• Pnevmatik asboblar va apparatlar tomonidan siqilgan havo iste’moli
  • 2. Vaqtinchalik elektr ta’minoti
  • Pnevmatik asbob-uskunalarning bir vaqtda ishlashini hisobga oladigan




    Download 259.29 Kb.
    bet8/10
    Sana21.10.2023
    Hajmi259.29 Kb.
    #89333
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kurs ishi 60%
    to\'garak jurnali, 16maktab beyjik, O, Презентация1, 11-sinf Informatika nazorat ishi, klaster, jurayeva-sevinch-falsafa-fani-amaliy-topshiriq, 6-labor. texnik mexanika (1), cdPQov0ZRVO8z9kTWAfSCUyU4dZ8Kykn7njqyV79, C shart operatori, 3-Ma\'uza, 1-Ma’ruza mashg’uloti. Mavzu Kirish. C dasturlash tili. , MS Excel 1, KOmp tarmoq
    Pnevmatik asbob-uskunalarning bir vaqtda ishlashini hisobga oladigan k2 koeffitsientning qiymatlari
    1-jadval

    Instrumentlar soni

    1

    2-3

    4-6

    7-10

    11-20

    25 va undan ortiq

    Bir vaqtlilik koeffitsienti k2

    1

    0,9

    0,8

    0,7

    0,6

    0,5

    Pnevmatik qurilmalar uchun siqilgan havoga bo‘lgan ehtiyoj ham shunga o‘xshash tarzda aniqlanadi.


    Pnevmatik asboblar va moslamalarni siqilgan havo bilan ta’minlash uchun, odatda, ish joyiga yaqin joyda o‘rnatilgan ko‘chma kompressorlar qo‘llaniladi. Kompressorlarning texnik tavsiflari maxsus adabiyotlarda keltirilgan.


    Pnevmatik asboblar va apparatlar tomonidan siqilgan havo iste’moli
    2-jadval

    Asboblar va
    apparatlarning nomlari

    Atmosfera bosimida havoning sarfi, m3/min

    Burg‘ilash mashinasi

    1,3

    Silliqlash mashinasi

    1,6

    Qum purkovchi apparat

    2,5

    Drobpurkovchi apparat

    5,0

    Gayka burovchi

    1,5

    Bo‘yash apparati

    0,3

    Perforator

    1,8

    Otboy bolg‘asi

    1,3

    In’eksiyalovchi apparat

    2,2

    Erlift, grunt bo‘yicha ishlab chiqarishi, m3/ch




    2,0

    1,1

    3,5

    1,8

    Sementni tushiradigan pnevmatik qurilma

    4,0

    Bir harakatli qoziq qoqish bolg‘alari, og‘irligi, kg:




    1500

    15,0

    6000

    40,0



    2. Vaqtinchalik elektr ta’minoti
    Ko‘priklarni qurish uchun elektr ta’minoti odatda mavjud elektr tarmoqlaridan amalga oshiriladi. Ko‘prik qurilish maydoniga elektr energiyasi eng yaqin podstansiyadan 3, 6 yoki 35 kV ga teng bo‘lgan yuqori kuchlanishli liniya orqali etkazib beriladi. Iste’molchilarni ta’minlash uchun kuchlanish 380/220 V ga tushirilishi kerak.
    Shu maqsadda qurilish maydonchasida kuchlanishni pastga tushiradigan transformator podstansiyalari o‘rnatiladi. Doimiy ishlaydigan elektr tarmog‘i bo‘lmagan taqdirda, qurilish vaqtinchalik o‘rnatiladigan elektr stantsiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Shu maqsadda quvvati 65 kVA gacha bo‘lgan mobil qurilmalar, shuningdek, quvvati 250 kVA bo‘lgan kuchli ko‘chma vagon-elektr stantsiyalari va quvvati 750 dan 4000 kVA gacha bo‘lgan elektr poezdlari ishlatiladi. Elektr poezdlar 3 yoki 6 kV kuchlanishli tok oqimini ta’minlab beradi. Ko‘prikni qurish joyida o‘rnatilgan, kuchlanishni pastga tushirib beradigan transformator podstansiyalari odatda 160, 320 va 640 kVA quvvatga ega bo‘ladi va elektr energiyasining yo‘qotilishini kamaytirish va qimmat turadigan past kuchlanishli kabellar uzunligini kamaytirish maqsadida asosiy iste’molchilarga imkon qadar yaqin joylashtiriladi. Qurilish maydonchasida kuchlanishlarni pasaytirib beradigan bir nechta podstansiyalar o‘rnatilishi mumkin. Alohida aytib o‘tish kerakki, katta ko‘priklar qurilishida mobil, ya’ni ko‘chirib yuriladigan elektrostansiyalardan foydalanish kam hollarda qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish o‘rniga bir necha kilometrli elektr liniyasini tortib kelish iqtisodiy jixatdan samaraliroq bo‘lishi mumkin.
    Vaqtinchalik past kuchlanishli tarmoqlar odatda yog‘och yoki temirbeton ustunlarga yalang‘och simlardan foydalangan holda havoda osilgan holatda o‘rnatiladi. Shuningdek, ustunlarga osib qo‘yiladigan, yer yuzida yog‘och qutilar ichiga yotqizilgan yoki yerga ko‘milgan kabellardan ham foydalanilishi mumkin. Kranlarning ishlash hududida elektr tarmoqlari havodan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Elektr bilan ta’minlab beradigan qurilmalarining umumiy talab qilinadigan quvvati R, kVA ni hisoblash quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:

    bu yerda k = 1.1 - bu tarmoqdagi quvvat yo‘qotishlarini hisobga oladigan koeffitsient;
    Σ Rs - barcha o‘rnatilgan dvigatellarning va boshqa quvvat iste’molchilarining nominal quvvatlari yig‘indisi, kVt;
    Σ P o.v. - ichki yoritish uchun yoritish moslamalarining umumiy quvvati, kVt;
    Σ P o.n. - tashqi yoritish uchun yoritish moslamalarining umumiy quvvati, kVt;
    cos φ - energiya iste’molchilari turiga va yukiga qarab va qurilish maydonchasida vaqtincha elektr ta’minoti uchun qabul qilingan quvvat koeffitsienti, 0,75 ga teng;
    k1 , k2 , k3 - bu elektr energiyasiga bo‘lgan talab koeffitsientlari bo‘lib, ular alohida olingan olingan (individual) iste’molchilarning vaqt bo‘yicha bir-birlariga mos kelmasligini (ya’ni bir vaqtda barchasi iste’molchi bo‘lmasligini), dvigatellarning to‘liq bo‘lmagan holatda yuklanganligini, maksimal nagruzkalarning bir-birlariga to‘g‘ri kelmasligini hisobga oladi. Talab koeffitsientlarining qiymatlari 3-jadvalga muvofiq qabul qilinadi.



    Download 259.29 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 259.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pnevmatik asbob-uskunalarning bir vaqtda ishlashini hisobga oladigan

    Download 259.29 Kb.