Ko‘prik qurilishi bo‘yicha ishlar xajmini aniqlash




Download 259.29 Kb.
bet2/10
Sana21.10.2023
Hajmi259.29 Kb.
#89333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi 60%
to\'garak jurnali, 16maktab beyjik, O, Презентация1, 11-sinf Informatika nazorat ishi, klaster, jurayeva-sevinch-falsafa-fani-amaliy-topshiriq, 6-labor. texnik mexanika (1), cdPQov0ZRVO8z9kTWAfSCUyU4dZ8Kykn7njqyV79, C shart operatori, 3-Ma\'uza, 1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili. , MS Excel 1, KOmp tarmoq
1. Ko‘prik qurilishi bo‘yicha ishlar xajmini aniqlash.

Qurilishda ishchi kuchi, moddiy-texnika va energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek qurilishning smeta narxini hisoblash uchun asosiy va eng muhim birinchi hujjat - bu ko‘prikni qurish texnologiyasi va maxsus yordamchi inshootlar va qurilmalar loyihalari ishlab chiqilgandan so‘ng tuziladigan ishlar xajmlari vedomostidir. Ushbu vedomostda bajariladigan ishlarning barchasi shunday darajada detalizatsiya qilinadiki, uning asosida barcha kerakli resurslarga bo‘lgan ehtiyoj hisoblab chiqilishi mumkin bo‘lsin. Ishlar xajmlari vedomostini beparvolik bilan tuzish qurilish zarur resurslar bilan yetarli darajada ta’minlanmasligiga va qurilishning normal ketishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bunda maxsus yordamchi inshootlar va qurilmalar bo‘yicha ishlar xajmini aniqlashga alohida e’tibor berilishi kerak.


Vedomostni tuzishda SNiPda qabul qilingan ishlarning nomenklaturasi va yagona mintaqaviy birlik narxlari (YeRER) dan foydalaniladi. Vedomostda, nafaqat, ko‘prik elementlarini qurish bo‘yicha ishlar (masalan, qoziqlarni qoqish, oraliq qurilmani montaj qilish), balki maxsus yordamchi inshootlarni qurish, ayni paytda amalga oshiriladigan turli xil ishlar bo‘yicha ishlar xajmi ko‘rsatiladi. Masalan, daryo o‘zanida baland joylashgan qoziqli rostverk ko‘rinishidagi tayanch poydevorini qurishda ishlarning ro‘yxati (vedomosti) quyidagi elementlardan iborat bo‘lishi mumkin: daryo qirg‘og‘ida qoziqlarni qoqish (tushirish) uchun inventar va individual elementlardan yo‘naltiruvchi karkasni yig‘ish, karkasning individual elementlarini tayyorlash, karkasni suvga tushirish uchun stapelni qurish, karkasni tashish uchun suzuvchi tizimni yig‘ish (shu jumladan, uni suvga tushirish bo‘yicha ishlar), karkasni tashish va uni tayanch o‘qiga o‘rnatish, mayak qoziqlarini qoqish (tushirish), tayanch poydevorlari qoziqlarini qoqish, suv o‘tkazmaydigan shpuntli yoki boshqa turdagi to‘siqni o‘rnatish, suv osti betonidan tamponaj qatlamini o‘rnatish, rostverk plitasini betonlash, suv o‘tkazmaydigan to‘siqni va karkasni qismlarga ajratib olib tashlash. Bundan tashqari, buksirni ijaraga (arendaga) olish narxini hisobga olish kerak. Qoziq, beton va boshqa materiallarni ombordan tayanchgacha tashish xarajatlari alohida hisobga olinadi (ko‘prik elementlari guruhi uchun transport ishlari hajmi yiriklashtirilgan shaklda berilishi mumkin).
Shunday qilib, ishlar xajmlari vedomostlarini tuzishda ko‘prikni qurishning butun jarayoni to‘g‘risida yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak (kelajakda ushbu ma’lumotlar, shuningdek, qurilish grafigini tuzishda ham foydalaniladi). 1- jadvalda ishlar xajmlari vedomostining shakli berilgan. Unda tayyorgarlik ishlarining batafsil ro‘yxati keltirilgan (ularning hajmini aniqlash uchun tushuntirishlar quyida keltiriladi), asosiy ishlar uchun faqat boblarning sarlavhalari ko‘rsatilgan.


1-rasm. Qurilishi rejalashtirilayotgan ko’prik fasadi


Download 259.29 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 259.29 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘prik qurilishi bo‘yicha ishlar xajmini aniqlash

Download 259.29 Kb.