -Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat




    Download 325,21 Kb.
    bet58/62
    Sana29.05.2024
    Hajmi325,21 Kb.
    #256702
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
    Bog'liq
    Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari. Gʻarb mutafakkirl-hozir.org

    29-Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat.
    Bilish jarayonlari va professional faoliyat
    Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
    Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko’rgan-kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z his-kechinmalarini ayta olsa, boshqalar – har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb-korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o’z diqqatini har qanday mayda o’zrgarishlarga ham qaratishga o’rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob-kitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchi-moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqyealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish bilish jarayonlari – idrok, sezgi, xotira, diqqat, tafakkur, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtalib o’tamiz.
    Xo’sh, bilish jarayonlari deganda psixologiyada aynan nimalar nazarda tutiladi? Bilish jarayonlari – bu shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o’zini o’rab turgan atrof-muhitning ma’lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va ular ustida o’ziga zarur xulosalar chiqarib, o’z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yaxlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o’ziga xos hissiy-kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och qolganda, yemishga bo’lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo’qligini birovlardan so’ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o’zi o’qiyotganligini boshqalardan so’ramaydi. Bunday ishlar o’z-o’zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kechasi bilan mutoaala qilib, o’rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko’proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz.
    Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo’lib, agar siz o’z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo’lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.


    Download 325,21 Kb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




    Download 325,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Mavzu: Bilish jarayonlari va professional faoliyat

    Download 325,21 Kb.