• PICKLE FAYLGA YOZISH
  • PICKLE FAYLDAN OQISH
  • O'ZGARUVCHILARNI FAYLDA SAQLASH




    Download 155.26 Kb.
    bet4/5
    Sana11.01.2023
    Hajmi155.26 Kb.
    #37936
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    DASTURLASH.1 DI-12-22. Mustaqil ish-4
    Mavzu algoritm, 122365, 3-mavzu, arka bahce, Tadbir 2 .7doc, Аммиакли селитра ишлаб чиқаришидаги НИФ қурилмасининг иссиқлик техник, Rahmatjon abduqodirov, fNLwYhTw4ySRF0Zi34X73GoHt2oUBbQi7HX5Y2ow, Referat, opshita royxat, Uch karrali integrallar-fayllar.org, 111 Ochiq , Development of Integration Processes in the Agro-Industrial Complex of the Russian Regions, 3 Haziniy devoni .G’azallar tahlili

    O'ZGARUVCHILARNI FAYLDA SAQLASH


    Yuqorida biz ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlashni ko'rdik. Agar dastur davomida turli o'zgaruvchilarni faylda saqlash talab qilinsa pickle modulidan foydalanamiz. Pickle ma'lumotlarni biz qanday ko'rinishda bersak, shunday ko'rinishda faylga yozadi. Yuqoridagi usuldan farqli ravishda, pickle yordamida yozilgan fayllarning tarkibini Pythondan tashqarida ko'rib bo'lmaydi.

    PICKLE FAYLGA YOZISH


    Pickle dan foydalanish uchun biz avval bu modilni import qilamiz. Faylno ochishda esa, open() funksiyasiga ikkinchi argument sifatida 'wb' (write binary) beramiz, ya'ni ikkilik sanoq tizimida yozishni ko'rsatamiz. Faylga yozish uchun esa pickle.dump() metodidan foydalanamiz:
    import pickle
    talaba1 ={'ism':'hasan','familiya':'husanov','tyil':2003,'kurs':2}
    talaba2 ={'ism':'alijon','familiya':'valiyev','tyil':2004,'kurs':1}
    withopen('info','wb')asfile:
    pickle.dump(talaba1,file)
    pickle.dump(talaba2,file)
    E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini ko'rsatmadik, sababi, avval aytganimizdek bu fayllar Pythondan tashqarida ochilmaydi va biz buning oldini olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini ham qo'shishimiz mumkin, bu bilan dastur xato ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi mumkin. Istasangiz faylga .dat (data so'zidan olingan) qo'shimchasini qo'shib qo'yishingiz mumkin (info.dat).

    PICKLE FAYLDAN O'QISH


    Pickle fayldan o'qish uchun open() funksiyasini 'rb' (read binary) argumenti bilan chaqiramiz. O'zgaruvchilarni bitta faylga yozganimizda, har bir o'zgaruvchi alohida qatordan yoziladi. Fayldan o'qishda ham har bir qatorni alohida o'qishimiz kerak bo'ladi:
    withopen('info','rb')asfile:
    talaba1 =pickle.load(file)
    talaba2 =pickle.load(file)
    O'zgaruvchilar tarkibini ko'ramiz:
    print(talaba1)
    Natija: {'ism': 'hasan', 'familiya': 'husanov', 'tyil': 2003, 'kurs': 2}
    print(talaba2)
    Natija:{'ism': 'alijon', 'familiya': 'valiyev', 'tyil': 2004, 'kurs': 1}
    Adashib ketmaslik uchun, alohida o'zgaruvchilarni alohida fayllarga saqlash tavsiya qilinadi.

    Download 155.26 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 155.26 Kb.